просмотров
Shayx Xalifa ben Al Naxayan
18 mlrd dollar
Al Naxayan munosabatda bo’lgan boshqa kapital oldida –18 milliard hech narsamasligini tasavvur qilib ko’ring. Masalan, uning oilasining umumiy boyligi 150 mlrd dollarni, shayxning o’zi kurator bo’lgan investitsion fondning hisobi 875 mlrd dan ortiq.
Al Naxayan – hamma ma’nolarda katta odam, u Abu-Dabining amiri va Qo’shma Arab Amirliklarining prezidenti. Davlat boshlig’i deb u 13 yil oldin tayinlandi, ammo QAA bilan u 1990 yildan, otasi ishini unga topshirgandan beri boshqarib kelmoqda. Shayxni ona vatanida juda hurmat qilishadi, hatto dunyodagi eng-eng osmono’par binoni ya’ni Burj-Xalifani uning nomiga atab qo’yishgan.
Devid Kemeron va shayx Xalifa ben Zaid Al Naxayan
Yelizaveta II, shayx Xalifa ben Zaid Al Naxayan va shaxzoda Filipp
Xamdan bin Moxammad bin Rashid al-Maktum
18 mlrd dollar
34-yoshli Dubay amirligi taxt vorisi shayx Xamdan –shaxzoda Garridan qolishmaydigan mashhur inson. U boy, ko’p sayohat qiladi, instagramda o’z sahifasi bor. Va yana u yaxshilik qilishni biladigan inson. Autizm markazi boquvchisi, xayriya maqsadlarida katta hadyalar qilivchi –buning hammasi Xamdan.
Taxt vorisi hayotining uchinchi muhim tomoni –ekstremal ko’ngilochishlar. Shayxning instagrami doimo balandlikdan sakrash, reaktiv samolyotda o’zini uchuvchi sifatida yoki “Formula-1” da haydovchi sifatida ko’rsatishining hisobotlari bilan to’lgan. Lekin Xamdanning qobiliyati ko’proq ot minish sportida ko’zga ko’rinarlidir: shayx osiyo Olimpiya o’yinlarida oltin medalga sazovor bo’ldi.
Shayx Moxammed Xuseyn Ali al-Amudi
4,1 mlrd dollar
Tug’ilganidan emas, balki hayotiy fazilatlari uchun – titulga o’zining muvaffaqiyatlari va boyligi uchun sazovor bo’lgan. Saudiya Arabistonning ikkinchi boy odami bo’lib turib, Ali al-Amudi ikkita mamlakatda yashab kelmoqda – Arabiston va tug’ilib, o’sgan joyi Efiopiyada. Pulni neft ustida topgan, ya’ni G’arbiy Afrikada neftni qayta ishlovchi fabrikalar qurib tashlab pul topgan, shuningdek, hamma narsani, sabzavot va mevalar, kofeni bir qator o’stirishdan pul topgan. Shayxning korxonalri boshqa tovarlar qatorida Starbucks uchun kofe va Lipton uchun choy yetishtirib beradi.
Shu qatorda Ali al-Amudi mulkini mehmonxona va kasalxonalar tarmog’i tashkil qiladi. U haqiqatda nafaqat afrika va g’arbiy mamlaktlar bilan, balki Shvetsiya bilan ham bog’liq, chunonchi Shvetsiya iqtisodiyotiga hissa qo’shib kelmoqda. Yozishlaricha, ish kuchi eng arzon bo’lgan Epiopiyaga shved brendi H&M kirib kelishi, Ali al-Amudining ishidir. Shayxning shaxsiy hayoti bilan hammasi oddiy – uylangan, bolalari yo’q.
Shayx Mansur bin Zayed al-Naxayan
4,9 mlrd dollar
46-yoshar jilmayuvchan shayx Mansur – boshqaruvchi Amirlik oilasining a’zosi, u president, shayx Xalifaning o’gay akasi. Ajablanarli emaski, shayx uchun hukumatda ish topildi – Mansur mamlakatning bosh ministri. Davlat ishlaridan tashqari, shayx neft ishlari bilan ham shug’ullanadi – Abu-Dabining Xalqaro neft investitsion korxonasini boshqaradi. Shu bilan birga u sportni yaxshi ko’radi va unga pul ayamaydi: shayx bosh bo’lgan korxonalar mahalliy gandbol, futbol, voleybol va boshqa guruhlarni ta’minlab turadi.
Lekin buning hammasi “Manchester Siti” ga qaraganda hech narsa, ha-ha, aynan o’sha afsonaviy britaniya futbol komandasi! Mansur –uning egasi. Ba’zilar bu shayx uchun atigi bir o’yinchoq deyishadi, boshqalar esa – uning niyati jiddiy deyishadi. Bir narsa aniq ma’lum: Mansur pulni ayamaydi. Oxir-oqibat, pul haqida qayg’urishning nima keragi bor, qachonki neftning narxi 1 dollarga oshsa, u yarim millardga boy bo’ladi axir!?
Shayx Moxammed bin Rashid al-Maktum
4,5 mlrd dollar
Amirlikni investitsion, jamoaviy va madaniy jannatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan inson, bu niyatiga yetdi deb hisoblashi ham mumkin. Emirates aviakompaniyasi, Jumeirah Group turistik holding va ko’pgina boshqa transmilliy loyihalarning barchasi – shayx Moxammedning ishi. Va albatta, Burj-Xalifa mehmonxonasi ham – shayxning fikri.
Ishdan tashqari u ko’ngilochar mashg’ulotlar bilan ham shug’ullanib turadi – skachka bilan shug’ullanadi va katta stavkalar qiladi, ishonib bo’lmaydigan darajadagi ulkan “Dubai” yaxtasining egasi. Shu tariqa hayotdagi hamma narsadan bahra olish, boshida aytib o’tilgan o’g’li shayx Xamdanga ham o’tgan shekilli. Xamdanning otasidan to’rt barobar boyligi esa - muhim emas. Ular bir oila axir.
Сообщения из Facebook