Top-15: Dubayning yashirin boyliklari
Top-15: Dubayning yashirin boyliklari
Dubay har bir sayohatchi tashrif buyurishi kerak bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida bosh o’rinlarni egallaydi. Bu bolalaning ham, kattalarning ham dam olish va ko’ngil ochish joyi bo’lib, u kundan kunga yanada hayratlanarli bo’lib bormoqda.

8. "Olmos" (Almaz by Momo) (kalyan)

8. "Olmos" (Almaz by Momo) (kalyan)
Siz biror vaqt chilim tutunini so’rish xohishini qattiq his qilganmisiz? Agar sizda haqiqiy arab mashg’uloti bilan shug’ullanish imkoniyati berilgan bo’lsa, unda kalyanni maslahat beramiz. Ayniqsa, juda nufuzli “Olmos” restoranida. Bu restorandagi san’at va arab musiqasi har bir kalyan (bu mamlakatda “shisha” deb atashadi) havaskori uchun bu joyga tashrif buyurishini zarur vazifa qilib qo’yadi. Siz, hatto oddiy sigareta chekuvchisi bo’lmasangiz ham, kalyandan ozgina chekib ko’rish – bu chindan yoqimli tajriba. Bu ajoyib hidli tamaki oson va yoqimli chekiladi, buning ustiga, u mahalliy sharoitda tayyorlanadi. Restoran bezatilishi sizni “Mall of the Emirates” savdo markazi ichida o’tirganingizni unutishga undaydi, va bu uni xaridlar orasidagi tanaffus uchun ajoyib makonga aylantiradi. Shoping vaqtida gazaklar va alkogolsiz ichimliklardan rohatlaning!

7. "Murabbo shishasi" (The Jam Jar)

7. "Murabbo shishasi" (The Jam Jar)
Ba’zan chet elda sayohat qilayotib, biz g’arbiy shahar hayotining qulayligini izdan qochiramiz – organik mahsulotlar, zamonaviy brendlar va muqobil hayot tarsi kabi qulayliklarni. The Jam Jar – bu “o’zing bajar” kabi loyihalarni va ta’lim tashabbuslarini qo’llab-quvvatlovchi san’at bo’shlig’i jamiyatidir. Bundanda yaxshiroq va muqobilroq narsa bormi o’zi? San’at galereyasi 10 yildan ortiq ishlab kelmoqda, va eng qulay sharoitda tasviriy san’at, musiqa, teatr, filmlar va boshqa ko’pgina narsalarni namoyish etmoqda. Bu yerda molbertlar, bo’yoqlar, san’at materiallari, hamda ajoyib qahva mavjud. Bu yerdagi har bir buyum uni oilaviy o’tirishlar yoki birinchi uchrashuv uchun ideal joyga aylantirmoqda. Pikasso bo’lmasangiz, xavotir olmang! Aslida kam kishi bu kabi asl mahoratga ega! Narxlar 110 dirxam (30 $ga yaqin) dan boshlanadi, loyihalar esa rassom-havaskorlar uchun ideal hisoblanadi. Ularni Alzerkal Avenyu (Alserkal Avenue) da izlang!

6. Si Mondo (C. mondo)

6. Si Mondo (C. mondo)
Har bir insonga ‘baxtli soat” yoqadi, shunday emasmi? Soat 11 kechgacha davom etadigan “baxtli soat” g anima deysiz? Hark um! C. Mondo – bu eski do’stlar bilan uchrashish yoki sevimli sport komandangiz o’yinini sokin joyda o’tirib tomosha qilishingiz uchun betakror joy hisoblanadigan, Centro Barsha mehmonxonasida joylashgan kichik va shinam laundj-bardir. “Kosmopoliten”, “Moxito” yoki “Pina kolada” kokteylini iching va dam oling! Uchratgan odamlarinigiz bilan birga yana oz vaqtni o’tkazmoqchimisiz? Yangi hamkasblar bilan uchrashmoqchimisiz? C. mondo meyusidan biror narsa buyurtma qiling, ular narxi yevroda ko’rsatilgan. Qulay tamaddi uzoq sayohatda talabgorlari ko’p Tovar bo’lishi mumkin!

5. VOX ochiq osmon ostidagi kinoteatr, "Galereya" tom usti

5. VOX ochiq osmon ostidagi kinoteatr, "Galereya" tom usti
Katta ekranda ajoyib film tomosha qilishdan avzalroq bo’ladigan yagona narsa – bu filmni yulduzlar ostida tom ustida tomosha qilish, shunday emasmi? VOX kinoteatri “Galleria Mall” savdo majmuasi ustida joylashtirilgan va u yerda haftasida 7 kun ikkita film namoyish qilinadi. Kirish narxi 150 dirxam (40$ ga yaqin), bu narx ichiga shinam adyol va gazakli savat bilan ta’minlash kiradi! U yerda sizga film namoyish qilish paytida italyan taomlari va pishiriqlaridan beriladi, agar namoyish vaqtida yomg’ir yog’ib qolsa, pulni sizga qaytarishadi. O’z sevgilingizga suyanib, yulduzlardan bahra olish uchun qanday ajoyib joy! U yerga borishdan oldin, ularning saytiga kiring, chunki kinoteatr eng jazirama yoz kunlarida yopiq bo’ladi, ammo kuzda yana ochiladi.

4. Bastakiya tumani (Bastakiya) (Eski Dubay)

4. Bastakiya tumani (Bastakiya) (Eski Dubay)
Eski Dubaydagi ushbu kichkina burchak eronlik marvarid va to’qimachilik buyumlari sotuvchilari sababli barpo qilingan. Bu yerlardagi piyoda sayrlar vaqt oralig’idagi sayohatga o’xshab ketadi, va u bizni XIX asrning oxirlariga olib boradi. Ko’chalar bo’ylab san’at galereyalari, kafelar, kichik mehmonxonalar va souvenir do’konlari joylashgan. Bu eron madaniyati merosi haqida amirlik maydonini tark etmasdan, bilib olish uchun so’zsiz juda yaxshi imkoniyat. Haykalchalar, zargarlik predmetlari va qo’lda qilingan predmetlarga boy mahalliy do’konlarga kirib o’ting. Agar yurishdan charchagan bo’lsangiz, o’zingizni xumus, aralash kebab va bir piyola eron choyi bilan erkalating. Bu so’zsiz ochlik hissidan sizni xalos etadi!

3. BiCE panorama bari (BiCE Sky Bar)

3. BiCE panorama bari (BiCE Sky Bar)
Bu bar Hilton Hotel mehmonxonasining 10 qavatida joylashgan bo’lib, butun Dubay shahriga juda go’zal ko’rinishni sizga tuhfa etadi. Bu osmono’par binolar fonida quyosh botishini tomosha qilish uchun eng zo’r joydir. Mehmonlarga rohat baxsh etishga barcha diqqatini bergan bar BiCE vino, kokteyl, cho’chqa go’shtidan tayyorlangan italyan taomlari va romantik uchrashuvlar uchun alohida ajratilgan sokin burchaklardan iborat katta menyusini taklif qiladi. Umumiy fikrlar bo’yicha joy ancha qimmatroq, ammo o’zingizni biror antiqa narsa bilan erkalatmoqchi bo’lsangiz, bu yerga tashrif buyursangiz bo’laveradi.

2. "Qora qasr" plyaji (Black Palace Beach)

2. "Qora qasr" plyaji (Black Palace Beach)
Bu qirg’oqdagi kichik qatorni toppish ozgina qiyinroq, ammo harakatlar bunga arziydi. Al-Sufux (Al Sufouh St) ko’chasi bo’ylab joylashgan bu kichik boylik sun’iy orol Palma Djumeyra (Palm Jumeirah) va Burdj-el-Arab (Burj Al Arab) mehmonxonasiga maftunkor ko’rinishni ochib beradi. Bu jamoaviy va kirishi bepul bo’lgan plyaj, kuni bo’yi o’z zagaringiz ustida ishlash uchun ajoyib joy hisoblanadi. O’zingiz bilan fotoapparat oling! Bu plyaj haqida hamma ham bilmaydi, shuning uchun siz bir qancha odamlar to’dasi oralab o’tishingizga to’g’ri kelmaydi, va siz o’z instagramiz uchun bir nechta betakror fotosuratlarni olishingiz mumkin bo’ladi. Ajoyib firuza rangli suv oq qum bilan birgalikda – har bir fotosuratchi uchun eng sevimli fonlardan biridir! Aytgancha, bu yerda hech qanday qulayliklar yaratilmagan, shu uchun, yuvinish kabinasi va tualet masalasini o’zingiz mustaqil hal qilishingizga to’g’ri keladi! Namozshomda bu yerda kichik piknik tayyorlang va jozibador quyosh botishidan bahra oling!

1. Bar Al-Mushrif (Al Mushrif Bar)

1. Bar Al-Mushrif (Al Mushrif Bar)
Raqqosalar raqsidan bahra olish hissi sizni tark etmayaptimi? Al-Mushrifga tashrif buyuring, bu Livanlik qo’shiqchilar, qorin raqsi ijrochi qizlari va jonli orkestrni eshitib, musiqa ritmini oyog’ingiz bilan ertalabgacha silkiting! Bar St.George Hotel mehmonxonasining 10 qavatida joylashgan va kechki bayramdan oldin bir juft bokal yoki uyquga ketishdan oldin bir stakan spirtli ichimlik ichish uchun ajoyib joy hisoblanadi. Bu yerda tushlik qilishni rejalashtirmang, chunki menyu ancha chegaralangan – bu tanaffus qilib olish va gazaklardan tatib olish uchun joy. Butun dunyodan keladigan guruhlar namoyishlarini kuzating, kokteyldan bahra oling. Qorin raqsi san’atidan rohatlaning va bu qizlarning hayajonlantiradigan harakatlariga baho bering!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook