просмотров
16. Harakatlanuvchi to’lqinlar
Bu psixodelik surat – miyamiz uchun haqiqiy topishmoq. Perifirik ko’rishimizga har doim chetda nimadir harakatlanayotgandek tuyulaveradi. Qanchalik harakat qilmang to’lqinlar qarab turgan nuqtangiz atrofida harakatlanayotgandek bo’laveradi.
15. Kulrang chiziq
Menimcha sizga markazdagi kulrang chiziq, o’z rangini bir boshidan boshqa boshigacha o’zgartirayotgandek tuyiladi. Aslida esa, markazdagi chiziq bir rangda, buni osongiga 2 ta oq qog’oz yordamida tekshirib ko’rsangiz bo’ladi. Suratning tepa va pastki qismini qo’g’oz bilan yoping va gap nimadaligni tushunasiz. Rasmda yagona o’zgaradigan narsa bu fon rangidir.
14. Qora soyalar
G’aroyib rasm! Bunday suratdan ko’zlaringiz og’rib qoladi, shuning uchun ekranga uzoq qarab turmang.
13. To’lqinlanadigan naqsh
Rasm sirtida shabada esayotganga o’xshab ko’rinadi… Lekin bu gif formatidagi rasm emas. Tog’ri bunga ishonish qiyin, bir nuqtadan boshqa nuqtaga nigohingizni ko’chirganingizda rasm harakatga keladi. Agar tog’ri markazga qarab tursangiz rasm sekin asta harakatdan to’xtaydi.
12. Uchburchaklar va chiziqlar
Yopishib qolgan uchburchakalar qatori qiyshiqday tuyiladi, xuddi ular diagonal shaklda joylashtirilgandek. Aslida esa, ular bir biriga parallel ravishda chizilgan.
11. Sigir
Ha, bu sigir. Uni ko’rish oson emas, bazida esa bunga biroz vaqt kerak. Lekin yaxshilab qarasangiz, siz bir necha dog’lar, chiziqlar va albatta, hayvonni ham ko’rasiz. Ko’rdingizmi?
10. Cho’kayotgan pol
Bir qaraganda suratda polning markazi cho’kib, nimadir bilan ichiga tortilib ketayorganga o’xshab tuyuladi. Aslida esa u bir xil o’lchamdagi, qator terilgan kvadratlardan iborat, va u hech qayerga cho’kayotgani yo’q. Cho’kish illyuziyasini surat markazida, kvadratlar chetiga chizilgan oq nuqtalar hosil qilmoqda.
9. Kampir yoki yosh qiz
Bu juda eski, deyarli klassikaga aylangan, optik illyuziya. Rasmni topish hammada har xil natija beradi. Kimdir chiroyli yanoqli yosh qizni ko’radi, kimningdir ko’ziga esa kampirning katta burni ko’rinadi. Lekin harakat qilsangiz, ularning ikkalasini ham ko’ra olasiz. O’xshadimi?
8. Qora nuqtalar
Bu optik illyuziyada, suratda har doim qora nuqtalar harakatlanayotganga o’xshab ko’rinaveradi. Rasmning bir qismidan nigohingiz boshqa qismiga ko’chganda, nuqtalar bazan paydo bo’ladi, bazan g’oyib bo’ladi. Bir vaqtning o’zida nechta nuqta ko’ra olasiz? Sanab olish juda qiyin!
7. Yashil pirpirak
Agar bu rasmga uzoq tikilib tursangiz, sizni xuddi pirpirak torib ketayotgandek tuyiladi. Biroq bu shunchaki tekis sirtli rasm, gif emas. Hammasi miyamizdagi optik illyuziyadan hosil bo’ladi. Yana.
Сообщения из Facebook