Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar
1997 yilda ekran yuzini ko’rgan Titanik filmi 11 ta Oskarni oldi va 12 yil davomida kino tarixidagi eng kassabop film unvonini egalladi. Dunyoga esa yosh aktyor Leonardo Di Kaprioni tanitdi. Titanik filmi haqida qancha gapirsak shuncha kam. Agar bu filmdagi kadrlar qanday suratga olinganligi bilan qiziqsangiz, bizning maqoladagi fotosuratlarga qarang, ular bir nechta sirlarni ochib beradi.

Ajablanarli darajada katta kema

"Titanik" deyarli kompyuter grafikasidan foydalanmasdan suratga olingan. "Cho’kish" sahnasi  haqiqiy kema modellari yordamida suratga olingan. Shunchaki hammasi tabiiy mashtabda olinmagan halos. Ba'zi sahnalarda ular juda kichik qayiqdan foydalanishgan, o'lchamini esa fotosuratdagi odamlar bilan taqqoslasangiz bo’ladi.

Kaskadyorlarning mashaqqatli mehnati

Filmdagi eng qiyin saxna kemaning singan qismi vertikal holatda ko’tarilgan voqea edi. Buni esa faqat pavilonda suratga olish mumkin edi.

Ba'zi joylarda manekenlar ham ishlatilgan. Oldindan tayyorlangan kaskadyorlarga ham bu ijro oson bo’lmagan. Keyinchalik film yaratuvchilarining ta'kidlashicha, kamida uch kishi ushbu sahnani suratga olish paytida yiqilib tushgan.

Filmni suratga olish aktyorlarni biroz charchatdi, shuning uchun ular dam olishga qarshi emasdilar. Hattoki liftning manzarasida ham.

Ammo raqsga vaqt kelganda, hatto rejissor kadr ichiga kirib ketadi.

Kameron suratga olish jarayonini sinchkovlik bilan nazorat qilgani uchun u tez-tez kadrga kiradi. Bu yerda unga raqsga tushayotgan aktyorlardan ham qiziqarlidek tuyuldi.

Mana buni drama desa bo’ladi!

Filmda bu manzara juda dramatik ko'rinadi - Jek balandlikdan yiqilib tushayotgan Roseni paluba tomon tortadi. Biroq, suratga olish jarayonida hamma narsa unchalik ham dahshatli ko'rinmadi. Yiqilish masofasi baland emas edi va agar biror narsa noto'g'ri ketsa, aktrisa Kate Uinsletni ushlashga tayyor bo'lgan yordamchini (zerikib ketgan) ko’rishingiz mumkin.

Kameron ushbu sahnani shaxsan o’zi yaratdi. Qo'llarning burchagiyu, qahramonlarning boshini burilganini deyarli millimetrgacha o’zi saxnalashtirdi.

Tizza chuqurligidagi dengiz

Tizza emaskuya beldan keluvchi dengiz, shundaymi? Biroq chuqur ko’rinishni bera olgan. Filmning so'nggi sahnalari, Rose va Jek suvga tushib qolishganida, ular bir metrga yaqin chuqurlikdagi suratga tushishdi.

Kameron taxsinga sazovor rejissor, boisi u suvda qahramonlari bilan tengma teng mehnat qildi. To'g'ri, ulardan farqli o'laroq, u odatda suv o'tkazmaydigan shim va etiklarda (issiqroq kiyingan) edi.

Jamoadagi  hamma ho'l edi, hatto pardoz ustalari ham. Ba'zan qahramonlarning grimini suvda tuzatishga majbur bo'ldilar.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations