просмотров
6. Yana bir harakatlanuvchi aylanalar
E’tiboringizga yana bir ajoyib statik rasm namunasini havola etamiz. Shaklning murakkab ranglari va naqshlari tufayli, aylanalar harakatlanayotganga o’xshab tuyuladi. Aslida esa unday emas.
5. Poggendorf illyuziyasi
Qarshingizda nemis fizigi I. K. Poggendorf nomini olgan klassik optik illyuziya. Uning yechimi, qora chiziq joylashishida yotadi. Rasmning chap qismiga qaralsa, ko’k chiziq qora chiziqning davomiga o’xshaydi,suratning o’n tomoniga qaralganda esa, qora chiziqni aynan qizil chiziq davom ettirayotganini ko’rish mumkin.
4. Ko’k gullar
Yana bir gif bo’lib ko’rinadigan optik illyuziya. Agar rasmga uzoq tikilib tursangiz, gullar harakatlanishni boshlaydi.
3. Orbison illyuziyasi
20 asrning 30 yillarida amerikalik psixolog Orbinson tomonidan chizilgan, yana bir juda eski optik illyuziya. Markazdagi qizil romb – aslida mukammal kvadrat, lekin fondagi moviy chiziqlar tufayli, u biroz qayrilgan va rombga o’xshab ko’rinadi.
2. Ekrandan uzoqroq keting
Ekrandan qanchalik uzoqroq ketsangiz, suratdagi so’zlarni o’qishingiz shunchalik oson bo’ladi va unda bitta emas bir nechta so’zlar yozilganini ko’ra olasiz. Nimani ko’ryapsiz? Unda 3 qator bo’lishi kerak.
1.Sellner optik illyuziyasi
Oldingizda yana bir geometrik illyuziyalarning klassik turi. Unda uzun dioganal chiziqlar har xil tomonga qaratilganga o’xshaydi. Aslida esa ular bir biriga parallel, biroq chiziqqa ko’ndalang chizilgan chiziqlar miyamizni aldaydi. Astrofizik Sellner ushbu illyuziyani 1860 yilda chizib qoldirgan!
Сообщения из Facebook