Ko’pchilik odamlar kosmetik markalarning nomlarini bilishadi va yo’l-yo’lakay kamida o’ntasini aytib berishimiz mumkin. Ammo kamdan-kam insonlar ularning nomlari qayerdan kelib chiqqani haqida bilishadi. Aynan shu haqida bugun gapiramiz.
Guerlain
30. Guerlain - asoschisi – Pyer-Fransua-Paskal Gerlen (Guerlain). Guerlain markasi – bu kimyochilar, dorixonachilar va parfyumerlar sulolasi tarixidir, va ular hozirgacha yuqori sifatli kosmetika va parfyumeriyani yaratib kelishmoqda.
Cover Girl
31. Cover Girl (Cover Girl) - so’zma-so’z bu jurnal muqovasidagi qiz deb tarjima qilinadi. Marka 1960 yilda asos solingan va faqatgina jurnallar muqovasidagi qizlar tomonidan reklama qilingan.
Johnson & Johnson
32. Johnson & Johnson (J&J) - kompaniyaga aka-uka Johnsonlar asos solishgan, boshida kompaniya xirurgik operatsiyalarni o’tkazish uchun steril kiyimni ishlab chiqargan.
Shiseido
33. Shiseido - kosmetik markaning nomi ikkita ieroglif – shi va shey bilan ifodalanadi – ular xitoylik “O’zgarishlar kitobi” dan olingan. Ularni – “Yer kuchini hurmat qilgin, chunki u hayotni to’ldiradi va rivojlantiradi” deb tarjima qilinishi mumkin. Lekin boshqacha tarjimalari ham bor: “baxt uyi” va “baxtning mingta istagi”.
Dessange
34. DESSANGE - go’zallik salonlari tarmog’I 1956 yilda Jak Desanj (Jacques Dessange) tomonidan asos solingan. 1977 yilda sochni parvarishlash bo’yicha kosmetika markasi mahsulotlari paydo bo’ldi. Bu sochlarni parvarishlash va parikmaxerlik san’ati sohasida dunyoga mashhur fransuz leybli hisoblanadi.
Miraculum
35. Miraculum - kosmetika fabrikasi 1924 yilning 15 iyulida shifokor Leon Lyuster tomonidan asos solingan. U mo’jiza yaratishga (lotin tilidan “Miraculum”), yoshlik va chiroyni uzaytiruvchi narsani yaratishga so’z berdi…
Zepter
36. Zepter - bugungi kunda bu savdo markasi nafaqat o’zining idishlari, balki kosmetika mahsulotlari bilan mashhurdir. Zepter – skipetr deb tarjima qilinadi. Kompaniyaga Philip Zepter, haqiqiy ismi Milan Janković (Milan Yankovich) asos slogan.
Styx
37. STYX (Stiks) - bu nom avstriyalik farmakolog va Stix sanoatchilari familiyasidan kelib chiqqan. Shuning uchun ushbu nomni greklarning o’lim daryosi bilan adashtirmang! Kosmetika markasi 1975 yilda paydo bo’lgan.
BeYu
38. BeYu (Biyu) - marka nomi “be yourself”, ya’ni “o’zingcha bo’l” ning qisqartmasidan kelib chiqqan. Kosmetika markasi 1999 yilda Germaniya yaratilgan.
Vichy
39. Vichy (Vishi) - Fransiyadagi kurort shahar shunday ataladi. O’zining termal manbalari bilan mashhur. Kompaniya asoschisi ushbu shahrga kelib, barmog’ida tuzalmayotgan jarohatini yaxshilash uchun kelgan, va jarohati tezda bitib ketgan. Termal suvni o’rganib chiqqanlaridan keyin, uning ichida ko’pgina foydali mikroelementlar va mineral tuzlar borligi aniqlandi. U ushbu suvdan o’z kosmetik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanishga qaror qildi.
Сообщения из Facebook