Xozirgi paytda olimlarga tushlar haqidagi ma’lumotlarning xaqida faqatgina kichik bir qismi ma’lum xolos. Shunisi aniqki, tushlar bizning hissiyotlar va emotsiyalarimiz proektsiyasidir, lekin tushlar mavzusi haligacha ko’plab bahslarga sabab bo’lib kelmoqda.
Bu borada e’tiboringizga tadqiqotchilarning fikri bir yerdan chiqqan holatlarda hulosa qilingan va behad qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.
1. Hamma odam ham rangli tush ko’rmaydi.
Sayyorasizdagi aholining taxminan 12% tug’ilganidan buyon faqat oq-qora tasvirdagi tushlarni ko’radi.
2. Tashqi vositalar etuvchilar tushingizga to’g’ridan–to’g’ri ta’sir ko’rsatadi.
Qiziq, ammo uxlagan paytingizda miyangiz tashqi tovushlarni farqlashni davom ettiradi. Agar tush paytida miyangiz begona tovushlarni “eshitib qolsa”, u tovushlar bilan ittifoqlashib ularni tushingizga kiritadi va loyihalashtiradi.
3. Qattiq uyqu davrida badaningiz falaj holda bo’ladi.
Balki, bu inson tushida ko’rayotgan harakatlarni bajara olmasligi uchun kerak bo’lgan va tabiat tomonidan yaratilgan himoya mexanizmi bo’lsa ajab emas.
4. Chekishni tashlaganlar ancha ravon tush ko’ra boshlaydilar.
Bir martagina bo’lsa ham chekish odatini tashlagan insonlar ancha ravon va tiniq tush ko’rganliklarini aytib o’tganlar.
5. Tushlarimizda notanish insonlar va vaziyatlar bo’lmaydi
Shubha yo’qki, siz tushlaringizda ba’zan notanish odamlarning qiyofalarini uchratib qolishingiz mumkin. Aslida bizning miyamiz odamlarning tasodifiy qiyofalarini yuzaga keltirish imkoniga emas, bu esa shundan darak beradiki, tushingizda ko’rgan odamlarni o’ngingizda hech bo’lmaganda bir marta bo’lsa ham uchratgansiz. Shuningdek, bu boshqa turdagi mavjudotlarga ham tegishlidir. Ularda albatta, siz avval ko’rgan odamlarga hos bo’lgan xususiyatlar namoyon etiladi.
6. Barcha odamlar tush ko’ra oladi va bu borada istisno mavjud emas.
7. Inson o’z tushlarining 90% qismini esidan chiqarib yuboradi.
Inson uyg’onganidan so’ng darhol o’z tushining tahminan yarmini unutadi, shundan o’n daqiqa o’tganidan keyin esa tushning 10% ni eslay oladi, holos.
8. Ko’zi ojizlar ham tush ko’radilar.
Tug’ilganidan keyin ko’zi ojiz bo’lib qolganlar, ko’zi ojiz bo’lib qolishidan avval ko’rgan vaziyat va hayotiy parchalarni tushida ko’rishadi. Biroq, tug’ma ko’zi ojiz bo’lgan odamlar tushlarini tovushlar va hissiyotlar ko’rinishida shakllantiradilar.
9. Tush ko’rish inson holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tarixda yuqoridagi mulohazani tasdiqlovchi juda qiziq bir tajriba mavjud. Tadqiqotchilar ko’ngilli talabgorlarni ikki guruhga bo’ldilar.
Hammaga uyqu uchun 8 soat vaqt ajratilgan, biroq ikki guruhning o’rtasida yagona bir farq bor edi. Birinchi guruhdagi ko’ngilli talabgor tush ko’ra boshlagan paytda uni darrov uyg’otishar, keyin esa qolgan 8 soatni uhlashiga ijozat berishardi. Ikkinchi guruhdagi ko’ngilli talabgorlarning uyqulari buzilmadi. Eng qizig’i, birinchi guruhdagi odamlar idrokini jamlashda muammolarga duch kelishdi, ularda yuqori darajali tajovuzkorlik va hatto gallyutsenatsiyalar ham kuzatildi.
10. Ong tushdagi narsalarni reallik bilan taqqoslaydi.
Tushingizda keraksiz bir konserva bankasi kirib qolgan bo’lsa ham, ongingiz uni qandaydir muhimroq va ma’nosi chuqurroq biror narsa bilan taqqoslashga urinaveradi.
Сообщения из Facebook