просмотров
1. "Yomg'ir huquqi" qonuni
Yomg'ir osmondan yog'adigan oddiy tabiat hoodisasi hisoblansa-da, ba'zi mahalliy va davlat organlariga bu yoqmasligi aniq. 2012-yilda Amerikaning Oregon shtati fuqarosi yomg'ir suvini o'z mulki (hovuzi) uchun to'plagani sababli 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Bundan ko'rinib turibdiki, Oregon shtatida hukumat yomg'ir huquqiga ega bo'lib, odamlar uni to'plashi va saqlashi uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi kerak. Boshqa shtatlarda yomg'ir suvini to'plovchi qurilmalardan foydalanish taqiqlangan.
2. "Internet-kafe" qonuni
Floridada kafelarda har qanday kompyuterlar va smartfonlardan foydalanish man qilingan. Bu shtatda ilgarilari internet-kafelarda asosan o'yin avtomatlar zallari bo'lib, ularda odamlar oxirgi pullarini ishlatishgan. Bu ko'ngilochar o'yinlarning oldini olish maqsadida hukumat internet-kafelarni taqiqlovchi qonun chiqardi. Bundan tashqari kafelarda internetga ulanuvchi har qanday qurilmalardan foydalanish ham taqiqlangan.
3. "Lampalarga zarar yetkazish" qonuni
Shtatlarda "mamlakatning mulki hisoblangan lampalarga zarar yetkazish" - federal jinoyat hisoblanadi. Qonunda aynan lampalar haqida so'z boradi. Boshqa narsa haqida emas.
4. "Chiqindi suvlarni okeanga to'kish" qonuni
Tozalanmagan chiqindi suvlarni okeanga to'kish mumkin emas, agar bunga ruxsat berilmagan bo'lsa. Aslida hukumatga pul to'lagunga qadar noqonuniy hisoblanadigan narsalar juda ko'p.
5. "4 mushuk" qonuni
Kanzasda mushuklarni xush ko'rishmasligi aniq. Shtatning ba'zi qismlarida bir oila uchun 4 tadan ko'p mushuk boqish taqiqlangan.
6. "Mevali bog" qonuni
Ba'zi shaharlarda hatto shaxsiy bog' yaratish ham mumkin emas. Aynan shunday holat Oklahoma shtati Talsa shahridagi ayol bilan sodir bo'ldi. 2012-yilda shahar hukumati uning bog'i (ayolning shaxsiy mulki hisoblangan yerda joylashgan va hech kimga xalaqt bermaydi) uning ustidan shikoyat tushganligi sababli noqonuniy ekanini e'lon qilgan. Natijada ayolning asosiy ozuqa manbayi bo'lgan bu bog' tag-tugi bilan yo'q qilindi. Buning hammasi birgina qo'shnisining shikoyati bilan sodir bo'lgan.
7. "Noqonuniy tug'ilganlar" qonuni
Missisipida ikki yoki undan ortiq noqonuniy tug'ilgan bolalarning ota-onasi bo'lish taqiqlangan. Bu qonun 1940-yillarda chiqarilgan bo'lsa ham unga hech kim amal qilmaydi. Lekin u hali ham mavjud.
Сообщения из Facebook