2018 yilning 8 fevral kuni fransuz yozuchisi, sarguzasht adabiyot klassigi va ilmiy fantastika janrining asoschilaridan biri Jyul Vernning 190 yilligini nishonlandi. Shu munosabat bilan yozuvchi o’z romanlarida bashorat qila olgan eng yorqin va g’aroyib narsalarni eslab o’tging keladi kishi.
1. Koinotga parvozlar
“Zambarakdan Oyga”, “Oy atrofida” va “Gektor Servadak asarlari.
“Zambarakdan Oyga”, “Oy atrofida” va “Gektor Servadak” asarlari orqali buyuk adib Jyul Vern nafaqat koinotga va oyga parvozlarni, shuningdek alyuminiyning aerokosmik tarmoq uchun keng tadqiqot (va ishlab chiqarish) boshlanishi ham bashorat qila oldi. Oyga ekspeditsiya uchun uchish maydonchasi sifatida u Floridadagi Stoun-Xillni tanlagan edi. Bu ham juda qiziq, chunki uning yonginasida Kannaveral burni joylashgan. Bugungi kunda bu yerda mutlaqo xaqiqiy amerika kosmodromi makon qurganiga nima deysiz?
2. Dunyo bo’ylab tez sayohatlar.
“Dunyo bo’ylab 80 kun ichida” asari
Bu yerdagi fantastika namunasi ham xaqiqatga juda yaqin bo’lib chiqdi. Romanning qahramoni Fileas Fogg 80 kun ichida dunyoni aylanib chiqadi. Bugungi kunda esa dunyo uzra sayohatni 58 soat vaqt ichida amalga oshirsa bo’ladi.
3. Suv osti kemalari
“Suv ostida 20 000 lye” asari
Dastlabki suv osti kemalari Jyul Verngacha paydo bo’lgan, ammo u suv osti kemasozligini yaqin kelajakda qanday rivojlanishini aniqlay bilgan. Shu tariqa Nemo kapitanining suv osti kemasi 50 uzelgacha tezlikda xarakatlana olish, dengizning tubiga sho’ng’ish va faol jang qilish imkoniga ega bo’lgan.
4. Akvalang
“Suv ostida 20 000 lye” asari
Yozuvchi ko’p jihatdan suv osti kostyumlari qanday rivojlanishini ham bashorat qila olgan. Roman yozilish paytiga qadar ham suv osti kostyumlari bor edi, biroq ular o’ta noqulay va g’avvoslar uchun havfli hisoblangan. 1943 yilda boshqa bir fransuz - Jak-Iv Kusto zamonaviy akvalang kashf qilindi.
5. Samolyotlar va vertolyotlar
“Dunyo hukmroni” va “Robur-Iste’lochi” asarlari
Boshqa bir mashhur yozuvchi Gerbert Uells bilan bir qatorda Jyul Vern o’z asarlarida insonlar tomonidan uchish apparatlaridan keng foydalanishni bashorat qila olgan. Yozuvchi shu bilan birga kelajakdagi urushlarda samolyotlardan keng foydalaniladi deb bashorat qilgan edi.
6. Elektrik kursi
“Parij XX asrda” asari
Elektrik kursining paydo bo’lishini Jyul Vern o’zining navqironligidagi antiutopik romanida bashorat qilib o’tgan. U o’lim jazosiga hukm qilinganlarni kuchli elektr kuchlanish yordamida xayotdan mahrum qilinishini 1860 yildayoq ta’riflab bera oldi. Jinoyatchilarni bunday tarzda qatl etilishi dastlab 1890 yilda AQSHdagi Nyu-York shtatining Obern qamoqxonasida qo’llanilgan.
7. Kompyuterlar
“Parij XX asrda” asari
Bu asarda bankdagi hisoblash ishlarini ulkan mashinalar amalga oshirgan. Shu tariqa yozuvchi dastlabki EHMlarning paydo bo’lishini ham aniqlay ola bilgan. Adib shu bilan birga televidenie va ikki odamning ikki ekran orqali bir biri bilan masofadan turib aloqaga chiqishini (video aloqalarning aynan o’zginasi) ham ta’riflab bergan.
8. Kimyoviy qurol
“Besh yuz million beguma” asari
1979 yilda Jyul Vern o’ta ketgan millatchi va zaharli gaz o’qi bilan otadigan zambarak yaratuvchisi – nemis professori Shultseni ta’riflab bergan edi. Shu kabi kimyoviy qurol amalda Birinchi jahon urushida allaqachon faol qo’llanila boshlagan.
9. Yadroviy qurol
“Vatikan bayrog’i” asari
“Rok fulgulyatori” nomini olgan o’ta kuchli zambarakning o’qi o’z atrofidagi bir necha kilometr radiusidagi jamiki tirik mavjudotlarni qirib tashlash quvvatiga ega.Bu ta’rif real atom quroliga juda mos keladi. Biroq, real voqelikdan farqli ravishda, kitobda bu ixtiro xarbiylarning qo’ligacha yetib bormaydi.
Сообщения из Facebook