Qozog’iston prezidenti haqida qiziqarli faktlar
Qozog’istonda 6 iyulda davlat bayrami nishonlanadi – poytaht kuni. Bu bayram Qozog’iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev tavallud kuni bilan to’g’ri keladi. Shuning uchun, sizlarni e’tiboringizga Nursulton Nazarboyev hayoti haqida eng qiziqarli faktlarni havola qilamiz.

Eng yuksak davlat mansabidagi faoliyat ko’p bo’sh vaqt qoldirmaydi. Lekin Nursulton Nazarboyev ishi davomidagi kam uchraydigan tanafuslarni, yoqimli mashg’ulotlariga bag’ishlashga harakat qiladi, uning uchun ular ham orom ham ermak. Bu tabiat bilan muloqot, sport bilan shug’ullanish, musiqa va o’qish.

Sport

Davlat boshqaruvchisi o’zining misolida sog’lom turmush tarzi va sport bilan shug’ullanishni targ’ib qiladi. Uning eng yoqtirgan sport turlaridan biri – tennis. Nursulton Nazarboyev raketkani dadil boshqaradi va kortga muntazam ravishda chiqadi. Diqqatga sazovorligi, tennisni ko’plab siyosatchilar va davlat rahbarlari o’ynaydi. O’zining vaqtida, davlat Boshlig’iga Rossiya prezidenti, Boris Yeltsin munosib raqib bo’lgan. Hozirda Nursulton Nazarboyev ko’rgazmali matchlarda ko’pincha qatnashadi, unda nafaqat qoyilmaqom jismoniy holatini namoyish qiladi, balki boshlang’ich tennischilarga master-klasslar beradi. Bundan tashqari, Qozog’istonda har yili davlat Prezidenti kubogi o’tkaziladi.

Prezidentni yana bitta jiddiy qiziqishi – golf. Ko’pincha davlat boshlig’i turli halqaro musobaqalarda ishtirok etadi, boshqa mashxur siyosatchi va biznesmenlar bilan.

O’zini iqroriga asosan, davlat boshlig’i tog’ lijalariga ilk marotaba 55 yoshida turgan. Shundan beri Nursultan Nazarbaevni ko’pincha Shimbuloq va boshqa tog’lijali kurortlarda ko’rish mumkin.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations