Luisvillik 25 yoshlik Liza Teris (Lisa Theris) avtomagistral yonida topilgan edi. Uning tanasi hasharotlarning chaqqani, kesilib ketgan joylar bilan qoplangan va oyoq kiyimsiz edi. Radiolog-talaba qiz o’rmonda bedarak yo’qolgan bo’lib, bir oy davomida mevalar va qo’ziqorinlar yeb jon asragan.
Luisvillik Liza Terisni usti boshi kir, tirnalgan va hashoratlar tomonidan chaqib tashlangan holda, u biro y oldin ikki erkakdan qochib ketganidan so’ng, topib olishdi. Yosh ayol polisiya tomonidan 28 kun o’tgandan keyin topilgan edi. U ochlikdan aziyat chekkanini va suvni irmoqlardan ichganini aytib berdi. Talaba qizni avtomagistral yonida telefonsiz, hamyonsiz va oyoq kiyimsiz topishdi.
Lizaning akasi Uill, uning sur’atini feysbukda, uning qidiruvi tugatilgandan keyin, qo’ydi: “28 kun davom etgan yovvoyi yerlarga sarsonliklardan so’ng – Liza hali ham tirik. Men bilgan eng kuchli odam”.
Liza uyiga qaytib keldi, lekin yovvoyi tabitda o’tkazgan bir oydan hali ham aziyat chekmoqda. “U juda ham holsizlangan, u og’riqlardan qiynalmoqda, toliqqan, tanasida bir santimetr ham jarohatlanmagan joyi qolmagan”, - deb uning singlisi Elizabet aytib berdi.
Hisoblanishicha, Alabadagi o’rmonda yosh ayol uni kuzatib borgan ikkita erkakdan qochib ketganidan keyin, yo’qolib qolgan. Polisiyachilarning aytishlaricha, o’sha kechada 31 yoshlik Menli Devis va 36 yoshlik Rendall Osvald Midueydagi ovchilik uyiga bostirib kirganlar. Lekin, Liza noqonuniy bostirib kirishning qatnashchisi bo’lishni istamagan va o’rmonga qochib ketgan.
“U bu yerlar bilan tanish emas. Ehtimol, u qochib ketgan o’sha kechada, u o’rmonga brogan va yo’qolib qolgan”, - deydi sherif Reymond Rodjers. 23 iyulda uni bedarak yo’qolgan deb e’lon qilishdi. Devis va Osvaldlar esa, yosh ayolning yo’qolishi yuzasidan so’roq qilinganlar. Ikkala erkaklar ovchilik uyiga bostirib kirganlik va deyarli 40 ming dollarga yaqin miqdorda o’g’rilik qilganda ayblanganlar.
“Biz uning sog’lig’I qayta tiklanishini hohlaymiz, shuning uchun uni kasalxonaga yotqizdik. Unda biz uni so’roq qilmadik”, dedi Rodjers. Sherif-serjant Chad Folkner esa, “Men bu kabi ishlar bilan 15 yildan beri shug’ullanaman va bunga o’xshashini ko’rmaganman. Uning yashashga istagi juda ham kuchli. Men mo’jizalarga ishonmayman, lekin bu – mo’jiza”, deb aytdi.
Сообщения из Facebook