просмотров
Antarktida sayyoramizning ajoyib joyi! Nima uchun deysizmi? Xech bo'lmaganda u odam tomonidan deyarli tegilmagan joy bo'lganligi bilan. Bu yerda eng toza suv va yer, odatiy bo'lgan vaqt tushunchasi yo'q, hamda bu yerda sayyoramizning boshqa xech qaysi burchagida topib bo'lmaydigan hayot mavjud.
1. Antarktidadagi al'plar
Muz qatlami ostidagi tog'lar.
Yerning eng janubiy kontinentida Gambursev tog'lari deb ataluvchi tog'lar bor. O'z nomini ular sovet geofizigi va akafemigi Georgiy Gambursev familiyasi bo'yicha olganlar. Uning ekspedisiyasi 1958 yili bu tog'lar mavjudligi faktini ochgan. Tog' massivining uzunligi 1 300 km, kengligi 200 dam 500 kmgacha. Tog' tizmasining eng yuqori nuqtasi 3 390 metr balandlikda joylashgan. Lekin eng qizig'i bu tog'lar 600 metrdan 4 kilometrgacha bo'lgan qalinlikdagi muz massivi ostida berkitilganligidadir.
2. "O'zgasayyoraliklar"
Bu yerda hayot bo'lishi kerak.
Olimlar taxmin qilishlaricha Antarktidaning muz osti ko'llarida hayot mavjud bo'lishi mumkin. Ehtimol, eng sodda, lekin shunga qaramay juda qiziq. Xech bo'lmaganda u (yuqori ehtimol darajasi bilan) millionlar yil davomida qolgan olamdan uzilgan tarzda mavjud bo'lib, rivojlanib kelganidadir. Hammasi bo'lib kontinentda 140 ta ko'llar bor. Ulardan eng qizig'i Vostok nomligisidir. Ko'l 4 kilometrlik muz qatlami ostida joylashgan. Undagi suv harorati Selsiy bo'yicha 10 darajada ushlanib turadi.
3. Vaqtdan tashqari makon
Vaqt bilan bu yerda ahvol chatoq.
Antarktidada vaqt yo'q. Aniqrog'i vaqt u yerda albatta bor, lekin odatiy soat belbog'lariga bo'linishlar yo'q. U yerda joylashgan olimlar vaqtni o'z mamlakatlari soat belbog'lari bo'yicha yoki ularga zahiralar olib keladiganlar soat belbog'lariga mo'ljal oladilar.
4. Yer yuzidagi eng quruq xo'l joy
Shuncha suv bo'lsada, quruq.
Antarktida Yer sayyorasidagi chuchuk suv zahirasining 70% ni o'zida mujassamlashtirgan, biroq dunyodagi eng quruq joy bo'lib hisoblanadi. O'z o'zidan bu barcha suv qattiq agregat holatida turadi. Yog'ngarchilikka kelsak, yil bo'yi bu yerda atigi 18 mm yog'in tushadi. Solishtirish uchun Saxroi kabirda bit yilda 76 mm yog'ingarchilik yog'adi.
5. Dunyodagi eng toza dengiz
Odam yo'q bo'lganida.
Ueddel dengizi sayyoramizning eng toza dengizi hisoblanadi. Undagi suv aql bovar qilmas darajada shaffof. Darvoqe, bu faktning ajablanarli yeri yo'q. Axir Antartidada dengizni ifloslantiradigan xech kim yo'qku. Undagi suv shu qadar tozaki, undagi 76 metr chuqurlikdagi ob'ektlarni bemalol ko'ra olish mumkin bo'ladi! H2O ning tozalik ko'rsatkichi distillangan suvning shaffofligi ko'rsatkichiga deyarli teng.
6. Koloss-aysberglar
Mahalliy aysberglar butun shahar o'lchamida bo'lishi mumkin. Kontinentdan bo'lingan eng katta aysbergning kattaligi uzunasiga 295 kilometr va eniga 37 kilometr bo'lgan edi! Barcha aysberglarni ham ro'yhatdan o'tkazib bo'lmasligini eslatib o'tish qoldi halos.
Chuchuk suvning qanday zahirasi.
7. Antaktika interneti
Xazildakam bo'lsada, o'z valyutasi ham bor.
Kontinentda doimiy yashovchi aholi yo'q bo'lsada, unda internet uchun o'z domen nomi va telefon kodi bor. Tarmoqdagi nomi ".aq" harflari bilan belgilanadi, telefon kodi "672" raqamlari bilan belgilanadi. Yana, Antarktidada o'zining nirasmiy valyutasi ham bor - Antarktida dollari.
8. Muz u qadar ko'p ham emas
Bu yerda deyarli marslikdagi cho'llardagidek.
Yuqorida aytilganlardan so'ng Antarktida hamma yeri muz bilan qoplangan degan tasavvur paydo bo'lishi mumkin. Haqiqatda bu unday emas. Yo'q, bu yerda qor va muz serob, biroq juda keng toshloq, yerli va qumli vodiylar uchrab turadi. Ekvatorial saxrolardagidek dyunalar ham uchrab turadi! Taqdir o'yinini qarangki, bunday joylarda ob-havo sharoitlari hatto cheksiz oq kengliklaridagidan ham keskinroq! Aytgandek, bu yerda qor u joyda iliqroq bo'lgani uchun kamroq emas. Mak-Merdo vodiylarida 320 kilometr soat tezlikli shamollar ko'tariladi. Bu yerlardagi sharoitlar Marsdagi sharoitlarga juda ham o'xshash. Hatto NASA vaqti vaqti bilan bu yerlarga o'zining planeyar apparatlarini sinash uchun tashrif etadilar.
9. Bahaybat-vulqonlar
Toliqqan vulqonlar shirin uyquda uxlamoqdalar.
Seysmik aktivlik planida Antarktida Yerdagi eng tinch joylardan biri. Shunga qaramay bu yerda vulqonlar bor, ham aktiv ham uyqudagilar ham. So'nggi 200 yilda ulardan ikkisi lava otgan edi. Kontinentda eng mashxur vulqon bu Erebus.
10. Koinotdan sovg'a
Mahalliy diqqatga sazovor joyi.
Antarktidada Ulkis yeri rayonida sayyoramizdagi eng katta asteroid krateri joylashgan. Voronkasining diametri 482 kilometrni tashkil etadi. Olimlar u bundan taxminan 250 million yil avval paydo bo'lgan deb ishonadilar. Bunday krater kattaligi kamida 48 kilometr diametrga ega bo'lgan asteroid qulashidan paydo bo'lgan bo'lishi mumkin edi. Bu qulash ko'targan chang Yer atmosferasida bir necha asrlar davomida osilib turgan bo'lsa kerak.
Сообщения из Facebook