Dubay har bir sayohatchi tashrif buyurishi kerak bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida bosh o’rinlarni egallaydi. Bu bolalaning ham, kattalarning ham dam olish va ko’ngil ochish joyi bo’lib, u kundan kunga yanada hayratlanarli bo’lib bormoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarining turistik markazi bo’lib turib, Dubay turistik yo’nalish tasvirini faqatgina boylar va mashhurlarga tarqalishi uchun astoydil harakat qilmoqda.
Bugungi kunda Dubay barcha turdagi madaniyat, millat va ijtimoiy manfaatga mansub odamlar uchun ochiq. Bu zamonaviy yutuqlarga erishgan qurilish konstruksiyalari va Eski shaharninh mantunkorligi, kosmetik yaratmali tabiat go’zalligini, hamda Sharq va G’arbni o’zida mujassamlashtirgan buyuk megapolis hisoblanadi.
Ushbu tantanali shahar haqida ma’lumot topish qiyin emas, lekin bunda asosiy restoranlar va 70 dan ortiq megamollardan charchab qolish juda oson.Haftaning xohlagan kunida bu yerda o’z didingizga mos narsa topishingiz mumkin: parashutda uzoq masofadan sakrash, lijada uchish, syorfing, gonka, qimor, taom, ichimlik, raqs, klublar. Miyangizga nimaiki kelmasa, hammasi Dubayda bor!
Bu yerda bir necha yilga yoki o’tib ketayotib, bir necha soatga kelsangiz ham, siz aniq iloji boricha ko’proq joylarga sayr qilgingiz keladi. Lekin bu kabi ulkan tanlov bilan osongina ancha vaqt, kuch va pulni yo’qotish mumkin!
Xavotirlanmang! Ushbu ro’yxat sizni eng yaxshi joylar bilan tanishtiradi va sayohatingizni esda qolarli qiladi. Sizning iloji boricha arab muhitiga sho’ng’ib ketishingiz uchun, bu yerda, Dubay o'z ichida yashirib kelguvchi15 ta eng chiroyli, hayratlanarli va ekzotik qiymatli narsa va joylarni taqdim etamiz!
15. Burdj-park (Burj Park)
Dunyodagi eng baland bino – Burdj-Xalifa ostida joylashgan Burdj-park tushlikdan keyingi, chiroyli bog’lar ichra sayr qilish uchun ideal joy hisoblanadi. Yxshigina piknik uchun lanchni o’rab olib chiqing yoki arab she’riyati kitobi bilan yolg’iz qoling. Agar sekin sayr qilish sizbop bo’lmasa, unda parkga kirish oldida o’zingiz uchun ijaraga velosiped oling.
Tushlikdan so’nggi park bo’ylab sayr qilayotganda, tungi yoritkichlar bilan bezatilgan Dubay Favvorasini (Dubai Fountain) ko’rganingizda, ko’ngliz so’zsiz to’ladi! Park Dubayning eng markazida joylashgan va unga kun bo’yi bepul kirish mumkin.
Uy hayvonlari bilan Burdj-parkka kirishga qo’yishmaydi, ammo uning o’zida turli xildagi ajoyib qushlar bor va siz ular bilan rasmga tushishingiz mumkin. Agar omadingiz chopsa, va siz u yerda vaqtida kelib qolsangiz, konsertda, ochiq moda ko’rsatuvida, eksklyuziv gala-kechki ovqatda ishtirok etishingiz mumkin bo’ladi.
14. Dubay Eskibozori (Dubai Flea Market)
Agar siz haligacha Dubay Eskibozoriga kelmagan bo’lsangiz, bu, balkim, siz uchun kunduzgi vaqtni o’tkazish uchun eng zo’r joy bolishi mumkin. Siz bu yerda qanday boylikni topishingizni hech ham oldindan bila olmaysiz! Bu yerda hamma narsani sotib olish mumkin – kiyim va mebeldan to’qimachilik, kulolchilik va antikvariant mollarigacha. Kim sayohatdan suvenir tariqasida haqiqiy arab antikvariantini olib kelishni istamaydi deysiz?
