Yozning aynan qizigan vaqti, va demak hozirda ko’pchilik odamlar moviy dengizda, issiq quyosh ostida dam olishmoqda. Lekin dam olishni ham har xil amalga oshirish mumkin. Kimgadir Turkiya yoki Misr – orzularning chegarasi. Shunday odamlar toifasi borki, ular nafaqat lyuks sinfidagi dam olishga puli yetadi, balki tasavvur qilish mumkin bo’lgan eng shoxona laksheriga ham. Shu maqolada sayoraning eng badavlat odamlari dam oladigan, dunyoning 10ta eng qimmat mehmonxonalari haqida ma’lumot beramiz.
Bunday mijozlar uchun, hizmat eng oliy saviyada bo’lishi kerak: shahsiy oshpaz, hizmatkor, haydovchi… - va bu faqatgina bir qismi holos, dunyoning eng badavlatlariga qurbi yetadigan.
Dunyoning eng qimmat 10ta mehmonxonalari
Burj al-Arab (Dubay)
Burj al-Arab – bu dunyodagi yagona mehmonxonasi, o’z boshimchalik o’ziga yeti yulduz maqomini olgan. Binoni o’zi yelkan shaklida qurilgan. Dunyoda shunday odam topilmasa kerak, bu mehmonxonani rasmini ko’rmagan, va u yerda bo’lishni orzu qilmagan. Mehmonxonani ichidagi barcha pardozlar zarvarakli oltindan qilingan. Bu mehmonxonadagi eng katta xonani maydoni 780 kvadrat metrni tashkil qiladi! Bu juda ham ajabtovur! Bunday shoxona joyda tunni o’tkazish uchun, kamida 23 ming AQSH dollarini to’lash kerak bo’ladi.
The Connaught (London)
Ajabtovur mehmonxona Londonni Meyfeyre tumanida joylashgan. 285 kvadrat metr maydonli, panoramali oynalar bilan shoxona xonalar narxi – 23 500 AQSH dollariga teng. Bu narxga nafaqat dizaynerlik o’ymakorlik mebel, haqiqiy kamin va shaxsiy xizmatkor uchun xona kiradi, balki ko’plab boshqa xizmatlar ham. Masalan, har bir mehmonxonada turadiganga shaxsiy haydovchi, barmen, Mishlen ikkita yulduzli shef-oshpaz xizmatlaridan bepul foydalanish imkoni beriladi, hamda butun dunyo bo’ylab bepul qo’ng’iroqlar va SPA-muolajalar.
Atlantis Paradise Island Resort (Paradayz oroli)
Atlantis Paradise Island Resort mehmonxonasi Bagamada joylashgan va ko’proq haqiqiy shaxarga o’xshaydi! Mehmonlar xizmatiga turli toifadagi 4000 hona, 30dan ortiq restoranlar, 10ta tennis kortlari, 11ta basseyn, golf uchun maydoncha va hattoki kazino tayyor! 900 kvadrat metr maydoniga ega bo’lgan eng qimmat honada to’qqiz xona bor. Xonaning narxiga barcha laguna, akvapark va kazinodan foydalanish kiradi. Shunigdek mehmonxonada noodatiy suvosti tonneli bor, unda akulalar, skatlar va boshqa dengiz yashovchilarini tomosha qilish mumkin. Bunday mehmonxonada bir kun turish narxi 25 ming dollarni tashkil qiladi.
Four Seasons (Manhetten)
Aytishlaricha, Nyu-York – dunyoning poytaxti. Rostdan ham, bu shaharda dunyoning eng mashxur binolari to’plangan. Masalan, Manhettenda dunyoning eng qimmat mehmonhonalaridan biri joylashgan − Four Seasons. Eng qimmat xona – 400 metrli penthaus – mehmonxonani 52-chi qavatida joylashgan. Penthaus 9ta xona, panorama oynali 4ta balkondan tashkil topgan. Mehmonxonadagi barcha devorlarga oltin va platina bilan ishlov berilgan. Xonaning narxiga shaxsiy massajchini xizmatlari, shaxsiy haydovchi bilan rolls-roys, hamda 24 soat davomida xizmat ko’rsatish kiritilgan. Bunday mehmonxonada bir tunni narxi atiga 34 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Сообщения из Facebook