Ta’tilda o’smirlar qayerda ishlashlari mumkin?
Ta’tilda o’smirlar qayerda ishlashlari mumkin?
Har bir o’smir mustaqil bo’lishni xohlaydi. Kimdir mustaqillikni do’stlari bilan ertalabgacha o’yin-kulgu qilish deb bilsa, yana kimdir o’z kuchi bilan pul topish deb tushunadi. Yoz boshlanishi bilan o’smir bolalarning ham ta’tili boshlanadi. 14-16 yoshli bolalar ish qidirishni boshlaydilar, ammo ko’pincha ularning ish bo’yicha so’rovlari javobsiz qoladi. Xo’sh, o’smirlar ta’tillarida qayerga joylashishglari mumkin? Maqolamizda shu haqda so’z yuritamiz.

1.Promouter – reklama varaqalarini tarqatuvchi odam

1.Promouter – reklama varaqalarini tarqatuvchi odam
Bir qarashda oddiydek ko’ringan bu ish ancha mahoratni talab qiladi. Odamlar turli xil bo’ladilar – kimdir reklama varaqalarini bajonu dil oladi, kimdir esa ensasini qotirib, nari borishingizni talab qiladi. Agar sizning asablaringiz mustahkam va ishlashga xohishingiz kuchli bo’lsa, unda bu ish siz uchun. Bu ishda ish beruvchi sizning yoshingiz, ma’lumotingiz, ish tajribangiz va hujjatlaringiz bilan qiziqmasligi katta imtiyozdir. Qoida bo’yicha ishchiga bir dasta reklama varaqalari beriladi va odamlar bilan gavjum bo’lgan joylarga yuboriladi. Bu ish hammaga to’gri kelaveradi, eng asosiysi esa ish qaynab yotibdi, hech kim ishsiz qolmaydi. E’lonlarni yopishtirish ham shu sohadagi ishga kiradi. Agar siz tortinchoq bo’lsangiz, uni bir chekkaga surib qo’ying, aks holda ishlay olmaysiz.

2.Kuryer

2.Kuryer
Agar siz 14 yoshga to’lgan bo’sangiz, unda kuryerlikka ishga joylashishingiz mumkin. Kuryer ishchi do’konlarga buyurtma berilgan mahsulotlarni egalariga yetkazib beradi. Shuning uchun shaharni yaxshi bilishi hamda jismoniy tomondan sog’lom bo’lishi kerak, chunki bir kunda 5-20 ta ko’rsatilgan manzilga narsa yetkazib berishi kerak.

3.Sotuvchi-konsultant

3.Sotuvchi-konsultant
O’smirlarni ko’pincha sotuvchi konsultant lavozimiga ishga oladilar. Agar siz do’konga sotuvchi lavozimiga ishga kirmoqchi bo’lsangiz avvalambor stresslarga chidamli, kirishimli, sabrli, samimiy, muammoli vaziyatlarda yo’l topa bilish kabi xususiyatlarga ega bo’lishingiz zarur. Bundan tashqari qaysi do’kon tanlashingizga qarab, shu yerda sotiladigan mahsulotlar haqida bilimingiz bo’lishi kerak. Masalan, xaridor uchun kerakli fason yoki razmerni tanlay bilish, mahsulot tayyorlangan material haqida tushunchaga ega bo’lishingiz shart.

4.Jurnal va internet jurnallarga maqolalar yozish

4.Jurnal va internet jurnallarga maqolalar yozish
Internet saytlarga maqolalar yozish ham o’smirlar uchun yaxshi ish hisoblanadi. Buning uchun ozgina tajriba kerak, shuning uchun qobiliyatingiz bo’lsa, bo’sh vaqtingizda maqola yozishni o’rganing. Keyinchalik ishga joylashmoqchi bo’lsangiz, tajribangiz ham, nashr qilingan maqolalaringiz ham bo’ladi. Qanday ish bo’lishidan qat’iy nazar ish beruvchi o’smirni ishga olar ekan, ishi hayot uchun xavfli sharoit bilan bog’liq bo’lmasligi, kimyoviy moddalar bilan, yer ostida, kechasi ishlamasligi, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotmasligi lozim. O’smirning ishlashga qiziqishi tahsinga loyiq. Bunday bolalar tashabbuskor va mas’uliyatli bo’lib yetishadilar. Aynan ular lavozimda ko’tarilib boradilar, chunki yoshlikdan ishlashni boshlaganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook