“La-La Lend” filmi yulduzi Emma Stounni Forbes jurnali eng yuqori daromadli aktrisa deb atadi. Stoun 2015 va 2016 yillarda ro’yxatni birinchi o’rinini egallab kelgan Djenifer lourensdan ilgarilab ketdi.
28 yoshlik aktrisa asosan “La-La Lend” myuzikli orqali 26 million dollar islab topgan. “La-La Lend”da u Rayan Gosling bilan birgalikda bosh rolni ijro etgan. Ijro uchun Stoun, intiqib kutgan, “Oskar” haykalchasini, eng yaxshi aktrisa sifatida qo’lga kiritdi.
Reytingning ikkinchi o’rnini 25,5 million dollar bilan, Djennifer Eniston egalladi. Uchinchi o’rinni – 24 million dollar bilan, Djennifer Lourens. Shu yili avvalida Emma Stoun “Jinslar jangi” filmida sur’atga tushgan edi. Hamda, Gollivuddagi gender tengsizlik haqida gapirib o’tib, o’zining erkak – hamkasblariga aktrisalardan ko’ra ancha ko’p pul to’lanishini ta’kidlab o’tgan edi. Natijada, ba’zi akterlar o’zlarining maoshlarini qisqartirilishini so’raganlar. Ular buni adolatli deb topganlar.
Ro’yhatda ikkinchi o’rinni egallagan Djennifer Eniston, bir yil ichida beshta filmda sur’atga tushgan bo’lib, shu jumladan, “Sariq qushlar”da, “Gori qizlari”da va “Laylak”larda. Bundan tashqari, aktrisa hali hamon mashxur “Do’stlar” seriali uchun to’lovlar oladi. Hamda, Eniston Emirates Airlines aviakompaniyasi, Smartwater kompaniyasi va Aveeno kosmetik brendi uchun reklamada sur’atga tushadi.
Oxirgi ikki yil davomida hokum surgan Djennifer Lourens 24 million dollar ishlab, uchinchi o’ringa tushdi – bu uning o’tgan yilgi daromadi, 46 millionning deyarli yarimidir. Aktrisa pullarning katta qismini Darren Aronofkining sentyabrda prokatga chiqadigan “Oyi!” filmida va “Qizil chumchuq” kartinasida sur’atga tushgani uchun olgan. Shu bilan birga Lourensda Dior bilan uzoq muddatli shartnomasi bor.
Emma Uotson yuqori daromadli aktrisalar ro’yxatida birinchi bor “Sohibjamol va mahluq” filmi yilning eng kassali kinolentasi bo’lib, prokatda 1,26 milliard dollar yig’ganidan so’ng paydo bo’ldi.
Reytingni tuzishda Forbes akterlarning 2016 yilning 1 iyunidan to 2017 yilning 1 iyunigacha muddatda olingan daromadlarni baholagan. Hisoblash Nielsen ijtimoiy kompaniyasi va Box Office Mojo va IMDb ma’lumotlari asosida tayyorlanadi. Ular kinoprokatning yig’imlarini kuzatib boradilar. Hamda, yulduzlarning o’zlari, ularning advokatlari, menedjerlari, agentlari bilan intervyularning ma’lumotlaridan olinadi.
Yuqori daromadli aktrisalarning top – 10 ligiga komediya aktrisasi Melissa Makkarti (18 million dollar), Mila Kunis (15,5 million dollar), Emma Uotson (14 million), Sharliz Teron (14 million), Keyt Blanshett (12 million), Djuliya Roberts (12 million) va Emi Adans (11,5 million) lar ham kirganlar.
Сообщения из Facebook