Sushi va rollar – Yaponiyaning eng taniqli taomlaridan sanaladi. Biroq, ularni butun dunyo ahli jon deb tanovul qilmoqda va ularning ayrimlari allaqachon sushini o’zlarining milliy taomi deb xisoblay boshlashgan. Ko’pchilik esa ularni moxirona tayyorlashni ham o’rganib olgan. Yirik shaharlarda juda yaxshi sushini tatib ko’rsa bo’ladigan yapon taomlari oshxonalari ham serob.
Agar restoranga borish uchun vaqtingiz bo’lmasa, hoxlagan masalliqli va sousli roll hamda sushilarni o’zingizga yaqin bo’lgan supermarketdan ham harid qilsangiz bo’ladi.
Sushi va ayol – bir-biriga muvofiq bo’lmagan tushunchalar
Bu taomni tayyorlash an’analariga qat’iy rioya qilinadigan Yaponiyadagi sushi-restoranlarda ayol oshpazlarni mutlaqo uchratmaysiz. Bu yerda sushi va ayol – bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar deya hisoblanadi.
Avtomat oshpaz
Yaponlar odamzot xayotini yengillashtirgan ko’p gadjetlarni kashf etdilar. Yaqin o’tmishda aholining shu taomga ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida rollar tayyorlaydigan avtomatlar ham ishga tushirildi. Biroq restoran yoki kafeda o’z ishining ustasi bo’lgan oshpaz – inson tomonidan tayyorlangan taom bilan birorta avtomat ham tenglasha olmaydi.
Eng uzun roll
Yaponlar an’analarni buzishni yomon ko’radilar, shu jumladan, milliy taomlarni tayyorlashda ham. Uzunligi 2,5 km bo’lgan eng uzun rollni rekordlarga bo’lgan muxabbati tufayligina faqat boshqa mamlakatlarda tayyorlashlari mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, rolldagi masalliq har hil yashash joylarida turlicha bo’lgan.
Ushbu gigant Rekordlar kitobiga kiritilgan va tantanali ravishda tomoshabinlar hamda oshpazlar tomonidan iste’mol qilingan edi.
Mashhur roll
Rollar turlari ichida dunyodagi eng ommabopi “Kaliforniya” roli sanaladi. Bunday ommaboplikning sababini hech kim talqin qilib bera olmaydi.
Eng noodatiy masalliq
Ma’lumki, ayrim mamlakatlarida istiqomat qiluvchilar oziq-ovqat tarkibida xasharotlarni ishlatishga odatlanganalar. Yaponlar ham bu borada istisno emas. Rollar uchun masalliqlar ichida olti oyoqlilar va qanotlilar, shuningdek o’rmalovchilar ham uchrab turadi.
Eng qimmat sushi
Eng qimmat sushini faqatgina uning tarixiy vatanida buyurtma qilish mumkin. U “o’yinga tushayotgan okun” deya ataladi. Bu bejiz emas, axir ishtaxa bag’ishlovchi sushilar likopchada xarakatlana oladilar. Yo’q, ichida tirik shilliqqurt yoki shunga o’xshash bir narsa yo’q. Okun balig’ining bo’laklari qaynoq suvga botirib shu zahotiyoq stolga taqdim qilinadi, shuning uchun ham ular likopda qimirlay boshlashadi.
Сообщения из Facebook