Taniqli milliarder Rokfellerning muvaffaqiyat va uzoq umr ko’rishining sirlari
Taniqli milliarder Rokfellerning muvaffaqiyat va uzoq umr ko’rishining sirlari
Shu yilning 20 martida Amerikaning eng boy ishlab chiqaruvchilar, siyosatchilar va bankirlar sulolasining vakili Devid Rokfeller 102 yoshida vafot etdi. U ajoyib inson edi: 7 marta yurak alishtirish operatsiyasini boshidan o’tkazdi, o’ta sahiyligi hamda g’ayritabiiy xobbisi – qo’ng’izlarni kollektsiyalash bo’yicha dong taratdi.

Biznes

-1-

Rokfeller biznesda muvafaqqiyatga erishish uchun “o’qish, intizom va tirishqoqlik” zarur deb hisoblar edi. Bu u o’z hayoti misolida isbotladi. Frontga ko’ngilli ravishda ketgan Devid, ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin amakisining taklifi bilan jahonning yirik banklaridan biri Chase Bankka ishga joylashdi.

Devid xizmat faoliyatini o’sha paytda eng kichik lavozim hisoblangan bank boshqaruvchisining assistenti lavozimidan boshladi va yiliga 3500 dollar maosh olar edi.  

-2-

U paytlarda oliy ma’lumot va boshqaruv mahorati muhim omil hisoblanmas edi. Shuning uchun bo’lajak milliarder iqtisod bo’yicha doktorlik darajasiga ega ekanligi haqida og’iz ochmadi.                                                   

  -3-                                

Rokfeller idorada o’tirmas edi. Chase Bank dagi 35 yillik ish faoliyati davomida 100 dan ortiq davlatlarda xizmat safari bilan bordi va 5 mln milya masofani bosib o’tdi (200 marta yer yuzini aylanib o’tishga teng). 50 ta Amerika shtatlaridan 42 tasida bank mijozlari bilan uchrashuv o’tkazdi. 10 000 dan oshiq “ish bo’yicha tushliklar o’tkazdi.

U kuniga 10 ga yaqin uchrashuv o’tkazishga ulgurar edi. 200 dan ortiq davlat va hukumat arboblarining rasmiy qabulida bo’ldi.

-4-

Millioner do’stlari bilan biznes olib borishdan cho’chimagan. U “do’stlik va biznes bir-biriga xalal beradi” degan naqlga e’tibor bermas edi. “Ish bo’yicha eng mustahkam aloqalar ishonch, sodiqlik asosiga qurilishiga qattiq ishonaman” der edi Rokfeller.

Do’stlik asosiga qurilgan biznesdan ko’ra, biznes asosiga qurilgan do’stlik afzal. D.Rokfeller

-5-

Rokfeller barbod qilish emas, yaratish tarafdori edi. “Ishbilarmonlik quvonchi – insonlarga uzoq vaqt va doimiy xizmat qiladigan hamda ularga qadrli bo’lgan narsani yaratishdir” der edi milliarder.

-6-

Rokfellerning fikricha, muvaffaqiyatga erishish uchun pulni maqsad  qilish kerak emas. “Agar maqsadingiz faqat boy bo’lish bo’lsa, unga hech qachon erisha olmaysiz” der edi u.

-7-

Milliarderdan yana bir maslahat: “Katta xarajatlardan qo’rqish kerak emas, kichik daromaddan cho’chish lozim”.

Hayoti

 -1-

Rokfellerning noodatiy qiziqishi bor edi: u ayollar va qimmatbaho alkogollarga emas, qo’ng’izlar kollektsiyasiga qiziqar edi. Undagi hasharotlarga bo’lgan qiziqish bolalik davrida tabiatshunoslik darslarida paydo bo’lgan. Har bir xizmat safariga u qo’ng’izlar solish uchun maxsus bonkacha bilan borar edi. U xobbisi bilan dunyoning turli burchaklarida shug’ullanishi mumkin edi.

Rokfeller qo’ng’izlarning bir necha yangi xilini kashf etdi. Uning kollektsiyasida 40 ming ta hasharot bo’lib, dunyo bo’yicha eng yirik hisoblanadi. Qo’ng’iz turlaridan biriga uning nomi berilgan: Diplotaxisro                 -2-

Milliarder bolalarga yaxshi muallim kerak, deb ta’kidlar edi. U tarixga qiziqish uyg’ota olgan oltinchi sinfdagi tarix muallimini qayta-qayta esga olar edi.

  -3-

Devid yoshligidan yumshoq xarakterli edi. Bu uning odamlarga bo’lgan munosabatini belgiladi: Rokfeller odamlar bilan san-manga borishni va urushishni yoqtirmas edi.

  -4-

“Rokfeller familiyam juda taniqli. Biroq uni deb odamlar menga shubha bilan qaraydilar. Ularning fikricha men yutuqlarimga o’z kuchim bilan emas, familiyam tufayli erishganman”, der edi Devid.

Odamlardan ozgina bo’lsa ham ajralib turgan insonning beti qalin bo’lishi kerak. D.Rokfeller

  -5-

Rafiqasi bilan o’rtalaridagi benuqson munosabatlarining siri nimada degan savolga Rokfellerning javobi oddiy edi: “Bizning qiziqishlarimiz bir-biridan farq qiladi. Aynan ana shu omil bizning uzoq va baxtli hayotimiz kalitidir”.

  -6-

Yaxshi va qiziqarli hayot kechirish uchun Rokfeller sarguzashtlarni yoqtirish, chet ellarga sayohat qilish, boshqa xalqlar madaniyatini o’rganish, hech nimaga afsuslanmaslik hamda insonlar bilan qiziqish kerakligini maslahat bergan. 

  -7-

Milliarderning fikricha, keng imkoniyatlar bor joyda, mas’uliyat ham bo’lishi kerak. Rokfeller homiyligi bilan ham mashhur bo’lgan. Uning qilgan xayr-ehsonlarining umumiy miqdori 900 mln dollarga teng.

Agar boyligingizni birov bilan bo’lishmasangiz, undan nima naf. D.Rokfeller.

Sog’ligi

Devid Rokfellerga 7 marta yurak ko’chib o’tkazilgan. Birinchi jarrohlik operatsiyani 1976 yilda katta avariyadan keyin ro’y bergan yurak xurujidan keyin boshidan o’tkazgan. Bir haftadan so’ng esa yugurishga chiqgan.

Bundan tashqari Rokfeller 2 ta buyrak alishtirish bo’yicha ham jarrohlik operatsiyalarini boshidan o’tkazgan. U hazillashib, 200 yil umr ko’rish istagida ekanligini aytib o’tgan.

Devid Rokfellerning yana 6 ta buyuk iborasi

1. Odamlar bilan muloqot qilishni bilish – bu ham bir mahsulotdir. Men bunday bilim uchun yaxshigina xaq to’lashga tayyorman.

2. Obro’- e’tiborga erishsangiz, u sizning foydangizga ishlaydi.

3. Boshqaruvni to’g’ri olib borish o’rtahol insonlarga yuqori darajadagi insonlarning ishini o’rgatishdan iboratdir.

4. Men har bir muvaffaqiyatsizligimni yana bir imkoniyatga alishtirar edim.

5. Men uchun intiluvchan odam, bilimdon insondan ko’ra qadrlidir.

6. Qat’iyatlik har qanday muvaffaqiyatning negizidir.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook