просмотров
Ruhoniylar va mahalliy aholi sho’qda – odamni jasadini bezovta qilish mumkin emas, ayniqsa Amir Temurday shunday ulug’ va qadrli insonni! Lekin olimlar bunday narsalarga ishongani yo’q – “Buning barchasi irim-sirim” deb ekspeditsiya rahbari Kari-Niyazov qarshiliklarga javob bermoqda. U va yozuvchi hamda tarixshunos Sadriddin Ayni, sharqshunoslar Semyonov va Gerasimov kinooperator Malik Qayumov bilan Go’r Emir maqbarasi yer to’lasiga tushdilar, u erda buyuk hukmdor o’zining bolalari va nevaralari qurshovida ko’milgan.
Go’r Emir
Mana Malik Qayumov nima eslaydi:
“Biz kirish joyida turgandik va endi kirmoqchi bo’lgan paytimizda, men uchta cholni ko’rdim, ular ro’parada skameykada o’tirishgan edilar.
- O’g’lim, Amir Temur go’rini ochmoqchimasmislar? – ularning bittasi so’radi.
- Ha, otahon, biz olimlarmiz, Amir Temurni jasadini o’rganmoqchimiz, deb javob berdim
- Bu fikrilardan qaytilar, - Amir Temur tinchini buzish mumkin emas. – ikkinchi aytdi.
- Nimaga endi? – hayron bo’ldim men.
- Chunki, uni tinchini buzishilari bilan, daxshatli urush boshlanadi! – javob berdi uchinchisi. – Mana qara, bizda kitob bor (qadimgi qora foliantni ko’rsatmoqda), unda shunday yozilganki, Temur qabrida urush ruxi saqlanmoqda. Uni qo’yib yuborish mumkin emas!
Men kitobni ko’rishni boshladim, va shu payt meni Gerasimov chaqirdi va men ichkariga kirdim. Nimasi qiziqgi – biz u erdan chiqganimizda – chollar yoq edi. Ularni boshqa hech kim ko’rmadi, men ham”.
Bu vaqt, ekspeditsiya pastga tushib, ishga kirishdi. Qayumov barchasini kinoplyonkaga hujjatlashtirdi - mana Temurni chevaralari qabrini ochishdi, mana Temur og’illarini, mana uni nevarasi Ulug’bekni jasadi, mana imperatorni o’zi. Temurni qabrini ochishlari bilan, havo yog’, atirgul, ladan va hatokki kamfora hidi bilan to’ldi. Olimlar boshida qo’rqib ketishdi, lekin bu balzamlash natijasi ekanligini tushinishdi - hammaga ma’lumki, Temur Hitoyga ketish yo’lida vafot etgan, Samarqandga esa uni balzamlangan holda olib kelishgan.
Olimlar Temur qabrini 20 iyun 1941 yilda ochishgan. Ekspertiza shuni qo’rsatdiki, sarkofaglarda haqiqatdan ham Temur va uning ajdodlari bor edi. Temurni bosh suyagi asosida keyinroq Gerasimov byust yasagan, u yordamida, buyuk sarkardani ko’rinishini bilish mumkin. Hammasi reja bo’yicha ketayodgan edi, qazilshmalar iyulgacha cho’zilishi va’da qilingan edi, lekin 22 iyun 1941 yil keldi. Temur qabrini ochilishidan 2 kun keyin, Fashist Germaniya SSSRga hujum qildi. Samarqandda aholi o’rtasida vahima boshlandi – hammaga Temurni qabrida urush ruhi bo’lgani ma’lum edi, endi arheologlar uni qo’yib yuborishdi! Ekspeditsiyani tezda to’htatishga qaror qilishdi, va jasadni Moskvaga olib chiqishdi.
Qabrlarni ochish.
So’ngra, afsonaga ko’ra, frontdagi holat borgan sari yomonlashgan. Qayumovni ma’lumotlarigako’ra, u frontda Jukov bilan ko’rishgan va uni imperator jasadini qaytako’mishga yordam berishini so’radi, va bu 1943 yil fevralida shunday qilindiham. Stalinni o’zi sarkardani musulmon an’analari va izzat-ikrom bilanko’mishga izim berdi.
Boshqa rivoyat bo’yicha, Temurni jasadini samolyotgajoylashtirishdi, shundan so’ng front chizig’I ustidan bir necha bor uchibo’tishdi va faqat shundan keyin 1943 yilni shu fevralida ko’mishdi.
Nima bo’lganida ham, imperatorni jasadi yergaqaytganida, Stalingrad jangida o’zgarish bo’ldi.
Go’r Emir zalida Temur va Temuridlar sarkofaglari. Shunday fikr borki, ular bo’sh, jasadni o’zi esa yerto’lada joylashgan, va u erga hechkimni qo’ymaydi.
Mana shunday afsona. Bu erda shunga e’tibor berishkerakgi, Ikkinchi jahon urishi 1939 yilda boshlangan, “Barbaross” rejasi hali1940 yilda ishlangan edi. Va, albatta askarlarni qahramonligini unitish kerakemas, Stalingrad ostida ular o’z jonlarini berishgan – ular yordamida urushdao’zgarish bo’lgan, jasad va qayta ko’mishni deb emas. Lekin afsona aholio’rtasida yashashda davom etmoqda va yangidan yangi tafsilotlar bilanto’lmoqda. Bundan ham ko’prog’i - Samarqanda osonlikcha yuqorida ko’rsatilgan faktlarni rad etishlarimumkin, shunday dalillar bilanki, Ikkinchi jahon urushi aynan Temur vaTemurdlarni maqbarasi ochilganidan so’ng boshlangan. Qanday dalillar ekanligibilmoqchimisiz? Unda Samarqandga marhamat!
Сообщения из Facebook