Tashkent City bog'ida Yangi Yil bayramlari o'tkazilmoqda
Tashkent City bog'ida Yangi Yil bayramlari o'tkazilmoqda

1-dekabrdan boshlab Tashkent City bog’ida Toshkentda keng ko’lamli Yangi yil bayramlarini o'tkazish tadbirlari boshlandi. Bayramlar 1-dekabrdan 30-dekabrgacha bayram tantanalar o'tkaziladi.

Dekabr oyi boshida rassomlar va havaskor musiqiy jamoalar festivali bilan boshlandi. Bu 2,3 va 4-dekabr kunlari bo'lib o'tdi. 7-dekabrgacha, parkda musiqa va hazil-mutoiba tadbirlari bo’lib o’tdi va 8-dekabr kuni Konstitutsiya kuni sharafiga bu yerda Ichki ishlar vazirligining harbiy ansambli va harbiy orkestrining kontsertdasturi bo'lib o'tdi.

Hozirgi paytda bog'da siz bayramona kayfiyat bilan o’zingizni va yaqinlaringizni kayfiyatini ko’tarishingiz mumkin. Bog'da chiroyli archalar bezatib qo’yilgan va yoqimli musiqa sadolari yangrab turibdi.

Bog'da siz chiroyli manzarada asosiy qahramon Qorbobo va boshqa ertak qahramonlari bilan fotosuratga tushishingiz mumkin.

Bog'ning asosiy sahnasida har oqshom ko'ngil ochar dasturlar bo'lib o'tmoqda.

Istirohat bog'ida ko'plab yorqin fotohududlar tashkil etilib, shahar aholisi fotosuratga tushib xursand bo'lishmoqda.

30-dekabrga qadar turli mavzularda 10 ta festival bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Manba: Afisha.uz

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations