Yaponiyada o’zi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi
Yaponiyada o’zi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi
Yaponiya o’zining mustahkam an’analari bilan allaqachon tanilgan va ilg’or texnologiyalarning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Klassik yapon ruhi va o’z-o’zini boshqara oladigan shippaklaru meballarga ega yuqori texnologiyalar bilan uyg’unligi bu xususiyatlarning yaqqol ifodasi bo’la oladi.
Nissan Motor Co. kompaniyasi ProPilot Park Ryokan kelgan mehmonlarning foydalanishlari uchun mehmonxona kirish yo’lagi oldiga kelib to’htab turadigan shippaklar tizimini ishlab chiqardi.
Mehmonlar shippaklardan foydalanishni to’htatganlarida, shippaklar dastlabki holatiga qaytadi. Har bir shippakcha ikki dona mitti g’ildirakcha, dvigatel va datchikka ega. Mehmonxona ichidagi yog’och poldan yurib borishi uchun Nissan ProPilot Park texnologiyasining soddalashtirilgan shaklidan foydalanilgan.
Xuddi shunday texnik xususiyatlarni Nissan Leaf car elektromobilida ham uchratish mumkin. Yuqori texnologiyali datchiklar va kameralar transport vositasiga haydovchidan signal olmasdan ham to’xtash joyiga xavfsiz qaytish imkonini yaratadi. Yuqori tasvir sifatiga ega to’rtta kamera tasvirni real vaqtda qayta ishlaydi, tovush tanish uchun 12 dona datchik esa avtomobilni atrofidagi vaziyatni baholaydi.
Zarurat paydo bo’lganida haydovchilar tormozlardan foydalanishlari mumkin, lekin to’xtab turish joyiga kelganida ProPilot Park tizimi akselerator, tormozlash jarayoni va rul boshqarishni nazorat qiladi. Xuddi shu singari shovqinsiz Tesla S modelining farqi shundaki, haydovchilar to’xtab turish joyga kelganida avtomobilni to’la joylashtirib olish davri mobaynida bosib ushlab turiladigan tugmachani barmoq bilan bosish orqali tizimni faollashtiradi. Tugmachadan barmoq olinsa avtomobil darhol to’htab qoladi.
“O’zi yura oladigan shippaklar boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ulardan boshqarishga tegishli bo’lmagan potensial foydalanish bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan” - deya bayonot berdi Nissan ning vakili Nik Maksfild (Nick Maxfield).
Tokiodan janubiy-g’arbiy tomonga chamasi 75 km uzoqlikda joylashgan Xakone (Hakone) shahridagi mehmonxona xozirgi paytda Fudzi tog’ining ajoyib manzaralarini ta’minlab berishi bilan mashhur. Shunga qaramay, Nissan mart oyida ishlab chiqarishni mo’ljallagan yangi, o’zini o’zi boshqara oladigan shippaklar, yuqori texnologiyaga ega uyning asosiy diqqatga sazovor narsasi bo’lib qolishi kutilmoqda.
Avtomatlashtirilgan shippaklarga qo’shimcha ravishda mehmonxona nomerlari tatami, pol yostiqlari va an’anaviy xontaxtalar bilan jihozlangan. Ular ham ishlatilib bo’linganidan keyin o’z joylariga qaytish xususiyatiga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook