Stiven Xoking megadaho fizik va “Vaqtning qisqacha tarixi” nomli kitobning muallifi hisoblanadi, va yana u bir qancha turli xildagi smart-predmetlarni yaratdi va ko’pgina parchalanib ketgan ilmiy fikrlarni va ularning isbotini birgalikda yig’a oldi. Biroq unda, oddiy isonda bo’lgan kabi, o’z hayotidan olingan va unchalik ma’lum bo’lmagan faktlar mavjud.
8. U Pink Floyd guruhining oxirgi albomi ustidagi ishda ishtirok etdi
Bu juda ham qiziq va qarama-qarshi holat – dunyodagi eng aqlli inson bo’lish va bir vaqtning o’zida umuman harakatlana olmaslik. Xo’sh, unda Stivenning dunyodagi eng psixodelik guruhlardan biri Pink Floyd bilan hamkorlik qilishga rozi bo’lganligini tushunsa bo’ladi. Ha, Stiven Xoking ularning oxirgi albomi ustida ishladi, aniqrog’I ikkita albomi ustida: The Division Bell va The Endless River. Stiven Xoking “Talkin’ Hawkin” qo’shig’ida… ijrochi sifatida ishtirok etadi. Kompozitsiyada uning robotlangan ovozi va nutq sintezatori eshitiladi.
9. U semirishga qarshi kurashish maqsadida video yaratdi
Stiven Xoking nafaqat qariyb qo’llari bilan Olamdagi qora tuynuklarni chetga suradi va dunyodagi eng zo’r guruh bilan kuylaydi, shuningdek u semirishni yomon ko’radi. Xoking umuman harakatlana olmasligini inobatga olgan holda, u nega shuncha sog’lom odamlar haddan tashqari semirib ketadi degan fakt bilan kelisha olmaydi. U hatto bu haqida video yaratgan, va unda quyidagi so’zlar jaranglaydi: “Baxtiga, yechim juda oson: jismoniy aktivlikning oshirilishi va ovqat iste’mol qilish tartibini o’zgartirilishi… Ishoning – bu oliy matematika emas”.
10. U o’zga sayyoraliklarga ishonadi va ular bizni qirib tashlamoqchi deb o’ylaydi
Xoking – albatta, daho olim, shu uchun ham u bizning sayyoramiz chegarasidan tashqari hayot borligiga ishonishi ham tushunarli hol. Va u hatto o’zga sayyoraliklar allaqachon bizning oramizda bor yoki NUJ – ularning kemasi deb ta’kidlaydi. Xokingning aytishicha, U YERDA nimadir bor, va agar biz qachondir o’zga sayyoraliklarni topsak, yaxshisi ulardan yashirinish kerak. “Agar o’zga sayyoraliklar qachondir biznig sayyoramizga tashrif buyurishsa, buning natijasi, Amerikaga qadam bosgan Kolumb holatidan ham battarroq holat yuzaga kelishi mumkin. Siz bundan keyin u yerda yashab turgan aholi bilan nima sodir bo’lganligi yodingizda bo’lsa kerak?”
Сообщения из Facebook