Bozor faqatgina ikkinchi qo’l buyumlari va qo’lda yasalgan buyumlar bilan savdo qiluvchi bir qator sotuvchilardan iborat. Odatda u juma va shanba kunlari soat 13 dan 17 gacha ishlaydi, kirish bepul yoki minimal to’lov orqali amalga oshiriladi (5 dirxamga yaqin (≈ $1,36)).
U yerga borishdan oldin, rasmiy veb-saytga kirishingiz lozim, chunki bu bozor shaharning turli burchaklari bo’ylab ko’chib turadi. U yerda mahalliy Dubay fuqarolarini uchratsangiz yaxshi bo’lar edi, ularga Dubay tarixi haqida savollar berib, amirlik boy madaniyati haqida ma’lumot olardingiz. Bundan tashqari, u yerda haqiqatdan ham yaxshi narsalar topishingizga amin bo’lavering!
Agar u erga borish oldin bozor shahar bo'ylab turli joylarda harakat, chunki, siz, rasmiy veb-sayti uchun borish kerak. Bu, aholi uni kutib ularga Dubay tarixi haqida savol so'rash va Amirligi boy madaniyati haqida bir narsa o'rganish uchun, yaxshi bo'lar edi. Bundan tashqari, siz u erda topish, albatta, yaxshi narsa emas olaman amin bo'lishingiz mumkin!
13. "Sheykizm" (Shakeism) (sutli kokteyllar)
Qanday qilib, “Inqilob Ta’mi”, “Sheykizm” (Shakeism) nomli shior oldidan e’tiborsizlik bilan o’tish mumkin – bu demokratik erkinlikka tashnaligi bor “Mall of the Emirates” savdo markazi oldda joylashgan, sutli kokteyllar sotiladigan joy. Bu BAA da yangi asr madaniyatining rivojlanishiga nazar solish uchun va, balkim, bar ishchilaridan biri bilan siyosiy suhbatlarda ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Kokteyllar arzon va juda mazali! “Xalq dushmani” (Public Enemy) (shokolad, caramel. Espresso) ni, yoki “Metal qobiq” (Full Metal Jacket) (banan, Nutella, Ferrero Rocher) ni ta’tib ko’rishni maslahat beramiz. Bularga qo’shimcha qilib, qovurilgan pishloq yoki vaflyani to’liq lanch uchun buyurtma berishingiz mumkin. Agar sutli kokteyllar – sizning uslubingiz bo’lmasa, ularning o’rniga siz doimo yogosheyklarni yoki smuzi buyurtma qilishingiz mumkin. Ba'zan foydasi ko'proq narsa, eng yaxshi tanlov bo’ladi!
12. Ripe tungi bozori (Ripe Night Market)
Kunduzdan keyin har shanba junlari, soat 15 dan 21 gacha, Al-Barsha Pond Parki (Al Barsha Pond Park) tungi bozor shaklidagi ko’chadagi bayramga aylanadi. Ripe – bu Abu-Dabi va Dubay fuqarolari orasida tarqaladigan, mahalliy, yangi va ekologik toza mahsulotlarni yetishtiradigan tashkilotdir. Bu sharqiy va g’arbiy qadriyatlarni namoyon qiluvchi va taomlarning asl mohoyatini ko’rsatuvchi ajoyib bayramdir.
Bu yerda har bir kishi ovqat tanavvul qilishi shart va zarur! Ripe – bu o’zini, hatto shahar cho’lida bo’lsa ham, sog’lom ovqatlanishni rivojlantirishga fido etgan xalqaro hamkasblarning kichik guruhidir. Shanba kunlari ushbu guruh filmlar namoyish qilish, mahalliy artistlar va qo’shiqchilarning sahnaga chiqishi, hunarmandchilik san’ati bo’yicha fitness-mashg’ulotlar va bolalar mashg’ulotlarini o’tkazish orqali o’z fikrini bildirmoqda, va bularning bari yorqin porlab turgan nurlardan iborat simlar ostida tashkil qilinadi.
