Bu g’alati ko’rinishi mumkin, ammo dunyodagi eng badavlat odamlar o’z hayotlaridagi iste’molchilik odatlari borasida chuda ham kamtarin.
Tejamkorlik – yetarlicha subyektiv tushuncha. Siz taomlanishni biror bir umumiy ovqatlanish muassasasida emas, uyda amalga oshirishni, shu bilan birga, imkon qadar arzonroq aviachipta sotib olishni tejamkorlik deb o’ylashingiz mumkin. Ammo milliaрder uchun tejamkorlik bu Volkswagen yoki Toyotani rulida uni boshqarib bora turib, ishga jinsi shimda va yengil futbolkada borishdir demakdir.
Ular o’zlari uchun xususiy samolyot yoki o’z hududiy mulklarini kengaytirish uchun orol sotib olishlari mumkin, biroq bunday qilmaydigan milliarderlar ham juda ko’p. Ayrim misli ko’rilmas darajadagi badavlat odamlar juda kamtarin ekanligi – ishonish qiyin bo’lgan faktlardan biridir.
Ularning har biri o’zlariga tobe kishilar kabi mahalliy oshxonada ovqatlanishdan tortib to o’zlari bemalol sotib olishga qurbi yetadigan va nisbatan qandaydir tiyinlarga teng keladigan qiymatdagi uylarda yashashgacha ko’rinish olgan tejamkorlik odatlariga ega.
Dunyodagi eng badavlat sarmoyador Uorren Baffet, xozirgacha 1958 yilda 31500 AQSH dollari evaziga sotib olgan uyda yashaydi.
Uning shaxsiy boyligi 89,9 AQSH dollariga milliardga teng.
Bu odam dunyodagi eng kamtarin va dono milliarderlardan biri.O’zining o’ta badavlatligi va yuqori mavqeiga ega ekanligiga qaramay, u eski uyidan boshqa yerga ko’chib o’tishni orzu ham qilmaydi.
U o’zi bilan birga mobil telefon ham ko’tarib yurmaydi. Uning ish stolida esa kompyuter ham yo’q. Uorenning do’sti Bill Geyts Uorren yashaydigan Omaxa shahriga kelganida u Billni aeroportda hamisha o’zi kutib oladi.
Bundan tashqari Uorenning didi ham o’ta nozik emas. Milliarder fast-fud kompaniyalari, jumladan Coca-Cola, Buger King, Dairy Queen birlashmalarga sarmoya kiritish bilan birga uning o’zi ham shunday taom bilan tanovul qilishni juda yaxshi ko’radi. Aytishlaricha bu sarmoyador har kuni kartoshka chipslarini iste’mol qiladi va bir necha butilka kola ichadi.
2014 yilda aktsionerlar yig’ilishida Uorren uning daromadiga bog’liq bo’lmagan o’z hayoti to’g’risida gapirib berdi. “Mening xayotim xozirgidan ham ko’ra baxtliroq bo’lishi mumkin emas. Aslida, agar mening 6 ta yoki 8 ta uyim bo’lganida ancha battar bo’lar edi. Mening hamma narsam bor. Menga boshqa hech narsaning keragi yo’q, chunki ma’lum bir paytda xashamat hech qanday mazmunga ega bo’lmay qoladi.”
Facebook asosichisi va bosh direktori 30 000 AQSH dollari nahridagi “Golf”da xarakatlanadi.
Shaxsiy boyligi 76,7 milliardga teng.
Milliardlarga qaramay, Mark o’zining xotini Pristsilla va ikki qizi bilan birga ancha kamtarin xayot tarzini olib borishadi. Bir marta undan nima uchun doimo bir hil futbolka va jinsida yurishlarini so’rashganida ijtimoiy tarmoq asoschisi o’zini yo’qotmay: “Men o’zimning hayotimni kerak bo’lmagan qarorlar qabul qilishdan nari bo’lishiga qaror qildim, kun davomida esa men ishimni yaxshilashga yordam beradigan qarorlar qabul qilaman”deya javob berdi.
Xashamatli xayot alomatlari 33 yoshli Markda hech qachon alohida taassurot qoldirmagan.2015 yilning oxirida u o’z umrining so’ngiga qadar aksiyalarining 99 foizini xayr-ehson qilish niyatida ekanligi to’g’risida habar berdi.
Mark ko’pincha Makdonaldsda ovqatlanadi, uning to’yi esa Palo-Altodagi uyining hovlisida bo’lib o’tgan. Uning hisob raqamida shunday katta miqdordagi milliardlarning mavjud ekanligiga qaramay Mark o’z to’yi uchun bor-yo’g’i 7 million AQSH dollari sarf etgan holos.
Mark Sukerberg 2014 yilda o’zining eski avtomobilini sotib, 30000 AQSH dollari evazia yangi “Golf” sotib oldi.
“Grupo Carso”ni tashkil qilgan meksikalik fuqaro Karlos SlimXelu 40 yil davomida bitta uyda yashagan.
Shaxsiy boyligi 70,1 milliard AQSH dollariga teng.
Meksikalik oligarx Karlos Slim hech narsaga ortiqcha pul sarflamaydi, u o’zining boyligini turli serdaromad kompaniyalarga sarmoya qilib kiritadi. O’zi bilan bo’lgan birinchi intervyuda u boylik - mevali bir bog’, bu bog’ni doimo parvarish qilish, uning o’sishi to’g’risida qayg’urish kerak, hosilini esa kamdan-kam hollarda terib olish mumkin, deb aytgan edi.
Bugungi kunda Karlos 78 yoshda va u Meksikadagi eng badavlat odam. Lekin unda hamon xususiy yaxtalar yoki samolyotlar kabi hashamat buyumlari yo’q. U mana bir necha yildirki eski MercedesBenz mashinasida harakatlanadi.
U o’zining kompaniyalariga ham xuddi shunday tejamkorlik bilan yondoshadi. Xodimlar uchun yo’riqnomalarda, xatto barqarorlik paytlarida ham odmilikka rioya qilish kerak deb yozilgan.
Karlos 40 yildan ko’proq bitta uyda yashadi. Shuningdek, o’z farzandlari va nabiralari uchun o’z qo’llari bilan bajonidil taom tayyorlab beradi. Uning bir necha qiziqishlari ham mavjud. Bu marhum rafiqasi hotirasiga bag’ishlangan tasviriy san’at, sotishga urinib ko’rgan Mantettendagi dang’illama hovli uy va kuba sigaralardir.
“DishNetwork” raisi Charli Ergenga har kuni uyidan ishga buterbrod olib boradi.
Shaxsiy boyligi 14,5 milliard AQSH dollari.
Charlining aytishicha, uning tejamkorligining ildizini Buyuk Depressiya davrida o’sgan onasining bolaligidan izlash kerak. “Shuning uchun ham mening qizil daraxtdan yasalgan stolim yo’q” deydi u.
Milliarder har kuni uyidan bir necha buterbrod olib ketadi va yaqin kunlarga qadar chet ellarga safarlar paytida u o’z xodimlari bilan bir nomerda yashab yurgan.
Inditex asoschisi Amansio Ortega doimo Zara kafeteriyasida o’zining xizmatchilari bilan birga ovqatlanadi.
Shaxsiy boyligi 75,3 milliard AQSH dollari.
2016 yilda Zara asoschisi dunyodagi eng badavlat odamlar ro’yhatidagi ikkinchi o’rinni egallaydi, ammo bu uni tejamkorlikni to’xtatishga undamadi. Amansio juda ko’p vaqt mobaynida o’ta kamtar tarzda yashab kelgan.
U xotini bilan birga Ispaniya, La-Korunyada tinch va osoyishta bir xonadonda yashagan. U doimo bitta kafega borib, o’z kompaniyasining kafeteriysida o’ziga tobe xizmatchilari bilan birga ovqatlangan.
Ispaniyalik milliarder juda sodda va kamtarin kiyinib yuradi. Uning tashqi ko’rinishi – oq ko’ylak, kulrang shim va ko’k bleyzerdan iboratdir. Ayrimlar uni tejamkor deb bo’larmikan, axir uning ihtiyorida 45 million dollarga teng shaxsiy samolyoti bor, deyishadi. Shunga qaramay, u juda kam sayohat qiladi, chunki u doimo ish bilan mashg’ul.
IKEA kompaniyasining asoschisi Ingvar Kamprad ko’pincha avtobusda yurgan va o’lguniga qadar ekonom-klass bilan parvoz qilgan.
Shaxsiy boyligi 39,3 milliard AQSH dollariga teng.
Bu shved fuqarosi Yevropadagi eng badavlat odamlardan biri bo’lgan edi. Biroq, Siz u bilan birga samolyotdagi ekonom-klassda yoki IKEA kafesida birga ovqatlanmaguningizga qadar buni tushunmas edingiz.
1960-yillarda yuzaga kelgan isrofgarchilik davrida u xam bo’lgan u dizaynerlar tomonidan yaratilgan kostyumlar kiyib, Proshe avtomobilini haydab yurgan. Ammo, u o’zining boyligini hisobga olgan holda tezlik bilan juda tejamkor insonga aylanib qolgan edi.
U bir necha yillar oddiygina Volvoda harakatlanib yurdi. Shu bilan birga, u jamoa transportini ham inkor qilmas va ko’pincha avtobusda yurishni yaxshi ko’rar edi. Bu shvedning boyligi 39 milliarddan ortib ketdi, ammo u 40 yil davomida o’z vatani Shvetsiyada soliq to’lamay, Shveytsariyada yashadi.
2013 yilda Kamprad Shvetsiyaga qaytdi va kamtarin bir qavatli qishloq uyida umrining oxirgi yillarini yashab o’tkazdi.
WiproLtd.ning raisi Azim Premji avval iste’molda bo’lgan avtomobillarda harakatlanadi va har doim o’z xizmatchilariga idoradagi chiroqlarni o’chirib yurishlarni aytadi.
Shaxsiy boyligi 19,6 milliard AQSH dollari.
U eng badavlat hind texnologik magnati. 72-yoshli bu odamning boyligi unga bemalol eng qimmatbaho avtomobillarda harakatlanishiga imkon beradi, lekin u aeroportdan uyiga uch g’ildirakli rikshada yetib olishdan hech ham hazar qilmaydi.
Azim doim ekonom-klassda parvoz qiladi, avval iste’molda bo’lgan avtomobillarda harakatlanadi, shuningdek,o’z ishchilariga idoradagi chiroqni o’chirib yurishlarini ham eslatib turadi.
Epic System asoschisi Djudi Folkner xashamatli xayotga qiziqmaydi.
Shaxsiy boyligi 3,7 milliard AQSH dollari teng.
Bu ayolni Epic Systemga asos solgan tortinchoq dasturchi deb atashadi. Bu dasturiy ta’minotni sotadingan xususiy tibbiy kompaniyadir. Kompaniya 1979 yilda 70000 AQSH dollariga teng sarmoya bilan tashkil etilgan.
Kompaniya tezda muvaffaqiyatga erishdi va o’z asosichisini milliarderga aylantirdi. Biroq, 74 yoshli Djudi hech qachon o’zini ko’z-ko’z qilmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, oxirgi 15 yil ichida bu ayolda bor-yo’g’i 2 ta avtomobil bo’lgan.
U 30 yil eri bilan birga AQSHning Viskonsin shatatidagi Medison shaharchasi yonidagi uychada yashab kelgan. 2015 yilda bu dasturchi ayol o’z boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflashga va’da berdi. U quyidagi mazmunda maktub ham yozdi. “Men hech qachon badavlat yashagim yoki milliarderga aylangim kelmasdi. Menga hashamatning keragi yo’q, men boshqa odamlarning sog’liqni saqlash, oziqlanish, turar choy va issiqlikka imkoni bo’lishi uchun pul sarflayman.”
Сообщения из Facebook