просмотров
Ulug’ Vatan urushi va Ikkinchi jahon urushi
Ba’zi odamlar Ulug’ Vatan urushi bilan Ikkinchi jahon urushinining farqiga bormaydilar. Ulug’ Vatan urushi 1941-1945 yillar davomida sodir bo’lib, 1939 yilda natsischi Germaniyaning Yevropa davlatlariga nisbatan tajovuzkorligidan boshlangan Ikkinchi jahon urushining asosiy va hal qiluvchi qismidir.
1945 yilning may oyida Germaniya kapitulyatsiyasi bo’ldi va Ulug’ Vatan urushiga barham berildi. Biroq Ikkinchi jahon urushi yana biroz davom etdi. Fashistlarning ittifoqchisi bo’lmish Yaponiya taslim bo’lishni xohlamadi. Ammo sovet askarlari tomonidan tor-mor keltirilishi hamda AQSH Qurolli kuchlari tomonidan Xirosima va Nagasaki shaharlariga berilgan atom bomba zarbalaridan keyin Yaponiya kapitulyatsiya haqidagi aktni imzolashga majbur bo’ldi.
Germaniya va Sovet Ittifoqining urushga tayyorgarligi
Germaniya va uning ittifoqchilari SSSR chegarasiga 5,5 million harbiylar, 47 ming qurol va minomyotlar, 4 mingta tank va 5 mingga yaqin samyolyotlarni olib kelib tayyotlab qo’ygan edi.
Sovet Ittifoqining Germaniya bilan chegaradosh hududlarida esa 2,9 million harbiylari, 33 ming qurol va minomyotlari, 14 mingta tanklari va 9 mingdan ziyod samyolyotlari jangovar holatga keltirilgan edi. Qizil Armiya hamda Harbiy-Dendiz Flotining umumiy tarkibi 4,8 million kishini tashkil etgan.
Ittifoqchilar
Fashist Germaniyasi SSSR ga qarshi urushni bir o’zi boshlamadi. 1943 yilda nemislar tomoniga Italiya va “Moviy diviziya” nomli Ispaniyaning ko’ngillilari kelib qo’shilgan bo’lsa, 1944 yilda Ruminiya, Slovakiya, Finlyandiya va Bolgariya kabi davlatlar kelib qo’shildilar. Germaniyaning ittifoqchilari orasida Vengriya hamda Horvatiya ham bor edi. Biroq barcha ittifoqchilar orasida Yaponiya bilan Italiya eng asosiy ittifoqchi davlatlar hisoblanar edi.
Gitlerchilarga qarshi koalitsiyada esa Sovet Ittifoqi bilan birga AQSH va Buyuk Britaniya bor edi. Ushbu koalitsiyaga dunyoning yana 26 davlati kirar edi.
Germaniya rejasi
Nemislar SSSR ga hujum qilish rejasini – operatsiya “Barbarossa” deb nomladilar. Bosib olgan taqdirda bu yerlarda katta o’zgartirishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlar. Shu maqsadda “Ost bosh plani” ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, natsistlar bosib olingan yerlarni mahalliy aholidan tozalab, mustamlakaga aylantirib, tabiiy boyliklarini o’zlashtirib olmoqchi bo’lganlar.
Yo’qotishlar
Ikikinchi jahon urushi yillarida Sovet Ittifoqi tomonidan juda katta yo’qotishlar bo’ldi. Halok bo’lgan askarlar, okkupatsiya vaqtida o’ldirilganlar, daraksiz ketganlar, asirga tushganlar – bularning barchasini aniq hisoblash qiyin. Biroq hozirgi kungi hisob-kitoblarga qaraganda, SSSR tomonidan yo’qotishlar 26 million odamni tashkil etadi. Bulardan 8,7 millioni – halok bo’lgan askarlar, 7,4 millioni – qirib tashlangan mahalliy aholi, 6,1 millioni– okkupatsiya vaqtida o’ldirilganlar.
Germaniya va uning ittifoqchilari esa 8,6 million odamni yo’qotdilar, ulardan 7,1 millioni – nemis harbiylari.
Сообщения из Facebook