Dunyoda o’z suratlarini sevadigan odamlar juda ham ko’p emas. Ammo, turli sabablarga ko’ra o’zini suratbop qiyofasiz kishilar qatoriga qo’shib qo’yuvchilar yetarlidan ham oshib-toshadi.
Agar Siz ham shundaylar toifasidan bo’lsangiz, bir sirni ochaylik — suratbop bo’lmagan qiyofa faqatgina sizning hayolingizda! Aslida fotosuratlarda har bir odam ham chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Buning uchun faqatgina 5 nafar asosiy sirni bilib olish kerak. Biz bugun bu sirlarni oshkor qilamiz.
Birinchi xato: ko’zlarda tabassum yo’q
Albatta, “qulog’igacha” deyilganday keng tabassum qilaman deb, haddan ortiq kulib yuborish hamma fotosuratda ham o’rinli bo’lavermaydi, biroq ko’z bilan tabassum qilishni hech kim va hech qachon taqiqlamagan, xatto hujjatlar uchun mo’ljallangan fotosuratlarda ham. Amerikada buning uchun xatto o’z nomi ham bor — «smize». Bu terminni ilk bor taniqli model Tayra Benks ishlatgan va leksikon aylanmasiga kiritgan.
Uning ishtirokida xatto videorolik ham suratga olingan. Ushbu rolikda moda yulduzi farqni namoyish etadi. Bir qarashda, buning hech qiyin joyi yo’qday ko’rinishi mumkin, ammo har bir odam buni o’rganish uchun mashq qilish kerak va shundan keyingina ko’zgu oldida turib, mustaqil o’zi bajara oladi.
Ko’z bilan “tabassum qilish” qobiliyatini o’rganib olganingizdan keyin har bir fotosuratda siz ancha ko’rkamroq ko’rinasiz.
Ikkinchi xato: “o’z” burchaklarini bilmaslik
Selfi va boshqa suratlar muvaffaqiyatli chiqishi uchun — kameraning “o’z” burchagini topa olish kerak. Buni oson deb bo’lmaydigan, lekin bajarsa bo’ladigan vazifa. Bir kun tanlang, smartfoningizni oling, kamerani old tomonga sozlang va olg’a, urinib ko’ring! Balki buning uchun bir necha yuzlab suratga olish mumkindir, eng asosiysi, natijaga erishish kerak. Nafaqat natijaga, a’lo darajadagi natijaga!
Turli rakurslardan suratga olingan shaxsiy fotosessiyadan keyin barcha suratlarni ko’rib chiqing va ularning ichidagi eng muvaffaqiyatli bo’lganlarini tanlab oling. Muvaffaqiyatli suratni to’laligicha kafolatlay oladigan burchakni izlab topish uchun eng qulay vaqt uyda hech kim bo’lmagan payt.
Birinchidan, ortiqcha savollar tagida qolmaysiz, ikkinchidan esa, bu hech kimdan uyalib tortinmay kerakli narsani topib olish imkonini beradi. Shunday ekan, olg’a!
Uchinchi xato: haddan tashqari quruq savlat
Ha-ha, bu qanchalik mantiqqa zid eshitilmasin, kamera oldidagi haddan tashqari quruq savlat bilan qiyshayish ham hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Rasmiy jihatdan jilmayib ko’rsatilgan tabassum, keragidan ortiq cho’zilgan orqa va to’g’ri tutib turilgan bosh, suratlarda soxta va notabiy bo’lib ko’rinadi, shuning uchun ham tuturiqsizlik va o’ta be’manilik bo’lib tuyuladi.
Bunday suratlarda "hayot" yo’q. Iloj bor qadar tabiiy bo’lib ko’rinishga urining, harakat qiling - qanchalar "tirik" bo’lsangiz, suratlar ham shunchalik jozibadorroq bo’ladi.
To’rtinchi xato: noto’g’ri yorug’lik
Xatto eng suratbop qiyofani ham buzib, unga sovuq ko’rinish berib qo’yish mumkin — buning uchun faqatgina boshqa yorug’lik tanlansa bas. Masalan, tepadan taratilayotgan, bo’zargan, sovuq g’ira-shiralik yoki energiyani tejovchi lmpochkalardan tushayotgan yorug’lik ko’zlarning ostiga aslida umuman asari ham bo’lmagan "xaltacha"larni "osib" qo’yishi, yoki "ko’karish"ni vujudga keltirib qo’yishi mumkin.
Tabiiy va keng tarqalgan yorug’lik manbayi sizni fotosuratda ancha jozibaliroq qilib ko’rsata oladi. Bu, masalan, quyoshning botishi yoki kun yorug’ligi bo’lishi mumkin. Bunday savodli yoritish barcha eng o’tkir burchaklarni tekislab, terining рangini silliqroq va sog’lomroq qilib ko’rsatadi, xullas, fotosuratdagi ko’rinishni ancha yaxshilaydi.
Beshinchi xato: o’zingizga bo’lgan ishonchingizning kamligi
Hammasi juda soddaroq ham bo’lishi mumkin. Agar o’zingizga ishonchingiz bo’lmasa, yoki u juda kam bo’lsa, suratga tushish zarurati qattiq hayajon va ruhiy zarbaga sabab bo’lishi mumkin. Bunday ahvolda qanaqa sifatli suratlar to’g’risida gap bo’lishi mumkin?
Suratga tushish paytida o’zingizni iloj bor qadar erkin tutishga harakat qiling. Gohida o’zini suratbop qiyofaga ega, deb hisoblash uchun atigi bitta shu maslahatning o’zi ham yetarli bo’ladi!
Сообщения из Facebook