Yozning aynan qizigan vaqti, va demak hozirda ko’pchilik odamlar moviy dengizda, issiq quyosh ostida dam olishmoqda. Lekin dam olishni ham har xil amalga oshirish mumkin. Kimgadir Turkiya yoki Misr – orzularning chegarasi. Shunday odamlar toifasi borki, ular nafaqat lyuks sinfidagi dam olishga puli yetadi, balki tasavvur qilish mumkin bo’lgan eng shoxona laksheriga ham. Shu maqolada sayoraning eng badavlat odamlari dam oladigan, dunyoning 10ta eng qimmat mehmonxonalari haqida ma’lumot beramiz.
Grand Resort Lagonissi (Attika Lagonissi)
Afin Rivyerasidagi orol (Gretsiya) barcha hohlovchilarga xususiy bungaloda, shaxsiy plyaj bilan dam olishni taklif qilmoqda. Mehmonlar xizmatiga sauna, shahsiy xizmatchi, shef-oshpaz va hattoki pianinochi taklif qilinmoqda! Har bir villada massaj xonasi, isitilishi bilan basseyn va O’rta yer dengiziga ko’rinish bilan katta terrasa mavjud. Barcha dam oluvchilar uchun 10ta restoran ochilgan, SPA-markaz, dayving-klub va boshqa xizmatlar. Mehmonxona hodimlari rus, ingliz, frantsuz, nemis va grek tillarida so’zlashay olishadi. Villani bir kunlik qiymati 35 ming AQSH dollariga teng.
Grand Hyatt Cannes Hotel, (Kanna)
Lyuks sinfidagi ko’rkam penthaus mehmonxonani 7-chi qavatida joylashgan. Bu joyda tunni o’tkazish 37 500 AQSH dollarni tashkil qiladi. Shu pul evaziga mijozlarga mehmonlar uchun xona, ikkita yotoq xona, ikkita marmarli vanna honalari, oshxona va shaxsiy djakuzi dengizga ko’rinish bilan. Shunigdek Mishlen bitta yulduzli restorandan xonaga dunyodagi eng tansiq taomlarni buyurish mumkin.
Palms Casino Resort (Las-Vegas)
Las-Vegas – vaqtichog’likni dunyoviy poytaxti. Shuning uchun ajablanmasa ham bo’laveradi, bu joyda dunyodagi eng qimmat mehmonxonalaridan biri joylashganiga. Bu joyning fazilati – ulkan kazino, va u mehmonxonani ichida joylashgan. Bu joyda aniq hech kim zerikmaydi. Shunigdek mehmonxonada shaxsiy ovoz yozish studiyasi bor, u Madonnani mashxur hitlarini chiqargan va shou-bizness dunyosini boshqa yulduzlarini ham. Eng qimmat xona 40 ming dollar turadi. Narxga shaxsiy oshpaz, xizmatkor, hamda haydovchini xizmatlari kiritilgan.
Raj Palace (Hindiston)
Hindiston – hayron qoldiradigan davlat! Raj Palace ko’rkam mehmonxonasi tashriq buyuruvchilar diqqatini nafaqat o’zining qimmat jihozlanishi bilan tortadi, balkim ajoyib xonalari bilan ham. Masalan, bu mehmonxonani lyuksi, Shahi-Mahalda nafaqat bir nechta yotoqxonalari bor, balki shaxsiy teatri, hamda astrologiya uchun xona. Mohir oshpazlarni butun jamoasi faqatgina ko’rkam xonada turuvchilarga xizmat qiladi, uning narxi 60 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Hotel President Wilson (Jeneva)
Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalaridan biri Jenevada (Shveytsariya) joylashgan. Lyuks xonasini narxi 83 ming AQSH dollaridan boshlanadi. Bu mehmonxona mashxurlar orasida shuhrat qozongan. Har bir penthaus-xona o’z ichida to’rtda qoyilmaqom xonani mujassam qilgan, ko’rkam ko’rinish bilan. Lekin u o’ziga ko’rkam apartamentlar bilan jalb qilmaydi, balki shinamlik va havfsizlikni yuqori darajasi bilan. Yashash narxiga shaxsiy yordamchi, shef-oshpaz, xizmatchi xizmatlari kiritilgan, ular barcha injiqliklarni bajo keltiradi.
Сообщения из Facebook