Yaqinda har bir inson hayotini o’zgartiradigan 7 ta ajoyib innovatsiya
Yaqinda har bir inson hayotini o’zgartiradigan 7 ta ajoyib innovatsiya
Oxirgi vaqtdagi eng g’aroyib texnologiyalar.

Har yil olamda yanada ko’proq g’aroyib uskunalar va texnologiyalar paydo bo’lmoqda. Ularning har biri insonhayotini osonroq, yaxshiroq va hatto yorug’roq qilish uchun mo’ljallangan.Bugunda odamlar o’n yillar oldin shunchaki tasavvur qilishlari mumkin bo’lgan predmetlar paydo bo’lmoqda. Ba’zi innovatsiyalar shunchalik ishonibbo’lmaydiganki, ular hatto fantastlar tomonidan ham bashorat qilina olinmagan.Mana hozir ham bir necha chindan ham yorqin innovatsiyalar haqida gap ketadi. 

1. Curvilux

1. Curvilux Telefonni zaryadlaydi va quyoshcha bo’lib ishlaydi.

Tadbirkorlar va dizaynerlar guruhi jahonda birinchi aqlli ustunchani yaratishdi, va u “aqlli uy” turdagi tizim taniqli bo’lishi vaqtida ishlab chiqilgan. Ustuncha inson turmushini osonlashtirish uchun mo’ljallangan ko’pgina g’aroyib funksiyalarga ega. Masalan, Curvilux yoritgich, budilnik, ovozli xabarga javob beruvchi, simsiz zaryad uskunasi sifatida ishlashi mumkin, hamda u xonada tong otishini taqlid qilishi mumkin. Unda smartfondan boshqariladigan audiotizim va elektron qulf ham mavjud.

2. FitSleep

2. FitSleep Boshqa hech qanday yomon tushlar va uyqusizlik bo’lmaydi.

Ushbu uskuna xitoylik dizayner Syuan Yao tomonidan uyqusifatini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. Uskuna uni ishlatuvchining uyqusi sifatini ancha yaxshilay oladi. Uskuna uning foydalanuvchisi uyqusini alfa-to’lqinlar analizi hisobiga ancha qulay qilishi mumkin. Uskuna individual rohatlanish tizimini yaratib, inson yurak urishi va nafas olishini nazorat qiladi.Shuningdek, uskuna chuqur uyqu mobaynida aqliy aktivlik bosqichi turini aniqlaydi. Ushbu uskunani yostiq tagiga qo’yish kerak.

3. AirBar

3. AirBar Va xohlagan ekran sensorli bo’ladi.

Sensorli ekranlar boshidan uyali telefonlar bozoriniegallab oldi. Faqatgina noutbuklarda, sodir bo’layotgan taraqqiyotga qaramasdan, ushbu ekranlar haliyam ularning asosiy funksiyasiga aylanmadi. Buhol shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning sensorli ekranlarni o’z uskunalariga o’rnatishni xohlamaganlari uchun vujudg akelishi mumkin. Bu holatni CES 2017 da taqdim etilgan AirBar nomli biriktiriladigan aksessuar orqali tuzatish mumkin.Uskuna ison qo’li harakatlarini skanerlaydigan datchiklar to’plamidan iborat.Kompyuterga USB orqali ulanadi va xohlagan ekranni sensorli ekranga aylantiradi. 

4. R&D Hikvision

4. R&D Hikvision Yaqinda mashinalarni robotlar mashinalar to’xtash joyiga qo’yishadi.

Hikvision korxonasi o’zining noyob ixtirolari bilanbir necha marta hayratda qoldirgan. 2017 yilda tadqiqot bo’limi muhandislari ommaga yangi “aqlli” mashinani joyiga qo’yish tizimini taklif qilishdi. Mashina joylashtirish ishining asosida, maxsus datchikli robotlar tizimi va dasturiy ta’minot turadi, va u inson ishtirokisiz mashinalarni olish, olib ko’chirish va joylashtirish kabi ishlarni bajaradi. Inson mashinasini maxsus joyda qoldiradi va information panel oraqli mashinani joylashtirishni buyurtma qiladi, vashundan keyin robot-platforma kelib, mashinani o’z ustiga qo’yadi va keraklijoyga olib boradi.

5. Silvon

5. Silvon Olamdagi eng toza choyshab.

Toza choyshab – qulaylik va tozalik garovi. Shu yilning boshida ushbu sohada ham g’aroyib innovatsiya – Silvon choyshabi paydo bo’ldi. Nomidan aniqlash mumkinki, choyshab tikilgan matoning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, unda mayin kumush iplari bor. Matoning o’zi – paxtadan qilingan. Kumush sababli choyshab xavfli mikroorganizmlarni o’ldiradi. Bunda Silvonga xuddi oddiy choyshablarga qaragan kabi qaraladi.

6. Zungle Panther

6. Zungle Panther Super zamonaviy ko’zoynak-naushniklar.

 Zungle Panther ko’zoynagi faqatgina ko’rinishi oddiy ko’zoynakka o’xshaydi. Haqiqatda bu nafaqat quyoshga qarshi ko’zoynak, va balki, super zamonaviy pleyer hamdir. Ammo u orqali tovush odatiy garniture orqali emas, balki ko’zoynak zanjirlari orqali uzatiladi. Hamma gap shundaki, Zungle Panther asosida ajralmas suyak o’tkazuvchanlik texnologiyasi turadi. Ushbu texnologiya eshitishning tiniqligini saqlagan holda musiqa tinglash imkonini beradi.

7. Pilot

7. Pilot Shaxsiy naushnik-tarjimon.

Va bu uskuna odamlar orasidagi til to’siqlarini butunlay buzib tashlaydi. Bu texnologiya sababli yaqinda xorijiy tillarni umuman o’rganmasa ham bo’laveradi! Gap shundaki, Pilot – bu shaxsiy sinxron tarjimon. Tarjima smartfonga qo’yiladigan yordamchi-dastur bilan sinxronlashish vositasida real vaqt oralig’ida amalga oshiriladi. Hozirda uskuna ingliz,fransuz, italyan, Portugal va ispan tillari bilan ishlaydi. Yaqinda unga rus,arab, ibroniy va nemis tillari qo’shilishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook