Agar siz eng shinam laynerlardan birida sayohat qilish niyatida bo’lsangiz, siz uchun bunday kemalarning umumjahon reytingi mavjud.
Dunyodagi eng zo’r kruiz laynerlar top 25 taligini havola etamiz. Uning ichiga ulkan laynerlar, o’rtacha kemalar, kichik kemalar va daryo kemalari kiradi.
Millennium (RCI)
Ushbu kemalar sinfi birinchi bo’lib 2000 yilda paydo bo’lgan. Ushbu sinfda 4 ta megalayner bor. Barchasi keng interyerli – bu Millenium sinfini boshqalardan ajratadigan asosiy farqidir. Bu yerda har bir yo’lovchiga rekord darajadagi shaxsiy joy ajratilgan.
Bu kabi har bir kema 2320 km2 maydonda joylashtirilgan AquaSPA kompleksi bilan jihozlangan. SPA protseduralari Elemis yoshartirish pardoz jihozlarini o’z ichiga oladi. Protseduralardan so’ng Siz kafe-SPA da yengil salatni ta’tib ko’rishingiz mumkin.
Century
Ushbu sinfda Celebrity Cruises kompaniyasining atigi ikkita layneri bor. Kemalar arxitekturasida ham, dizaynida ham kompaniyada qabul qilingan odatlarga asosan qurilgan. Ushbu laynerlarda sayohat qilgan mijozlarning ko’pginasi bu laynerga yana va yana qaytishadi, axir Century sinfi – eng taniqli sinf.
Century sinfidagi yo’lovchi kemalari 2006 yilda rekonstruksiyalangan va endi ularda AquaSPA; brodvey shoulari o’tkaziladigan zamonaviy teatr; Raushenberg, Pikasso va boshqa mashhur rassomlarning 500 ta asarlari yig’ilgan muzey mavjud.
Xpeditions (RCI)
Ushbu sinfda hozircha faqat birta Celebrity Xpedition nomli megayaxta bor, va unda shinamlik sifatli xizmat bilan birlashtirilgan. Bu, kemaning kichik hajmlari, ularning ijobiy tomoni ekanligini isbotlovchi holat, chunki kichik hajm ularga kichik orollarda to’xtashlariga imkon beradi.
Royal Caribbean laynerlari
Royal Caribbean yo’lovchi floti hajmiga ko’ra ikkinchi o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda kompaniya olti sinfli kemalarga ega.
Quantum
Bu suv sig’imi 13 000 tonnalik laynerlar kiradigan kompaniyagi yangi kemalar sinfidir. Quantum sinfidagi birinchi kruiz 2013 yilda boshlangan.
Bunday kemalarning asosiy xususiyatlari: panoramali ko’rinish uchun kran uchidagi kichik maydon, sport-ko’ngilochar kompleksi, virtual balkonlar, skaydayving va ko’pgina boshqa mashg’ulotlar. Kemalar sig’imi 2 090 ta kayutadagi 4 200 ta yo’lovchidan iborat.
Freedom
Royal Caribbean kompaniyasidan Freedom sinfidagi birinchi layner 2006 yilda chiqarilgan. Bunday kemalarda qo’shimcha yirik ko’ngil ochishlar, masalan, serf-trenajor yoki akvaparkni tashkil qilishadi.
Bundan tashqari, bunday kemalarning birida siz ko’p sonli butiklar, muz saroyini, bir nechta pabni, bar va restoranlarni topishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook