просмотров
Yengil pardoz bilan kifoyalanuvchi ayollar:
Tabiiy ko’rinishni saqlagan holda yengil pardoz bilan cheklanuvchi ayollar birmuncha “yopiq” va yolg’izlikka intiluvchan bo’lishadi. Ular o’zlariga behad ishonishadi, murosayu madorani qoyillatishadi. Bu kabi ayollar fikriga ko’ra, atrofdagilarni tashqi go’zallik bilan emas, qalb chiroyi bilan maftun qilish kerak.
Pardozda ko’proq labga urg’u beruvchi ayollar:
Agar pardozda lab sohasiga ko’proq urg’u bersangiz, u holda siz hamisha diqqat e’tiborda bo’lishni yoqtiruvchilar sirasiga kirasiz. Ta’sirchanlik, yorqinlik va turfalikka intiluvchanlik bu kabi pardoz qiluvchi ayollarda eng ko’p uchraydigan hususiyat. Yana bir ma’lumot bu kabi ayollar yolg’izlikka toqat qila olmaydilar.
Pardozda ko’proq ko’zga urg’u berilsa:
Bu usulda pardoz qiluvchi ayollar “yopiq” fe’l-atvorga ega bo’lib, shovqinli jamoalardan ko’ra, osoyishta muhitni hush ko’radilar. Ular uchun yolg’iz qolish zavqli jarayon, shu barobarida, o’z muammolari bilan boshqalarni qiynash bunday ayollar uchun butkul yot. Bu toifa ayollar barcha muammolarni o’zlari hal qilishga odatlanganlar. Ko’p kuzatuvchi va ziyrak bo’lish bilan birga gapirishdan ko’ra ko’proq eshitishni hush ko’radilar.
Yorqin pardoz qiluvchi ayollar:
Yorqin pardoz qiluvchi ayollar barcha hodisalarni yurakka yaqin olishadi, pardoz orqali esa o’zlarini turli muammolar va atrof-muhitdan himoya qilishga urinishadi.Ularning fikriga ko’ra, kosmetika vositalari va yorqin pardoz ayolni real hayotdan ajratib tura oladi.
Umuman pardoz qilmaydigan ayollar:
Pardoz qilishdan butkul voz kechgan ayollar o’ziga nisbatan past baho berishdan aziyat chekadilar. Ularning fikriga ko’ra, kosmetika vositalari yordamida go’zallik yaratib bo’lmaydi. Bu toifa ayollar inson boshqalarga qanday bo’lsa, shundayligicha yoqishi kerak deb hisoblaydilar, shu sababdan ham ular kiyim yoki pardoz vositalari uchun ortiqcha pul sarflamaydilar.
Сообщения из Facebook