O’z do’stlaringizni meva va sabzavotlar, qo’lda bajarilgan zargarlik buyumlari, yorqin yoritgichlar va siz ko’rgan barcha quyosh botishlaridan eng chiroylisini ko’rish uchun ushbu tungi bayramga taklif qiling!
11. "Qirol" Klubi (Czar Club)
Ba’zan orqa o’rindiqda yaxshigina o’tirib olib, shaharning tunda gullab yashnaydigan poytaxtidagi boylik va isrofgarchiligidan bahra olsa bo'ladi. Russ “Qirol” tungi klubi – erkaklar dam olishi uchun ideal joydir, ayniqsa, siz birovning tug’ilgan kuni yoki shunchaki o’tirishga borishdan oldin Dubayda to’xtab qolgan bo’lgan paytda. Bu yerdagi ichimliklar mazali, chiroqlar yorqin, gou-gou raqqosalari esa shunchaki noyob!
Har tun bu yerda turli badiiy iste’dodlar: didjeylar, qo’shiqchilar, guruhlar, o’yinchilar o’z mahoratlarini ko’rsatishadi. Capitol Hotel mehmonxonasining birinchi qavatida joylashgan bumklub soat 3 tunda ochiladi, va har tuni tashrif buyuruvchilarga butun dunyo bo’ylab terilgan jonli musiqani taklif qiladi. Siz rus emasmisiz? Xavotirlanmang! Bu bar vaqtini yaxshi o’tkazmoqchi bo’lgan barcha odamlar uchun ochiq. Siz o’zingizni qandaydir maxsus narsa bilan erkalatmoqchi bo’lsangiz, aynan shu yerga kelishingiz lozim!
10. Qahva muzeyi
Barchamiz o’z sayohatlarimizdan iloji boricha rohatlanishimiz keladi, ammo hech nimani ortda qoldirmasligimiz ilinjida osongina charchab qolish mumkin. Bir chashka kofe ichishdan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Bu qahva muzeyi Dubayning ajoyib tarixiy tumani - Al-Faxidi (Al-Fahidi) da joylashgan, va espresso ichish uchun va boshlig’ingiz uchun ajoyib sovg’a sotib olishingiz uchun yaxshi joy.
Muzey ikki qavatda joylashgan: birinchi qavatida turli mamlakatlardagi qahva qovurib olish usullari haqida gapirib berishadi, ikkinchi qavatida esa – kitoblar va shinamgina kafe. Bu joy qahvani yaxshi ko’ruvchilar, va o’zining ertalabki muntazamligiga ozgina ziravorlarni qo’shmoqchi bo’lganlar uchun juda mos keladi. Dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan bir nechta ekzotik kofemolkalarga bir nazar tashlang!
9. Al-Gantut Bich qirg’og’i (Al Ghantoot Beach)
Mahalliy fuqarolar shovqinga shikoyat qilishlaridan va bayram qilishni bekor qilishlaridan oldin, Al-Gantut qirg’og’i jonli va o’yinqaroq bo’lgan va butun yer sharidan kelgan, kechki bayramlar havaskorlarini yiqqan qirg’oq edi. Dubay va Abu-Dabi chegarasi orasida joylashgan bu jannatning bir bo’lakchasi tushlikdan so’nggi dam olish uchun eng sokin joy bo’lib, bu yerda siz quyoshda tovlanib, bir qancha kilokaloriyalarni yo’qotishingiz mumkin.
Bir kunlik uncha qimmat bo’lmagan abonement olib, siz plyajga ruxsatnoma olishingiz mumkin, va agar siz o’zingiz bilan biror yegulik olmagan bo’lsangiz, unda bu yerda hot-dog yoki gamburger olib yeyishingiz mumkin. Shu bilan birga bu yerda verkbording va suv chang’ilari bo’yicha, alohida to’lovni amalga oshirgan shart bilan taqdim etilishi mumkin.
U yerda turishingizni juda boshqacha qilmoqchi bo’lsangiz, u yerda tunashingiz va kelasi kunda nonushta buyurtma qilishingiz mumkin. Yaxshilab uxlab oling hamda shovqinli va jo’shqin shahar hayotiga qayting!
Сообщения из Facebook