просмотров
Endi bunga ishonish qiyin, lekin bundan yuz yil ilgari hech kim, ikkita nonning orasiga qovurilgan kotlet solingan taom shunchalik mazali bo'lishi mumkin, deb o'ylamagan edi. Nemis oshpazlarining innovatsion g’oyasi aholining barcha qatlamlari o’rtasida tezda tanildi.
Taomning mashhurligi o’sib borishi, har kim uni o’zining ixtirosi deb jar solishiga olib keldi. Amerika va bo’shqa davlatlarning oshpaz mutaxassislari taomning tayyorlash qoidalariga kim ko’proq hissa qoshganligi mavzusida ko’p baxslar oborishgan, ba’zilari esa o’zini taom muallifli deb shon-shuhratga ega bolishni istagan. Oxir oqibat, shon-sharaf olishga urinishlar, gamburger eng noaniq tarixli taomlardan biriga aylanganligi bilan yakunlandi. Biz tarixiy arxivlarni ko'rib chiqdik va aslida burgerning "otasi" kimligini aniqlashga harakat qildik.
"Gamburger" so'zi Germaniyaning yirikligi bo’yicha ikkinchi shahri - Gamburg nomidan kelib chiqqan. Bitta versiyaga ko'ra, retsept Amerikaga nemis muhojirlari bilan birga kelgan. O'sha paytda, gamburger non ichiga solingan qovurilgan cho'chqa go'shti edi.
Boshqa versiyaga ko'ra, gamburgerga Nyu-York shtatidagi Gamburg shahrining nomi berilgan. 1885 yilda aka-uka Charlz va Frenk Menchis Gamburgda (Amerika) bo'lib o'tgan yarmarkada ikki non orasiga joylashtirilgan qovurilgan mol go'shti yeyishni taklif qilishdi. Aytishlaricha, ular sendvich uchun ishlatiladigan cho'chqa kolbasasining tugagani sababli, uni mol go'shti bilan almashtirishga qaror qilishdi.
O'sha yili Charli Nagrin Seymurda o'tkazilgan yarmarkada ikki bo'lak non orasiga joylashtirilgan go’sht bo’laklarini sotdi. Uning fikriga ko'ra, bunday taom tadbir uchun eng mos bo'lgan, chunki uni yo'lda yeyish mumkin. U o'zining pazandalik ijodini "Charli Gamburger", deb nomladi.
Nyu-York restoranlarida birinchi marta "gamburger" atamasi 1834 yilda paydo bo'lgan. “Gamburg steyki” nomi birinchi bor 1884 yilda "Evening Boston" jurnalida uchraydi.
Talsa shaharlik Oskar Viber Bilbining oilasi ularning ajdodlari birinchi gamburgerni pishirgan, deb da'vo qilishadi. Bu 1891 yilda sodir bo'lgan. Oskarning bobosi kotletlar pishirgan va ularni xamirturush bilan to'ldirgan. 1995 yilda gubernator Frank Keing Talsani "gamburgerning haqiqiy vatani" deb atadi.
Burgerning zamonaviy versiyasi juda ko'p navlarga ega. Hatto Mikelin yulduzli restoranlari xamir va maydalangan go'sht bo'lagi bilan turli xil variantlarni taklif qilishadi. Oddiy kafe va fastfoodlar bilan ularning taomining, ehtimol, faqat umumiy nom bog’lab turadi. Cho’zilma kotletlar va sintetik non o'rniga bu restoranning oshpazlari frie gralari, qora truffel va kobe mol go'shtini afzal ko'rishadi.
Bunday burgerning narxi 1000 dollargacha yetishi mumkin. Steakhouses menyusida siz yanada arzon versiyani topishingiz mumkin, uning asosi - premium navli maydalangan marmar mol go'shti - odatdagi ribeye va mignonga qiymasiga munosib muqobil.
Сообщения из Facebook