Har bir beka oilasiga nafaqat mazali taom pishirishni, shu bilan birga taom tayyorlashga imkon qadar ozroq vaqt sarflashni orzu qilsa kerak, albatta. Nonushta, tushlik va kechki ovqat o’z-o’zidan paydo bo’layotganday qabul qilinadi, ammo, buning uchun ancha vaqt va kuch sarflanishini o’ylaydiganlar kam.
Biz uy bekalarining bu boradagi vaqtini tejashga yordam beradigan va taom tayyorlash vaqtini qisqartiruvchi 18 nafar maslahatlarni sizga tortiq etamiz.
1. Yog’ni yumshatish
Stakanga qaynoq suv quyib chayqating va u bilan saryog’ni yopib qo’ying. Bir daqiqadan so’ng u yumshaydi va bemalol nonga surtsa bo’ladigan holga keladi.
2. Tovani yuvish
Xammaga ma’lumki, cho’yan tovalar uzoq vaqt ishlatishga mo’ljallangan. Biroq, vaqt o’tib, unda qovurilayotgan taom tinmay tagiga olib, tova yuzasiga yopishishni odat qiladi. Bu muammoni yechishga yirik osh tuzi yordam beradi. Uni tovaning tubiga to’kib, biroz suv qo’shing va qaynoq holatga keltiring. Tova soviganidan keyin esa gubka yordamida yuvib tashlaysiz va suv bilan bir chayib yuborasiz.
3. Qisqa fursat ichida makaron pishirish usuli
Agar makaron qaynatish maqsadida kastryulka ichiga quyilgan suvning qaynab chiqishini kutishga vaqtingiz bo’lmasa, makaronlarni tovada pishirib oling. Qizishning keng maydoni evaziga tovada suv ancha tezroq qaynaydi va taom 10 daqiqadan so’ng tayyor bo’ladi.
4. Tuxum sarig’ini oqidan osonlikcha ajratib olish
Tuxumning sarig’ini oqidan bir zumda ajratib olish uchun juda ko’p moslamalar mavjud. Ammo, bu vazifani oddiy plastik butilka yordamida bajarish mumkinligini hamma ham bilmaydi.
5. Professional usulda sabzavot to’g’rash
Taom uchun masalliqlarni to’g’rash jarayoni bilan mashg’ul bo’lsangiz, pichoqning chetiga ozroq o’simlik moyidan surib oling. Bunday usul sizga a’lo darajadagi sirg’anuvchanlikni ta’minlab, mahsulotlarni pichoqqa yopishib qolishining oldini oladi. Ha aytganday, qirg’ichni ham huddi shunday usulda ishlatish mumkin.
6. Kabachoklarni tozalash
Kabachoklarni yumshatish va po’stlog’ini osonlikcha archib olish uchun kichik uni mikroto’lqinli pechda qizdirib oling.
7. Sirg’anishga qarshi usul
Oshxona taxtakachining stol ustida sirg’anib ketmasligi uchun uning tagiga nam salfetkani yoyib qo’ying.
8. Piyoz zahirasi
Piyoz - ko’p taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan, juda keng tarqalgan masalliqlardan biri. Har safar piyoz archish, to’g’rash uchun vaqt sarflamaslik maqsadida bir nechta piyozni birdan archib, to’g’rab, og’zi bekiladigan paketga solib, sovutgichga solib qo’yish mumkin.
9. Butun oila uchun nonushta
Agar oldingizda butun oila uchun tezda nonushta tayyorlash vazifasi turgan bo’lsa, keks tayyorlash qoliplaridan foydalaning. Qoliplarga o’simlik yog’i surtib, kolbasa, pishloq va bir bo’lak non soling, har bir qolip ichiga bir donadan tuhum chaqib, qizib turgan gaz pechida pishiring. Bir-ikki daqiqadan so’ng nonushtangiz tayyor bo’ladi.
10. Qurib qolgan pishloq
Pishloq bo’lagi sovutgichda qurib qolmasligi va chetlari qotib ketmasligi uchun, uning chetlariga saryog’ surtib qo’yish kerak.
11. Pomidorlarni saqlash
Pomidorlar odatda polietilen paketlarda tezda aynib qoladi. Eng yahshisi bu sabzavotlarni qog’oz paketlarda "dumcha"larini tepaga qaratib tahlagan ko’rinishda va honaki havo haroratida saqlagan ma’qul.
12. Qo’ziqorinlarni saqlash
Agar qo’ziqorinlarni uzilgan kuniyoq pishirish niyatingiz bo’lmasa, ularni qog’oz paketlar ichiga solingan holda sovutgichda saqlang.
13. Tezkor gazak
Agar uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyursa-yu ularni kutib olishga taom tayyorlash uchun ulgurmasangiz, piyozdan tezkor gazak pishirsangiz bo’ladi. Buning uchun bir necha bosh piyozni qalin doiralar shaklida kesib, har birini chaqilgan tuxum, un va suv aralashmasiga, keyin esa quritilgan non uvoqlarida botirib ko’p miqdordagi yog’da kuchli olovda qovurib olasiz.
14. Eski kartoshka
Eski kartoshkadan tayyorlanayotgan taom qaynayotgan paytga suvga bir qoshiq sirka, bir bo’lak sarimsoq va dafna yaprog’i solinsa juda mazali bo’ladi. Eski kartoshkani mazali tayyorlashning yana bir usuli – uni bulyonda qaynatishdir.
15. Yog’ning qovurish paytida sachramasligi uchun
O’simlik yog’i qovurish paytida sachramasligi uchun tovaning tubiga ozgina mayda osh tuzidan sepib qo’yish kerak.
16. Namlikni saqlash
Agar siz taomni gaz pechida pishirish paytida masalliqlar quruq bo’lib qolishidan havotirga tushsangiz ichiga biror idishda suv solib, joylashtirib qo’ying.
17. Piyozni tayyorlash
Salatning ichidagi piyozning o’tkir mazasi va hidini susaytirish uchun bu sabzavotni to’g’ri tayyorlashga e’tibor qaratish kerak. Piyozni taomga qo’shishdan oldin, uni to’g’rab, ustidan qaynoq suv quying va bir choy qoshiq shakar qo’shing.
18. Qarsildoq go’sht bo’lagi
Go’sht pishirilish jarayonida qarsildoq va qizg’ish qatlam hosil qilishi uchun uni qovurishdan avval qog’oz salfetka bilan artib chiqish kerak bo’ladi.
Сообщения из Facebook