Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng g‘alati bayramlar
Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng g‘alati bayramlar
Dunyoning ayrim mamlakatlarida mavjud bo‘lgan antiqa bayramlar o‘zining qiziqarli va biroz g‘alatiroq ekanligi bilan sayyohlarni hayratga solib qo‘yishi mumkin. Ular haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?

Marhumlar kuni, Meksika

Meksikaliklar o‘zlarining hayotga bo‘lgan g‘alati qarashlari bilan mashhurlikka erishganlar. Mamlakatning Oaxaka shahrida har yili rediska festivali bo‘lib o‘tadi. Rediskadan tayyorlangan turli san’at asarlari festival mehmonlariga namoyish qilinadi.

Meskiva taqvimida Marhumlar kuni nomli g‘alati bayram ham bor. Ularning aytishlaricha, marhumlar aynan mana shu kuni osmondan yerga tushib, yaqinlari bilan birga vaqt o‘tkazar emishlar.

Burning Man, AQSH

Amerikaliklar ham noodatiy bayramlar masalasida meksikaliklardan aslo ortda qolishmaydi. Misol uchun Nebraskada har yili tovuq bayrami o‘tkazilsa, Nevadada zamonaviy san’at shaydolari Black Rock City shahriga Burning Man festivali uchun yig‘iladilar. Bayram davomida rassomlar, haykaltaroshlar va boshqa ijodkor shaxslar o‘z sa’nat asarlarini yig‘ilganlarga namoyish qilib berishadi. 

Pomidor jangi, Ispaniya

Ispaniyada pomidorlar yordamida jang uyushtiriladigan bayram - Tomatina deya nomlanadi. Yarim soat davomila ishtirokchilar 100 tonnadan ortiq pomidorlarni bir-biriga uloqtirib, jang qilishadi. Bayram yoz faslida, musiqa, raqslar va albatta mushakbozlik bilan birga o‘tkaziladi. 

Divali, Hindiston

Hindistonda dunyodagi eng chiroyli bayramlardan biri bo‘lmish Divali -yorug‘lik bayrami o‘tkaziladi. Ushbu bayramni barcha din vakillari birgalikda nishonlaydilar. Butun mamlakat bo‘ylab fonus va shamlar yoqib chiqiladi, shahar ertaknamo ko‘rinishga kiradi. 

Gullar bayrami, Niderlandiya

Niderlandiya o‘zining chiroyli atirgullari bilan dong taratgan. Bu yerdahar yili dunyodagi eng katta gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Xarlem shahri festival vaqtida gullarga burkanib ketadi, floristika ustalari o‘z mahoratlarini aynan mana shu yerda namoyish qiladilar.

Xanami, Yaponiya

Sharq mamlakatlarining bayramlar borasidagi tasavvurlari mutlaqo o‘zgacha. Yaponiyadagi eng chiroyli bayramlardan biri Xanami bo‘lib, u sakura daraxti gullaydigan haftada uyushtiriladi. Daraxtlar gullarga burkangan vaqtda yapon oilalari bog‘larga tong vaqtida kelib, ularning go‘zalligidan bahramand bo‘lishadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook