Har yili 11 iyulda shirinlik sevadiganlar Xalqaro shokolad kuni (World Chocolate Day)ni nishonlaydilar. Shokolad kuni birinchi bor 1995 yili fransuzlar tomonidan o'ylab topilgan va o'tkazilgan edi.
Shubhasiz, shokolad dunyodagi eng zo'r ixtirolardan biridir. Sutli, qora, oq - har kim o'z ta'biga ko'ra yoqqanini tanlab oladi. Biz shokoladni qornimiz ochligida, depressiyaga tushganda, o'zimizni yaxshi his etganda yeymiz. Shokolad - hayotimozning ajralmas qismi. Lekin, siz xech qachon eshitmagan faktlar borligini hattoki hayolingizga ham keltirmagansiz.
1. Kakao daraxtlari 200 yilgacha umr ko'rishi mumkin, lekin mevaga faqat 25 yil kiradilar.
2. Har yili amerikaliklar 1 milliard kilogram konfetlar iste'mol qiladilar. Ularning yarimi shokoladga to'g'ri keladi.
3. Shokolad antioksidantlarga to'la, ayniqsa qora shokolad. Unda flavoidlar (yurak-tomir kasalliklar rivojlanishi oldini olishga yordam beradigan antioksidantlar) juda ko'p.
4. Dunyodagi ishlab chiqariluvchi barcha bodomning 40% va yeryong'oqning 20% shokolad maxsulotlari uchun yetkazib beriladi.
5. Yangi ilmiy tadqiqotlarga binoan, agar shokoladni yeb tursa, homila vaqtidagi o'g'irlashuvlarni oldini olish mumkin.
6. Eng katta shokolad plitkasi Buyuk Britaniyada Thorntons plc fabrikasida 2011 yilning 7 oktyabrida tayyorlangan edi. Uning vazni 5,8 tonna edi.
7. Mashxur "Psixo" filmida Alfred Xichkok qonli sahnalar uchun Bosco shokolad siropidan foydalangan edi.
8. "Shokolad" so'zi ehtimol, "xocolàtl" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, nauatl tilida "achchiq suv" ni anglatgan.
9. 450 gramm shokolad ishlab chiqarish uchun 400 ta kakao donlari kerak bo'ladi.
10.Tadqiqotlar qora shokolad xotirani yaxshilashini, diqqatni, reaksiya vaqtini, hamda masalalar yechish ko'nikmalarini miyaga qon oqimini yaxshilash evaziga yaxshilashini ko'rsatdi. Bundan tashqari qora shokolad ko'rish sharoiti yomon bo'lganida (masalan, yomg'ir vaqtida) ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi va qon bosimini pasayishiga yordam beradi.
11. Asteklar kakao urug'larini donolik ilohi sovg'asi deb hisoblaganlar. Ular shu qadar ahamiyatli ediki, qaysidir vaqtlarda ularni pul o'rnida ishlatganlar.
12. AQSH dagi eng qadimiy va yirik shokolad fabrikasi bu - Hershey's. U Milton Xershi tomonidan 1894 yili asoslanib, har yili milliard kilogramdan ortiq shokolad ishlab chiqaradi.
13. Dunyodagi eng qimmatbaho shokolad plitkasi bo'lib, Cadburry hisoblanadi. U 100 yoshga to'lgan. Shokolad kapitan Robert Skottga, uning Antartikaga qilgan birinchi ekspedisiyasiga, tegishli bo'lgan. Skott unga shu bo'yicha teginmagan. Shokolad Londonda 2001 yili auksionda 687 dollarga sotilgan edi.
14. Texnik jihatdan oq shokolad - aslida shokolad emas. Uning tarkibida kakao yo'q.
15. 2012 yili Shveysariyada aholi jon boshiga dunyodagi eng ko'p shokolad iste'mol qilish qayd etilgan edi. Har bir shveysariyalik yiliga o'rtacha 11,8 kilogram shokolad iste'mol qilgan edi. Amerikaliklar atigi 15 chi o'rinni, 5,45 kilogram shokoladni yiliga iste'mol qilib, egalladilar.
16. Kakao bizning sayyoramizda million yillar mobaynida o'sadi. Ehtimol, bu tabiiy ozuqa manbalardan eng qadimiylaridan biri.
17. Kot-d'Ivuar bugungi kunda dunyodagi yetakchi kakao donlari ishlab chiqaruvchi bo'lib hisoblanadi. Kakao zahiralarining 37% aynan shu yerdan kelib chiqadi.
18. Fabrika sharoitida ishlab chiqarilgan birinchi shokolad 1780 yili Barselonada tayyorlangan edi.
19. Shokolad Ikkinchi Jahon urushi vaqtida askarlarning rasioniga kiritilgan edi. Yuqoridan kelgan ko'satmalarga binoan, uning mazasi "suvda pishgan kartoshkadan bir oz mazaliroq" qilib modifikasiya qilingan edi. Bu askarlar shokoladni juda tez yemasliklari uchun qilingan edi.
20. Texnik jihatdan, shokoladning asosiy ingredienti kakao donlari (cacao beans hisoblanadi, lekin butun sanoatda ular "cocoa beans" ("cocoa" - kakao so'zidan) nomi bilan mashxur.
21. Shokolad feniletilamin - afrodiziak effektiga ega - aminokislotani o'z tarkibiga olgan. U ichkilikdan karaxtlik sindromini yo'qotishga qodir.
22. Amerika armiyasi Hershey's bilan birgalikda shokoladning yangi formulasini ishlab chiqdi. U shokolad issiqqa chidamliligini yaxshiladi. Bu armiya shokoladni sahrodagi operasiyalarga olishi imkonini bergan. Bunday texnologiyalar bo'yicha ishlab chiqilgan shokolad batonchalari 60 daraja Selsiyda ham qattiq bo'lib turgan.
23. Shokoladning bir bo'lagi sizga 45 metr masofani bosib o'tish uchun yetarli quvvat beradi.
24. Belgiyada 17 000 ta odam shokolad ishlab chiqarish bilan shug'ullanadilar.
25. Ommaviy iste'mol uchun tayyorlangan birinchi shokolad plitkasi 1847 yili Bristolda joylashgan Fraya fabrikasida ishlab chiqarilgan edi.
Сообщения из Facebook