Sharq kalendariga binoan 2018 yil Sariq Yer Iti yili deb hisoblanadi. It bezovta bo`ladigan hayvon, va butun yil bizning tinchligimizni qo`riqlaydi. It o`zi bilan xaqqoniylikni tasvirlaydi, u hech qachon tashlab ketmaydi, va u hukmronlik qiladigan yilda biz tinch bo`lishimiz mumkin – hammasi ravshan xaqqoniy bo`ladi.
Qo’y (21 mart — 19 aprel)
Qo’y burchi vakillariga hos bo’lgan raqobat hissi 2018 yilda ham o’z muhimligini yo’qotmaydi. Aksincha, bu yuqori natija, yirik muvaffaqiyatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
So’zlaringizni o’ylab gapiring, atrofdagilar gapirganlaringizni keskin tarzda qabul qilishadi. Buning boisi sizning muvaffaqiyatlaringizga hasad qilishlaridir!
Mazkur yil siz uchun baxt va xursandchilik yili bo’ladi. Agar biror inson bilan shaxsiy munosabatlar o’rgatgan bo’lsangiz, muhabbatingiz yanada mustahkamlanadi. Agar yolg’iz bo’lsagiz, ushbu yilda ikkinchi yarmingizni uchratishingiz mumkin. Kechagina faqat hayolda bo’lgan narsalar uchun sizga yangi imkoniyatlar beriladi!
Buzoq (20 aprel — 20 may)
Buzoq burji vakillarini mazkur yili hayotning turli jabhalaridagi o’zgarishlar kutib turibdi. Yuragingizni eshiting, yaqinlaringiz tavsiyasiga quloq soling. Yangi 2018 yilda o’zingizni birinchi o’ringa qo’ying, o’zingizni eshitib, o’zingizga ishonishni o’rganing.
Egizaklar (21 may — 20 iyun)
2018 yilda hamisha sergak bo’lish sizdan talab etiladi, begonalarga tegishli muammolarni ham ko’nglingizga yaqin olavermang. Kelgusi yilda o’zingizga nisbatan e’tiborsizlik qilish kerak emasligini tushunib olasiz. Borligi haqida tasavvur ham qilmagan muammolar bilan to’qnash kelganda ko’zlaringiz ochiladi.
Qisqichbaqa (21 iyun — 22 iyul)
Yil boshi siz uchun biroz tashvishli bo’lishi mumkin, ammo tez orada hayotingizda yangi bir yo’l paydo bo’ladi. Unutmang, 2018 yilda barchasini qaytagan va to’g’ri ko’rinishda boshlash imkonini olasiz! Vaqtning sizga bosim o’tkazishiga yo’l qo’ymang. Bugungi hayotingiz qadriga eting.
Arslon (23 iyul — 22 avgust)
O’zingizni mehribon do’stlar va mustahkam oila ila qurshab olgansiz. Ushbu jarayon yildan-yilga rivojlanib bormoqda, ammo ba’zan hayotingizda nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. 2017 yil oxiri va 2018 yil boshi siz uchun juda sokin tarzda o’tadi. Siz sevimli insonlar qurshovidasiz va o’zingizda garmoniya hissini tuyasiz.
Anchadan buyon eski do’stingizni uchratmadingizmi? Balki uzoq qarindoshlar haqida unutgandirsiz? Har qanday holatda ham 2018 yilni ana shu “yo’qolgan” narsalarni izlash payida o’tkazasiz. Ammo tashvishga tushmang! Izlagan albatta topadi ham! Yangi ish, romantik sarguzashtlar, qiziqarli ta’til va haqiqiy o’zgarishlar sizni kutmoqda!
Sunbula (23 avgust — 21 sentyabr)
2018 yil siz tomon barcha narsani nazoratda ushlab turish imkonsiz ekanligini o’rgatuvchi vaziyatlarni taqdim etadi. Aynan shu yili hech qanday zaruratsiz ushlab turgan narsalaringizni bir-ketin qo’yib yuboрasiz va o’zingizni erkin his qila boshlaysiz. Bu yil siz uchun ozodlik yili bo’ladi.
Tarozi (22 sentyabr — 23 oktyabr)
Eng muhimi, tashvishga tushmang. 2018 yilda sizni bir nechta muammolar qarshi olishi mumkin, ammo ularga nisbatan munosabatingizni o’zgartirishingiz kerak. O’z ichki ovozingizni sinab ko’ring va hech qayerga shoshilmang. O’zgarishlar siz tomon yangi hayot, yangi imkoniyatlar va yangi tajribalarni olib keladi.
Tarozilar uchun mazkur yil yodda qolarli davr bo’lishi kutilmoqda. Chunki yangi hodisalar chuda ko’p bo’lib, ularning bari siz uchun foydali bo’ladi.
Chayon (24 oktyabr — 21 noyabr)
Mazkur yilda ko’p bora xatoga yo’l qo’ydingiz. Shu sababli ularni kelgusi yilda ham takrorlamaslikka harakat qiling. Agar tavsiyamizga quloq tutsangiz, 2018 yil siz uchun uyg’onish va yangilanish pallasi bo’ladi. Bu yilda juda ko’p chiroyli hodisalar sodir bo’lishi kutilmoqda. Kelgusidagi 12 oyni qanchalar yuqori natijalarga ko’tarila olishingizni sinab ko’rish uchun sarf qiling.
Сообщения из Facebook