Taraqqiyotga biz shunchalik o’rganib qolganmiz – multivarka pishiradi, nonpechkasi non yopadi, mashinalar o’zlari yuradilar – ba’zi texnikalarni odamlar o’z qo’llari bilan ishlab chiqqanlariga ishonish juda qiyin! Bu manipulyatsiyalar hatto muhim kasblar hisoblangan. Eng g’alati va kutilmagan kasblar beshtaligi – sizning qarshingizda. Biz bilan birga hayron qoling.
Pinspotter
Hozirgi paytda qulagan keglilarni mashina – pinspotter o’rnatmoqda, avvallari bo’lsa pinspotterlar o’rniga bolalar xizmat qilishgan, o’yinchi keglini har urganidan keyin bolalar belgilangan joyga kegli qayta o’rnatganlar.
Radar – odam
Bunga ishonish qiyin! Ma’lum bo’lishicha, havo mudofasi chiqqunga qadar, dushman aviatsiyasi kelayotgani haqida maxsus tayyorlangan odam ogohlantirgan. U maxsus “gadjet” bilan ishlagan. Katta akustik oynalar ovozga qaratilgan, kuchaytirilgan, u bo’lsa motorni ovozini eshitishga yordam bergan.
Muzni arralovchi
Siz o’ylab ko’rganmisiz muzlatgichlar o’ylab topilmagan paytda mahsulotlarni qanday muzlatishgan. To’gri! Muz bilan, uni bo’lsa mahsus arralovchilar kesib olishgan – bu kasb qanday mashhur bo’lsa, shunday havfli ham edi.
Ishchilar uchun o’qib beruvchi
Zavoddagi ishchilar uxlab qolmasligi uchun va bir maromdagi ishi paytida jarohat olmasligi uchun, ularni quloqlariga maxsus o’qib beruvchi o’qib bergan. Bu kasb radio chiqqanidan keyin yo’qolib ketdi.
Uyg’otadigan odam
Hali zavod soatlari o’ylab topilmagan paytlarda o’zi uyg’ona olmagan yoki soat bongidan turolmaganlar uchun maxsus uyg’otadigan-odamlarni yonlashgan. Ular uzun yog’och bilan qurollangan edi, xonadonlarning oynalarini taqillatib, odamlarni uyqudan uyg’otardilar.
Сообщения из Facebook