просмотров
Shon-shuhratli arxitektor Zaxi Xadidning vafotidan, mana bir yildan oshdi. Lekin uning ishi yashashda davom etmoqda. Shunday qilib, Er-Riyadda (Saudiya Arabistoni) shox Abdallah nomidagi neftni o'rganish va tekshirish markazi (King Abdallah Petrolium Studies and Research Centre (KAPSARC)) paydo bo'ldi. Binoning shaklida arxitektorning taniqli stili aniq ko'rinadi. Markazning o'zi esa, bu yerning haqiqiy arxitektura durdonasi bo'lib qoladi.
Zaxi Xadid loyihasi bo'yicha qurilgan bino - shox Abdallah nomidagi neftni o'rganish va tekshirish markazi.
Struktura maydoni 7 gektar bo'lib, 5 ta binodan tashkil topgan: Energiya bo'yicha bilimlar markazi, Energetik kompyuter markazi, 300 o'ringa mo'ljallangan ko'rgazma va auditoriya zali bor bo'lgan Konferens-markazi, 100 mingdan ortiq kitob fondili Kutubxona va namoz o'qish uchun Musalla zali. Noodatiy geksagonal shakl sharofati bilan har bir bino o'zaro qulay o'tish yo'llari bilan birlashgan.
Perforlangan qobiq noqulay klimatik sharoitlardan himoyalaydi.
Energoeffektivlik darajasi yuqori bo'lgan bino.
Shox Abdallah nomidagi neftni o'rganish va tekshirish markazining fasadi perforlangan qobiqdan tashkil topgan bo'lib, binoning ichini jazirama quyosh nurlari va shamolning kuchli esishlaridan himoya qiladi.
Markazning o'zi LEED ning "platina" sertifikatiga ega bo'lib, bu struktura energoeffektiv texnologiyalarni ishlatishini anglatadi. U esa, atrof muhitga bo'lgan salbiy ta'sirni munimal qiladi. Strukturaning tomida o'rnatilgan quyosh batareyalari qisman energoiste'molning talablarini qondiradi. Shu bilan birga Markazda suvni ikkilamchi tozalash tizimi o'rnatilgan.
King Abdullah Petroleum Studies and Research Centre (KAPSARC).
Zaxi Xadidning loyihalari odamlarda juda keng spektrdagi emosiyalarni uyg'otadi, lekin befarq bo'lib xech kim qolmaydi.
Сообщения из Facebook