Turli mamlakatlardagi eng be'mani qonunlar
Turli mamlakatlardagi eng be'mani qonunlar
"Rusga yaxshi bo'lgan narsa-nemis uchun o'lim" - bu so'zlarni hayotimizning turli sohalariga tegishli desak, mubolag'a bo'lmaydi. Hatto ba'zi hukumat qonunlarida oddiy bo'lgan zararsiz narsalarni ham ta'qiblab qo'yilgan. Ularning fikricha bular nafaqat ommaga balki davlatga ham zarar yetkazadi. Albatta, hukumat bu qonunlarning nimalarga tayanib o'rnatilganini tushuntirib o'tgan. Ammo bu uning naqadar be'mani va kulguli ekanligini inkor etmaydi.

1. "Yomg'ir huquqi" qonuni

1. "Yomg'ir huquqi" qonuni

Yomg'ir osmondan yog'adigan oddiy tabiat hoodisasi hisoblansa-da, ba'zi mahalliy va davlat organlariga bu yoqmasligi aniq. 2012-yilda Amerikaning Oregon shtati fuqarosi yomg'ir suvini o'z mulki (hovuzi) uchun to'plagani sababli 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Bundan ko'rinib turibdiki, Oregon shtatida hukumat yomg'ir huquqiga ega bo'lib, odamlar uni to'plashi va saqlashi uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi kerak. Boshqa shtatlarda yomg'ir suvini to'plovchi qurilmalardan foydalanish taqiqlangan. 

2. "Internet-kafe" qonuni

2. "Internet-kafe" qonuni

Floridada kafelarda har qanday kompyuterlar va smartfonlardan foydalanish man qilingan. Bu shtatda ilgarilari internet-kafelarda asosan o'yin avtomatlar zallari bo'lib, ularda odamlar oxirgi pullarini ishlatishgan. Bu ko'ngilochar o'yinlarning oldini olish maqsadida hukumat internet-kafelarni taqiqlovchi qonun chiqardi. Bundan tashqari kafelarda internetga ulanuvchi har qanday qurilmalardan foydalanish ham taqiqlangan.

3. "Lampalarga zarar yetkazish" qonuni

3. "Lampalarga zarar yetkazish" qonuni

Shtatlarda "mamlakatning mulki hisoblangan lampalarga zarar yetkazish" - federal jinoyat hisoblanadi. Qonunda aynan lampalar haqida so'z boradi. Boshqa narsa haqida emas.

4. "Chiqindi suvlarni okeanga to'kish" qonuni

4. "Chiqindi suvlarni okeanga to'kish" qonuni

Tozalanmagan chiqindi suvlarni okeanga to'kish mumkin emas, agar bunga ruxsat berilmagan bo'lsa. Aslida hukumatga pul to'lagunga qadar noqonuniy hisoblanadigan narsalar juda ko'p.  

5. "4 mushuk" qonuni

5. "4 mushuk" qonuni

Kanzasda mushuklarni xush ko'rishmasligi aniq. Shtatning ba'zi qismlarida bir oila uchun 4 tadan ko'p mushuk boqish taqiqlangan. 

6. "Mevali bog" qonuni

6. "Mevali bog" qonuni

Ba'zi shaharlarda hatto shaxsiy bog' yaratish ham mumkin emas. Aynan shunday holat Oklahoma shtati Talsa shahridagi ayol bilan sodir bo'ldi. 2012-yilda shahar hukumati uning bog'i (ayolning  shaxsiy mulki hisoblangan yerda joylashgan va hech kimga xalaqt bermaydi) uning ustidan shikoyat tushganligi sababli noqonuniy ekanini e'lon qilgan. Natijada ayolning asosiy ozuqa manbayi bo'lgan bu bog' tag-tugi bilan yo'q qilindi. Buning hammasi birgina qo'shnisining shikoyati bilan sodir bo'lgan.  

7. "Noqonuniy tug'ilganlar" qonuni

7.  "Noqonuniy tug'ilganlar" qonuni

Missisipida ikki yoki undan ortiq noqonuniy tug'ilgan bolalarning ota-onasi bo'lish taqiqlangan. Bu qonun 1940-yillarda chiqarilgan bo'lsa ham unga hech kim amal qilmaydi. Lekin u hali ham mavjud.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook