просмотров
Elektrodvigatel bilan yangi gibrid skuter-velosiped.
Skuter yoki samokat bo’la oladi.
Zamonaviy shaharlar o’ta tez o’sib bormoqda. Shu shaharlar ko’chalarida avtomobil harakatlanishi yanada tezroq o’sib bormoqda. Yo’llar tirbandligi muammolarini turli yo’llar bilan echmoq mumkin. Shulardan biri alternativ harakatlanish vositalarini ommalashtirish, agar ularda asosan piyodalar maydonchalarida harakatlanish ilojisi bo’lsa. Bu sohada kutilmagan mahsulotni BMW kompaniyasi muhandislari taklif etishdi - X2City elektr skuteri.
Bagajnika sig’adi.
Yangilik faqatgina bitta odamga mo’ljallangan. Bitta katta bo’lmagan elektrodvigatelda ishlaydi va u 408 Vt hajmli litiy-ionnli akkumulyatordan quvvat oladi. Akkumulyatorni 220 Voltlik oddiy rozetkadan quvvatlantirsa bo’ladi. To’liq quvvatlantirish uchun tahminan 2,5 soat kerak bo’ladi. Shuning bilan skuter, 35 km yura oladi, uning tezligi esa 25km/s tashkil qiladi. Skuter haydovchisi bir nechta tezlik turini tanlashi mumkin. Buning uchun rulda katta bo’lmagan o’zgartiruvchi bor.
Oddiy, lekin mustahkam konstruktsiya.
X2City da ikkita muhim o’ziga hoslik bor. Birinchidan, skuter yig’madir. Bu hususiyat uni jamoat transporti, o’z avtomibilini bagajnigida va hattoki juda kerak bo’lganda o’z qo’lida ham olib yurishga imkon beradi. Ikkinchidan, skuter gibridlik, va uni osonlik bilan pedallik velosipedga aylantirsa bo’ladi. Bunday konfiguratsiyada, transport vositasi elektrodvigatelini ishlatsa bo’ladi, hamda akkumulyatorlarini quvvatlantirsa ham bo’ladi pedallarni aylantirish kinetik energiyasi yordamida.
Trotuarlar bo’ylab harakatlanish uchun.
Buni barchasi yangi X2City ni rostdan ham qulay va ihcham transport vositasiga aylantiradi, katta shaharda qo’llash uchun. Skuterni ishga jamoat transportida borish uchun qo’llasa bo’ladi, piyodalar o’tish yo’lini bosib o’tish uchun. Uni shuningdek o’zi bilan avtomobilga olsa bo’ladi, hech qachon ikki oyoqda yurmaslik uchun! Gap so’ngida shuni qo’shsa bo’ladiki, BMW kompaniyasi shu turdagi transport vositalarini ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega. O’zining birinchi mototsiklini kompaniya 1923 yilda ishlab chiqargan, birinchi velosipedini esa – 1945 yilda.
Сообщения из Facebook