просмотров
Yoz, ta’til, plyaj, dam olish…
Vaqt to’xtab qoladi. Ozodlikni chorlovchi esi, muloyim quyosh va qirg’oqqa uriladigan dengiz to’lqinlari yumushlar haqida unutishga olib keladi… Extiyotkorlik haqida ham. Aynan shu lahzada beparvo sayohni turli firibgarlar kutib turishadi, va bu hodisa qanday davlat yoki kontinentligiga bog’liq emas, faqatgina qayerdadir ular ko’p, qayerdadir kamroq.
Maymuncha bilan rasm, qumdan qasr, akvabayk, ho’rozqant – yana qanday suv osti toshlar ta’tilni buzishi mumkin, hattoki juda qimmatga tushishi mumkin.
Shu mavzuda gap ketadi...
«Hush bo’yli» taom
«Pahlava-a, pirojki, qaynatilgan juhori-i! Ka-a-atta qayna-tilga-an qisqichbaqalar! - charchagan dam oluvchilar shezlonglarini ustidagi savdogarlarni chaqiriqlari havoni yorib chiqadi shunday hirahandonnki, ortidan ketayotgan arilar singari. Qatorlar orasidan o’tib, ular shundoqqina quloqlarga baqirishadi, oyoqlarni bosadi va juda ham g’ashga tegadi.
Aql bilan ish tuting!
Plyajdagi fastfudni sotib olish – juda havfli ish: sizga kechagi juhori va “ikkinchi navli” go’shtli pirojkini sotib yuborishlari mumkin, shunday jaziramada baliq yoki qishqichbaqalar bilan nima bo’lishi mumkinligini, tekshirmaganingiz maqul.
Quloqlarni tozalash
Hind plyajlarida dam olayotgan sayohlarni quloqlarida qo’rqinchli kir shundoq o’sib ketadi. Har qale aynan shunga sizni arvoqqina odam ishontirmoqchi bo’ladi, siz qumda dam olayotganingizda qulog’ingizga qorquv bilan ko’rsatib.
Agar anqayib qolsangiz, u ustalik bilan sizning qulog’ingizga uzun tayoqchani kirgizib, quloq kirini chiqaradi (albatta oldindan tayorlanganni) va shu plyajni o’zida gigienik muolajani o’tkazishni taklif qiladi. Bunday hizmatdan bosh tortish qiyin: fuqaro juda ham tirishqoq. Jarayondan so’ng sizdan kamida uch yuz rupiya to’lash talab qilinadi, bu deyarli 45 000 so’mga to’g’ri keladi.
Rozi bo’lmang!
Bunday holatga tushib qolgan sayohlar, tozaluvchiga 10-20 rupiya berishadi, hirahandom hizmatdan halos bo’lish uchun.
Plyaj jarimalari
Bazida pulga tushib qolish yollarga plyajda soyabon qoldirish, yoqimtoy notanish qiz bilan gaplashish yoki dush ostida olma yuvish bo’lishi mumkin.
Italiyada quyosh ostidan joy buyurtirish taqiqlanadi, qumda sochiq, soyabon yoki stul qoldirib. Narsalaringizni qaytarib olishingiz uchun, davlat byudjetini €200ga to’ldirishingizga to’g’ri keladi.
Ispaniyada plyajga uy hayvonlarini olish mumkin emas – qadrdon kuchukcha bilan dam olish €1500ga tushadi.
Janubiy Yevropani tajribasidan kelib chiqib, Abhaziya hukumati plyajdan tashqarida kupalnik kiyishgani uchun jarimaga solishadi, BAAda ayollarda ochiq kupalniklar taqiqlangan – dengizda mahsus libosda cho’milishga to’g’ri keladi, aks holda nafaqat jarima to’lashga to’g’ri keladi, balki qamoqqa tushib qolish ham mumkin. Bundan tashqari BAA plyajlarida chekish, spirtli ichimliklar ichish va qarama qarshi jinsga ortiqcha qiziqish bildirish mumkin emas. Plyajda jinsiy aloqa qilish jarima bilan jazolanadi va qamoq jazoga tortiladi, nafaqat arab davlatlarda, balki Turkiya, Gretsiya, Tailand, Italiya va Ispaniyada.
Venetsiya hukumati hammadan ham o’zib ketdi – ular qumdan qasr qurishni taqiqlashdi: bunga amal qilmasangiz €250 to’laysiz. Bunday qaltis choralar sababi, qumdan yasalgan inshootlar qutqaruvchilar ishiga va shoshilinch yordam ko’rsatishga halaqit beradi, ayrim plyajda dam oluvchilarni shikoyatlariga ko’ra, qasrlar dengizga bo’lgan manzarani to’sib turadi. Huddi shunday taqiq Ispaniya va Germaniyani plyajlarida amalda. Lekin nemislar qoidalarni yumshatgan: qumli haykallarni bo’yi 20 smdan ortmashi kerak.
Maymuncha bilan sur’at
Fotoapparatlar bilan uddaburon odamlar hamma joyda bor – qoradengiz sohilidan Janubiy-Sharqiy Osiyogacha. Kabutar, maymuncha yoki kichkina timsoq bilan bolakay – bu shunday yoqimliki! Bolaning onasi hursandchilik bilan tomosha qilayotganida, unga bolasi kabutar qanoti yoki oyog’ini shikastlab qo’ydi deb habar berishadi, bu qush esa juda ham noyobligini aytishadi va uning davolash uchun hozir $100 berishi kerak ekanligini. Yoki yanada boshqacha hisob-kitob: sizga bitta rasm uchun narhni aytadi, so’ngra esa joyida beshta yoki o’nta rasmni chiqarib beradi, va hammasiga to’lash kerak ekanligini aytadi. Turli liboslardagi animatorlar esa sizning telefongizdan selfi olishga ham tayyorlar. So’ngra esa u Mikki Mausni qo’lida bo’ladi, pulini to’lamaguningizcha.
Сообщения из Facebook