просмотров
Bu voqea 1961 yilda sodir bo’lgan. Hozir Gallego 91 yoshda va u qasamiga sodiq qolmoqda. Har kuni vaqtli turib yangi g’ishtlar tergani boradi. Sobor gumbazi allaqachon 40 metr balandlikda, lekin qurilish ishlari yakunlanishiga xali ancha vaqt bor.
Xusto sobor qurayotgan yer maydoni unga meros bo’lib qolgan. Unda hech qanday muxandislik ma’lumoti yo’q, qurilish materiallarini esa mahalliy qurilish korxonalari ta’minlab beradi. Shu bilan birga senyor Gallego qo’l ostidan topgan materiallarni ham ishlatadi. Agar yaxshilab qarasangiz, masalan, ustunlar beton bilan to’ldirilgan plastik chelaklardan qurilgan.
Gumbaz Vatikandagi Avliyo Petr sobori gumbazining andazasi bo’yicha yasalgan.
Xusto asosiy binodan tashqari, undan ikki marta baland 2 minora qurmoqchi edi. Lekin muammo shundaki – qurilayotgan minoralarning biriga oq laylaklar in qurgan.
Xusto doim yolg’iz ishlaydi, faqat bazan professionallardan maslahat oladi. Rasmlardan ko’rinib turibdiki, u o’z ishiga mehr bilan yondashadi. Lekin qarichilik o’zini ko’rsatmoqda. Bu kishi soborni tugatishga ulgurmasligi ham mumkin. Xustodan keyin soborga nima bo’lishi ma’lum emas. Hozircha hech kim ushbu binoni barpo etishni davom ettirishga taklif bildirgani yo’q.
Сообщения из Facebook