"Eski" Gollivudning eng chiroyli aktrisalari
"Eski" Gollivudning eng chiroyli aktrisalari
Go‘zal, iqtidorli va yorqin fe’l-atvorga ega bo‘lgan ushbu aktrisalar o‘z davrida Gollivudning afsonalariga aylanishgan. Insonlarning bir guruhi ularga muxlislik qilsa, yana bir guruhi ularning yurish-turishiyu gap-so‘zidan ibrat olgan. Ular o‘z davrining moda timsollari bo‘lishgan, zamonaviy qizlar tasavvurini sanoqli daqiqalar ichida o‘zgartira bilganlar. Biz esa ushbu maqola orqali Gollivudning "Oltin asri"da ijod qilgan eng go‘zal aktrisalarni yodga olamiz.

Greys Kelli

BetakrorGreys Kellining faoliyati atigi 4 yil - 1952 yildan 1956 yilga qadar davom etdi. Aktrisaning nomzodi ushbu davr  ichida ikki nominatsiya bo‘yicha "Oskar" mukofotiga qo‘yildi,"Qishloqi qiz" filmi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi ham.

Bundantashqari afsonaviy Alferd Xichkokning 3 ta filmida suratga  tushdi. Ammo Greys muhabbati uchun aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Monakoning buyuk knyazi Rene III rafiqasining filmlarda suratga tushishiga qattiq qarshilik qilardi. Oqibatda Kelli 1956 yilio‘z ijodiy faoliyatining yakunlanganini rasmiy ravishda e’lon qildi. Aktrisa 52 yoshda avtomobil halokati sababli olamdan o‘tdi. Greys Kelli va knyaz 3 nafar farzand ko‘rdilar. ularga Karolina Margarita Luiza, Albert II (Monakoning aynipaytdagi knyazi) hamda Stefaniya Mariya Yelizaveta deya ism berishdi. 2014 yilda ekranlarga chiqqan va bosh rolni Nikol Kidman ijro qilgan "Monako malikasi" filmi oliynasab oila vakillariga ma’qul kelmadi. Ular ijobiy guruhni aktrisaga nisbatan bo‘lgan munosabatni bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblaganlar.

Natali Vud

Ushbu aktrisani o‘z vaqtida "Gollivud qirolichasi" deya atardilar. Rus muhojirlari oilasida tavallud topgan qiz o‘zini ushbu millat qizi deb bilardi.Uning aktyorlik karyerasi 4 yoshlik paytlarida boshlandi. Tez orada Natali mashhur bolakay aktyorlarning biriga aylandi. Aktrisa faoliyati davomida 60 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Ulardan eng mashhurlari "Ertaga -hamisha", "34-ko‘chadagi mo‘’jiza", "Qirol nari boradi", "Katta poyga", "Meteor" filmlari bo‘lgan.

Ammo 1981 yilning 29 noyabr kechasi kutilmagan halokat yuz berdi. Natali Vud noaniq sabablarga ko‘ra Santa-Katalina oroli atrofida, yaxtada suzib yurgan payti cho‘kib vafot etdi. Tekshirish ishlari hamon davom etadi, aktrisaning  o‘limini tasodif emas, uyushtirilgan qotillik deya hisoblaydigan insonlar esa hodisadagi yagona gumondor shaxs Natalining eri Robert Vagner ekanligini aytadilar. Ularning so‘zlariga qaraganda, Robert rafiqasining o‘limi orqali 30 million dollar miqdoridagi boylikni qo‘lga kiritish maqsadida bo‘lgan.

Lana Tyorner

Lana "eski" Gollivudning eng ta’sirchan, betakror va nafis aktrisasi edi. U kino sohasiga omad, farishtalarga hos ko‘rinishi va chiroyli qomati sababli kelib qolgan. Betakror go‘zallik unga nafaqat muvaffaqiyat, balki son-sanoqsiz oshiqlar muhabbatini ham olib keldi. Aytishlaricha, aktrisa 7 marta oila qurgan. Faoliyati davomida 50 dan ortiq filmlarda rollar ijro qilgan va ulardan eng asosiylari "Muhabbat Endi Xardini topadi", "Boyvochcha va bechora", "Seni qayerdandir topaman", "3 mushketyor","Quvnoq beva", "Jodugarning damlamasi" kabi asarlar bo‘lgan. Lana 75 yoshlik paytlarida o‘zining Los-Anjelesdagi uyida saraton kasalligi sabab olamdan o‘tgan.

Uning  iqtidori va Gollivud kino san’atiga qo‘shgan hissasi sabab yulduz nomini Gollivudning "Shuhrat alleyasi" ga muhrlab qo‘yganlar. 

Viven Li

Viven Li haqida so‘z boshlar ekanmiz, beihtiyor ko‘z oldingizda shaddod Skarlett O’Xara obrazi gavdalangan bo‘lsa kerak. Aktrisa "Shamollarda qolgan hislarim" asarining ekranlashtirilgan variantida bosh rolni ijro qilgan. Orson Uells kunlarning birida aktrisa haqida uning asr davomida bir marta dunyoga keladigan va butun dunyo nigohini o‘ziga rom qiladigan ayollardan ekanligini aytgan edi. Ammo aktrisa go‘zalligi bilan bir qatorda murakkab fe’l-atvori va tushkunlikka moyil ekanligi bilan ham ko‘pchilikka tanilgan. U barcha rejissyorlarning orzusi edi, shunga qaramasdan aktrisa faoliyati davomida atigi 21 ta filmda rol ijro qildi holos. Ular orasida "Shamollarda qolgan hislarim", "Anna Karenina", "Istak tramvayi","Gamilton xonim" kabi asarlarni alohida ta’kidlash darkor. Viven Li53 yoshda sil kasalligi sabab olamdan o‘tdi.

Odri Xepbyorn

O‘z vaqtida Odri Gollivudning eng talabgir, zamonaviy, chiroyli va yorqin yulduzi bo‘lgan. Uni Amerika kino san’atining butun tarixi davomidagi eng yaxshi aktrisa deb ham atashadi, Odrining oshiqlari esa sanoq bilmasdi.  Aktrisa o‘qimishli inson bo‘lib, olti tilni bilgan va adabiyot shaydosi bo‘lgan. U ijodiy faoliyati davomida 32 ta filmda rol ijro qildi. Ularning eng mashhurlari esa "Rim ta’tillari","Sharada", "Tiffani uyida nonushta", "Mening sohibjamol xonimim", "Urush va tinchlik" kabilar bo‘lgan. Odri Xepbyorn 63 yoshida yaqin insonlari davrasida ichak saratonidan vafot etgan.

Merilin Monro

O‘tgan asr Gollivudining eng go‘zal aktrisalari haqida so‘zlay turib, Merilin Monroni yoddan chiqarish mumkin emas, albatta. U dunyoning eng badavlat va nufuzli erkaklarini hushdan ayirgan, o‘z davrining moda timsolida aylangan, shoirlar she’rlariga asosiy mavzu ham bo‘lgan.

Monroning shuhrati bugungi kunga qadar yetib kelgani ham inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat. Aktrisaning bolalik yillari juda og‘ir kechgan, ammo bu uni hayotda kuchli inson bo‘lishga o‘rgatdi. Aktrisa ijodiy faolyati davomida 28 ta filmda suratga tushdi. Misol uchun birgina "Jazda faqat qizlar" filmi o‘z davrining eng mashhur asari va aktyorlik mahoratining ajoyib namunalaridan biriga aylanib qoldi. Afsuski, aktrisa 36 yoshli paytida olamni tark etdi. Uni Los-Anjelesdagi uyidan jonsiz holatda topdilar. O‘lim sababi sifatida esa miqdoridan ko‘proq ichilgan uyqu dorisi qayd etildi. 

Ava Gardner

 

40-50-yillar Gollivudining eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lmish Avani sohibjamol ilohaga qiyoslardilar. Ava nochor sharoitda hayot kechirar edi, 16 yoshga kirgan paytlarida esa mustaqil hayot boshlash uchun ota-onasidan alohida yashashni boshlaydi. Avvaliga ijobiy faoliyat borasida uning omadi yurishmadi, bir muddat ikkinchi darajali rollardan nariga o‘tolmadi ham. Robert Siodmakning "Qotillar" filmi suratga olinganidan keyin Ava olamshumul shuhratga erisha oldi. Aktrisa faoliyati davomida 49 ta filmda rollar ijro etdi, ulardan eng mashhuri "Ko‘k qush" filmidagi Yorug‘lik obrazi bo‘ldi.

Aktrisa umrining oxirgi yillarini London shahrida o‘tkazdi va 64 yoshida pnevmoniya sabab olamdan o‘tdi. 

Marlen Ditrix

Betakror aktrisa, ko‘pchilikning orzusiga aylangan sohibjamol, dunyoga nafaqat rollari, balki qo‘shiqlari bilan ham tanilgan ijodkor Marlen Ditrix hayotlik paytlaridayoq tirik afsonaga aylanibbo‘lgandi. U kino, moda va go‘zallik sohasiga katta ta’sir ko‘rsata oldi. Marlen bir vaqtning o‘zida ham kuchli, ham ojiz ayol qiyofasida ko‘rinish bera olardi. Bu esa aktrisaga yanada kuchli joziba bag‘ishlagan.

Marlen butun umri davomida faqatgina bir insonni - prodyuser Rudolf Ziberni sevdi. Umrining oxirgi yillarini esa shon-shuhratdan yiroqda, Parijdagi uyida o‘tkazdi va 90 yoshida vafot etdi. Uni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun  minglab insonlar tashrif buyurdilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook