Agar siz eng shinam laynerlardan birida sayohat qilish niyatida bo’lsangiz, siz uchun bunday kemalarning umumjahon reytingi mavjud.
Dunyodagi eng zo’r kruiz laynerlar top 25 taligini havola etamiz. Uning ichiga ulkan laynerlar, o’rtacha kemalar, kichik kemalar va daryo kemalari kiradi.
Laynerni uning oldingi sheriklari Queen Mary 2 va Queen Victoria dek jihozlashdi.
Bu o’zida yuqori texnologilar va nufuzli, boy interyerni o’zida mujassam etgan haqiqiy 21 asr kemasidir.Bu kemaning farqli tomoni o’tgan asrning o’ttizinchi yillari ruhidagi, ba’zan Titanikni eslatadigan, ichki bezaklari hisoblanadi. Bort ichidagi qiziq xonalari: qishki bog’, kutubxona, kinozal, teatr va bir nechta basseyn. Birinchi reysga chiptaning minimal narxi uchinchi sinfda 2 000 dollar turardi.
Suv sig’imi: 90 900 tonna. Yo’lovchilarning maksimal soni: 2 068 kishi. Ekipaj: 1 003 kishi.
Princess Laynerlari
1965 yilda Princes Cruises kruiz kompaniyasiga asos solingan. O’shandan beri u nomida Princess (Malika) so’zi uchraydigan ko’pgina kruiz laynerlarini sotib olgan. Bugungi kenda Princess Cruises yirik kruiz xoldingi Carnival Corporation hisobiga kiradi.
Princess kemalari shunday ishlab chiqilganki, ulardagi ko’ngil ocharliklar kamida ikkitadan tuzilgan va mehmonlar unda hech qachon navbatlarda o’tirmaydi. Shunday qilib, masalan, gigant restoranlardan kemada birta emas, ikki-uchta. Shu holat shou-zalga, ulkan teatrga va boshqa mashg’ulotlarga tegishli.
Misol uchun, Dawn Princess laynerida: - 6ta bar; - 3ta basseyn (birtasi hatto sun’iy to’lqinli); - 4ta djakuzi; - katta sport kompleksi (katta tennis uchun maydon, trenajor zali, golf simulyatori, basketbol maydoni, voleybol maydoni); - kazino; - ochiq osmon ostidagi kinoteatr; - boshqa ko’pgina mashg’ulotlar bor.
Princess laynerlarining yana bir musbat tomoni – portlaridagi to’xtashlari balanslangan barcha qit’a va mamlakatlarni o’z ichiga oladigan qulay kruiz jadvalidir. Agar siz amerikalik turdagi katta nufuzli kayutalarda sayohat qilishni havaskori bo’lsangiz, unda aynan Princess laynerlaridan birini tanlang.
Celebrity Cruises laynerlari
Celebrity Cruises 1989 yilda asoslangan katta kompaniya-operator hisoblanadi. O’shandan beri kompaniya doimiy ravishda rivojlanmoqda va yanada yangi va zamonaviy kemalar bilan to’lmoqda.
Hozirgi vaqtda Celebrity Cruises Royal Caribbean Cruises Ltd. yirik kompaniyasining bir qismi hisoblanadi va besh yulduzli sinfga kiradigan 10 ta kruiz laynerlaridan iborat flotga ega.
Shuningdek, yana 4 ta kema Meyer Werft verfida qurilish bosqichida turibdi. Barcha kemalar to’rt sinfga bo’linadi.
Solstice (RCI)
Bu yangi sinf. Celebrity Cruises kompaniyasidagi bu kabi sinfidagi birinchi layner 2008 yilda paydo bo’lgan. Bugungi kunda hammasi bo’lib Solstice sinfidagi 4 ta layner bor (ular “Premium” darajali dunyodagi eng katta laynerlar).
Bu sohadagi eng noyob kema bu "Celebrity Cruises" hisoblanadi, uning bortida 8 ta tennis kortining hajmidan kattaroq “Maysazordagi klub” mavjud. Bu kabi maysazorda xohlovchilar kitob o’qishlari, golf o’ynashlari va shunchaki, ochiq okean bo’yida, uydan uzoqda bo’lganingizni unutib, yam-yashil o’t ustida yotib olishingiz mumkin.
Yo’lovchilarning maksimal soni: 2 850 kishi. Palubalar soni: 13. Yo’lovchilar uchun kayutalar soni: 1 426.
Сообщения из Facebook