Birinchi jahon urushidan so’ng, britaniyalik lyuks klassi avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi, Rolls-Royce ishlab chiqarish markazini AQSH ga ko’chirib o’tkazdi.
Chunki, u yerda mashinalarga talab kata edi. Joylashuv joyi sifatida Massachusets shtati, Springfild shahrini, yuqori kvalifikasiyali ishchi kuchi sababli, tanlangan edi. Natijada o’n yil ichida, 1920 chi yillarda Springfil zavodida 3 ming lyuks klassi avtomobillari chiqarilgan edi.
Konnektikut shtati, G’arbiy Xartfordlik Allen Svift M. Swift & Sons oilaviy susal tilla ishlab chiqarish biznesi sharofati bilan mashxur edi. Swift 1903 yili tug’ilgan va avtomobil industriyasi endigina rivojlanayotgan vaqtda ulg’aygan. Shuning uchun yosh yigitda mashinalarga qiziqish kata bo’lgan. 24 yosh vaqtida Svift o’zining birinchi avtomobili, Franklin 1917 ni xarid qilgan edi. Uning ikkinchi mashinasi Marmor bo’ldi. Uchinchi va oxirgisi bo’lib, Swiftni Rolls-Royce kolleksionerlar orasida afsonaga aylantirgan, 1928 yil chiqarilgan Phantom I bo’ldi.
Rolls-Royce 26 chi tug’ilgan kuniga, Swift, ikki ukalariga kollejda o’qish imkoniyatini ochib berib, oilaviy biznesda qolishga qaror qilganidan keyin, otasining sovg’asi edi. Oila boshlig’I Swiftga istagan avtomobilini tanlashi mumkinligini aytgan. U, odam qo’llari bilan qilingan eng yaxshi mashinaligiga ishonib, Rolls-Royce ni tanlagan. U Springfilddagi zavodga tashrif etgandan keyin, o’z fikrining to’g’riligida yana bir bora min bo’lgan.
Avtomobil Franklin, 1917 yil ishlab chiqarilgan.
Allen Swift 2003 yildagi intervyuni eslab, kimdir unga zavodga borib kelishni maslahat berganini aytaddi. U avtomobilni chiqarishdan avval, uning ustida olib boriladigan ishlar va o’tkaziladigan testlar miqdorini ko’rib, ta’sirlangan edi.
Avtomobilni xarid qilgandan keyin Svift, yana bir necha marotaba Springfilddagi zavodda bo’lgan bo’lib, o’zining temir do’stini xizmat servisi uchun olib kelgan. Amerikalik Rolls-Royce ni juda yaxsh xizmat servisini qilgan, unga turib qolishiga ham bermagan. 1958 yilgacha har kuni qayerga bo’lsa ham, uni haydab chiqqan.Svift hattoki, uzoq masofalarga ham sayohatga brogan. 2003 yilda esa, umumiy hisobda avtomobil 277 ming kilometr bosib o’tganini hisoblab chidi.
2005 yilning oktyabr oyida, o’z o’limidan ikki oy avval, Svift Springfild muzeyiga innovasiyalar muzeyini joylashtirish uchun bino sotib olishga yordam berdi. Bugungi kunda, u yerda shahar tarixi muzeyi joylashgan bo’lib, mag’rurlik ila Rolls-Royce Phantom I yaltirab turibdi.
Сообщения из Facebook