Dizaynerlar fikriga ko’ra, turli mamlakat va davlatlardagi kelajak uylari qanday ko’rinishga ega bo’ladi? Aslida, quyida keltirilgan uylar hayotda uchramaydigandek taassurot uyg’otsa ham har qanday insonning orzusidir. Agar ushbu maqola sizni qiziqtirib qo’ygan bo’lsa, uni o’qib, kelgusida qay bir mamlakatdan uy sotib olish haqida o’ylay boshlasangiz ham kerak.
Janubiy Koreya
Janubiy Koreya dizaynerlari mamlakatning har bir aholi vakiliga tuxum shaklidagi uylarni tavsiya etadilar.
Seul texnologiya universiteti mutaxassislari kichik derazalarga ega bo’lgan tuxum shaklidagi uylar yaratish ustida ish olib bormoqdalar. Mazkur bino ichi yashash hududi va minimalistik ko’rinishdagi interyerga ega bo’ladi. Loyiha “Yashash kapsulasi” deya nom olgan bo’lib, bu nom unga o’z yaratuvchilari tomonidan berilgan. Yashash kapsulasi ekologik nuqta’i nazardan toza xomashyolardan qurib bitkaziladi. Bundan tashqari bu turdagi uylarni boshqa joyga ko’chirib o’tish ham qulay.
Polsha
Polshalik arxitektorlar kelajak uylari uchun loyiha yaratishda avvalo uning xafsizlik jihatlarini hisobga olishmoqda. Bunday yashash binolari g’ildirak ustidagi uylardan iborat bo’lib, xavf tug’ilgan holatlarda boshqa joyga ko’chib o’tish imkonini beradi. Yana bir foydali jihati – uyda avtonom hayot faoliyati uchun kerakli va zaruriy barcha tizimlar, hattoki oranjereya va hayvonlar fermasigacha bor.
Ispaniya
Madrid hududidagi oliy arxitektura maktabi biтiruvchilaridan biri nafaqat ko’chib yuradigan uy, balki ko’chib юradigan shaharlar qurishni ham taklif qildi. Bu turdagi shaharlar vaqti-vaqti bilan boshqa joylarga ham ko’chib yura oladi va yaxshiroq sharoit izlashga moslangan. Odatdagi hayotni ta’minlash uchun barcha funksiyalar shaharning eng pastki qismlariga quriladi, shaharning o’zi esa gusenitsali tarzda harakatlanib yuraveradi. Bunday shaharlarda boshqa binolar qatorida quyosh energiyasidan foydalanuvchi parklar, jamoat joylari ham bo’ladi, albatta.
Ukraina
Ukraina arxitektorlari avvalo suv havzalari yaqinida joylashgan shaharlarning xavfsizligini o’ylagan holda “sitadel"” deb nomlangan binolarning qurilish usulini o’ylab topdilar. Ushbu binolar ichiga ko’p qavatli uylar joylashgan bo’lib, u himoya bunkeriga ega va aholini antroporogen va tabiiy, ya’ni tabiatga doir muammo va halokatlardan himoya qila oladi.
Bu kabi inshootlarni futurist va san’at vakillari qirg’oqdan biroz masofa saqlagan holda qurishni tavsiya etmoqdalar. Binoning yana bir o’ziga hosligi shundaki, uylar sunami paytida maxsus “tangacha”lar yordamida yopilib qoladi.
Bolgariya
Bolgariyaliklar eng xafsiz joy faqat osmonda ekanligiga ishongan holda kelajak uylarini osmonga ko’tarilgan va maxsus ustunlarga o’rnatilgan bino ko’rinishda tasavvur qilmoqdalar. Bu chiroyli va ochilgan nilufar guli ko’rinishidagi uylardan tashkil topgan megapolislar bo’ladi.
Deyarli barcha hududlar yashil o’t-o’lan bilan qoplanadi, ular orasiga esa har bir inson o’zi uchun shinam uy qurib olaveradi.
Germaniya
Germaniya futuristlari Roll it nomli o’z o’rnidan qo’zg’aluvchi uylar loyihasini o’ylab topdilar. Uylar aylana shaklda bo’lib, bir qarashda bochkalarga o’xshab ketadi va u yerda qulay hamda to’laqonli hayot kechirish uchun kerakli barcha narsa joylashadi.
Bunday zamonaviy uylar uchta avtonom hudud – yotoqxona, sport xonasi va oshxonadan tashkil topadi. Eng qizig’i, oshxona shundoqqina karavotning tagiga joylashadi, bir hududdan ikkinchisiga o’tish uchun esa bochkani aylantirish talab etiladi xolos.
Avstraliya
Avstraliyalik futurist olimlar uylarni butun konstruksiya bo’ylab havo o’tib turadigan tarzda yaratish usuli ustida ishladilar. Ushbu usul yordamida konditsioner tizimiga ehtiyoj paydo bo’lmaydi. Devorlar ham, shiftlar ham havo o’tkazib turishi bilan o’ziga hos bo’lib, bu binoni optimal haroratda sovitib turishga imkon beradi.
Сообщения из Facebook