Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Qirolicha Sutxida Tailand qirolining rafiqasi bo‘lib, u mamlakat qiroli bilan yaqindagina turmush qurdi.

Tailand qirolining tantanali to‘y marosimi may oyining boshlarida bo‘lib o‘tdi va toj kiydirish marosimi avvalidan omma uchun kutilmagan sovg‘a sifatida yodda qoldi ham. Qirol Maxa Vachiralongkorn o‘z taqdir yo‘llarini Sutxida ismli ayol bilan bog‘lashga qaror qildi. Sutxida bundan 3 yil avval general unvoniga sazovor bo‘lgan va ikki yildan beri  qirollik qo‘riqlash qo‘shinining rahbari sanaladi. Qirol Rama X nomini olgan kuyovning tanlagan yori haqidagi ma’lumotlar ko‘p emas. Ammo saroy vakillari kechagina ushbu kamchilikni to‘g‘rilash qaroriga kelgan ko‘rinadilar.

 

Qirollik saroyi qirolichaning turli-tuman liboslar, jumladan oq rangli harbiy libos kiygan suratlarini ham rasmiy ravishda taqdim qildi. Ular orasida qirollik qabullari davomida suratga olingan oqshom obrazlari ham bor.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qirolicha Sutxida 1978 yilning 3 iyunkuni Bangkok shahrida dunyoga kelgan.

O‘z faoliyatining ilk yillarida Thai Airways kompaniyasida styuardessa, 2014 yilda qirollik xavfsizlik xizmatining rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2016 yilda esa general unvonini olgan, 2017 yilda qirollik qo‘riqlash qo‘shinlari rahbariga aylangan. Sutxida va qirol 2019 yilning 1 may kuni turmush qurdilar. Toj kiydirish marosimi esa 4 may kuni bo‘lib o‘tdi. Aynan shu kuni yangi kelin qirolikning rafiqasi sifatida rasman qirolicha degan nomga erishdi.

O‘tgan haftada Tailand qirolligi rasmiy ravishda mazkur yildan boshlab qirolicha Sutxidaning tug‘ilgan kuni milliy bayram sifatida nishonlanishini ma’lum qildi. Bundan buyon har yili mazkur sanada mamlakat hududida yashovchi muhtojlarga ehsonlarga tarqatiladi.  

Aytish kerakki, avvallari Tailandda ona qirolicha Sirikitning tug‘ilgan kuni davlat bayrami sifatida har yilning 12 avgust kuni nishonlanar edi. Rasmiy tadbirlar bilan bir qatorda mazkur kuni ayollarga jasmin gullari ila bezatilgan sovg‘alar taqdim qilingan. Boisi ushbu gul qirolicha timsoli hisoblangan. Ona qirolichaning tug‘ilgan kuni ham davlat bayrami sifatida qoladimi-yo‘qmi bunisi hali ma’lum emas. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations