просмотров
Kanzas shtatining katta qismi
Kanzas sizga pul to'lashga tayyor, agar u yerga ko'chib o'tsangiz albatta. Linkoln shahri (aholisi 3500 ta odam), masalan, uy qurish uchun sizga bepul yer beradi. Agar Linkoln siz uchun juda ham kattalik qilsa, siz Markett, atigi 600 ta aholisi bor, shahridan yer olishingiz mumkin. Bundan tashqari, sizni daromad solog'i to'lashdan 5 yilga ozod qilishadi yoki oliy ta'lim muassasasida o'qish uchun, 15 ming dollargacha bo'lgan, kreditni yechib yuborishadi.
Paypstoun, Manitoba
Kanadaning Paypstoun shahrida yerni bepul tarqatishmaydi, lekin, ular juda yaxshi chegirmalar beradilar, agar siz yer uchastkasida bir yil davomida qurilish olib borayotgan bo'lsangiz. Bundan tashqari, agar siz biznes bosjlamoqchi bo'lsangiz, shahar 32 ming kanada dollari miqdorida grantlar taklif qilmoqda ( 24 ming AQSH dollari).
Matsayker oroli, Tasmaniya
Agar AQSH va Kanada sizni ilhomlantirmasa, u holda Tasmaniya haqida nima deysiz? Tasmaniya sohillari yaqindagi Matsayker orolida ishchi o'rinlari va uy-joy bermoqdalar. Afzallikni mayoqqa xizmat kursatib, meteorologik ma'lumotlarni taqdim qiladigan, yer va inshoatlarga qaraydigan oilalarga beriladi. Agarda ular nisbatan izolyasiyada yashashga rozi bo'lsalar. Yerning chetida, mayoqda yashash - bu orzu emasmi?
Misima, Yaponiya
Siz yolg'izmisiz? Unda sizni yaponoyaning Misima qishloqchasi kutmoqda (Misima shahri bilan adashtirmang). Qishloq uchta orollarda joylashgan bo'lib, aholisi 400 kishini tashkil qilib, asosan bu pensionerlardir. Misima yaponiyaliklarnga 100 ming yena (840 dollar atrofida) pul mablag'larini, ko'chib o'tirish sarf-xarajatlarini qoplash uchun, taklif qilmoqda. Hamda, bu qishloqda birinchi uch yil yashash vaqtida har oylik yordam puli ham beradi. Bu yerda siz uchta yotoqxonali uyni oyiga 23 ming yena (207 dollar) ga ijaraga olishingiz mumkin. Va oxirgisi - ular sizga sigir beradilar. Bitta bepul sigir!
Pitkern oroli, Tinch okeanining janubiy qismi
Agar siz dunyodagi eng uzoqda joylashgan orollarning birida yashashga oshiqayotgan bo'lsangiz, Pitkern oroli siz uchun. Bu yerda atigi 50 ta odam bor bo'lib, shu sababdan har bir immigrant bu orolli jannatda bepul yer oladi. Afsus, lekin 2015 yildan beri u yerga faqat bir odam ko'chib o'tgan. Balkim bu orolda bitta yagona do'kon borligi, u ham haftasiga uch kun ochiq bo'lib, barcha kerakli narsalarni Yangi Zellandiyadan oldindan buyurtma qilish kerakligi sabablidir? Lekin, sizga plyajlar va yolg'izlikda bo'lish yoqsa, siz u yerga ko'chib o'tgan ikkinchi odam bo'lishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook