Yashash uchun o'ta maftunkor bo'lgan 13 ta mamlakatlar
Yashash uchun o'ta maftunkor bo'lgan 13 ta mamlakatlar
Agar siz yashash joyingizni o'zgartirishga qaror qilgan bo'lsangiz, u holda sizning oldingizda butun dunyo ochiladi.
Emigrantlarga loyal munosabatda bo'lgan mamlakatlarda u yerga ko'chib o'tish yo'llari bir biriga o'xshash bo'ladi. Biroq, odam.uz potensial aholini mamlakat o'ziga xos nimalar bilan o'ziga diqqatini qaratishi mumkinligi haqida, ko'plab takliflarni o'rganib, izlanishga qaror qildi.

Vanuatu

Vanuatu
Ijobiy tomonlari: Yerdagi eng baxtli mamlakatlardan biri. Bu kichik tinch okeani mamlakati emigrantlarni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Biroq, buning uchun katta miqdorda mablag'ga ega bo'lish talab etiladi. Vanuatu doimiy ravishda baxt darajasi bo'yicha reytinglarning birinchi qatorlarini egallaydi. Vanuatuning asosiy ustunliklari bu - mo'l-ko'lchilik va boshqalardan alohida yashash. Tasdig'i: happylanetindex

Avstraliya

Avstraliya
Ijobiy tomonlari: Dunyodagi hayot sifatining stabil eng yuqori darajalaridan biri. Avstraliyaga ko'chib o'tishning yo'llari ko'p. Lekin, yosh va shijoatlilar uchun professional inmigrasiyadan foydalanishning juda yaxshi imkoniyati bor. Bu yerda mamlakatda ishlashga tayyor bo'lgan mutaxassislarni bajonidil qabul qiladilar. Tasdig'i: numbeo, economist

Chexiya

Chexiya
Ijobiy tomonlari: Iqtisodiy barqarorlik, bepul oliy ta'lim, Evropa Ittifoqi a'zosi bo'lgan mamlakat. Bu mamlakatni Evropada yashash va shu bilan birga barqarorlik va xotirjamlik muhim bo'lgan odamlar uchun jannat deb atash mumkin. Chexiyaga ko'pchilik sxemalar bo'yicha va ortiqcha moliyaviy sarf-harajatlarsiz emigrasiya qilish mumkin. Tasdig'i: nationalityindex

AQSH

AQSH
Ijobiy tomonlari: Eng yaxshi oliy ta'lim tizimi. 150 dan ortiq universitetlari va dunyoning eng kuchli iqtisodiyoti AQSH ni ayniqsa jozibador qiladi. Fuqarolikni rasmiylashtirish unchalik ham onson emas. Lekin, o'z omadini har yilgi Green Card lotereyasida sinab ko'rish mumkin. Aytganday, imkoniyatlar u qadar kam emas. Tasdig'i: topuniversities, dvlottery.state

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya
Ijobiy tomonlari: Dunyodagi eng havfsiz, gullab yashnayotgan mamlakatlardan biri. Mamlakat faqatgina xobbitlar yashashi uchungina bo'lmay, balki odamlar uchun ham ideal. Bularga yoddan chiqmas peyzajlarni va Yangi Zelandiya osoyishtalikning barcha ko'rsatkichlari bo'yicha birinchi o'rindaligini qo'shing. Bu yerga professional immigrasiya bo'yicha kelish mumkin. Hamda, talabalik immigraaiyasi bo'yicha. U o'qishni tugatgandan so'ng ish qidirish uchun bir yillik viza ham beradi. Tasdig'i: visionofhumanity, prosperity

Dominikan Respublikasi

Dominikan Respublikasi
Ijobiy tomonlari: Ajoyib iqlim va vaqtinchalik yaahash vizasini rasmiylaahtirishning onsonligi. Shubhasiz, har birimiz, qachonlardir bir marotaba bo'lsada, mangu yoz va reklama sur'atlaridagi ideal plyajlar mamlakatida yashashni orzu qilgan. Bu yerda byurokratik to'siqlar mininal. Shuning uchun sxemani o'rganib chiqib, 3-5 yil mobaynida fuqarolikni olish mumkin. Biroq ko'pchilik oraliq bosqichlarda qolib ketadilar. Tasdig'i: visasam

Kanada

Kanada
Ijobiy tomonlari: Eng zo'r ijtimoiy quvvatlashlardan biri. Bu yerda migrasion dastur boshqa joylardan a'lo rivojlangan. Hamda ehtimol, yuqori darajada rivojlangan, hayot darajasi yuqori va kuchli ijtimoiy yordam bor boshqa mamlakatni topish dargumon. Ha, erkinlik darajasi bo'yicha Kanada eng-englarning o'ntaligiga kiradi. Tasdig'i: weforum, freedomhouse

Tailand

Tailand
Ijobiy tomonlari: Yashashning qimmat emasligi va minimal ishsizlik. Bu yerda fuqarolikni rasmiylashtirish qiyin, lekin asosan u kerak emas. Ko'chmas mulkning solishtirgandagi bahosining u qadar baland emasligi, o'z uy joyi sotib olish va uzoq muddatli vizalar bo'yicha yashash imkonini beradi. Ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishga joylashish mumkin. Buning uchun tilni o'rta darajada bilish yetarli. Tasdig'i: cia, numbeo, visasam

Isroil

Isroil
Ijobiy tomonlari: Milliy belgi bo'yicha immigrasiya qilish onson, dunyodagi eng kuchli mamlakatdan biri. Mamlakat yahudiy ildizlarga ega bo'lgan hammani bajonidil qabul qiladi. Isroilda har qanday yahudiy yashashi huquqi to'g'risida yozilgan qonun bor. Rivojlangan iqtisodiyot va hayot darajasi yuqori bo'lgan mamlakat aholisi bo'lish uchun o'z ildizlarini o'rganib chiqishga arziydi. Tasdig'i: nbn, usnews

Singapur

Singapur
Ijobiy tomonlari: O'z biznesini boshlash uchun eng qulay shart-sharoitlat, eng kuchli sog'liqni saqlash tizimi. Singapurga emigrasiya qilish sxemalari boshqalarga o'xshash. Lekin, o'z ishini boshlamoqchi yoki mavjud bo'lganini rivojlantirishga qaror qilganlar mamlakatga asosiy e'tiborni qaratishlari kerak. Xech bo'lmaganda, bu mamlakatda och qolib ketish qiyin - u oziq-ovqat havfsizligi yetakchilari uchligiga kiradi. Tasdig'i: foodsecurityindex, doingbusiness, bloomberg

Argentina

Argentina
Ijobiy tomonlari: Immigrantlar uchun oddiy talablar va hayot qimmat emasligi. Che Gevara va Diego Maradonaning yurti - u qadar boy bo'lmasada, juda ham koloritli. Bu yerda qolishning bir usuli - bu sizda kafolatlangan oylik daromadingiz borligini tasdiqlashdir. Masalan, bank ominati yoki kvartirani ijaraga berishdan tushadigan ijara haqqi. Tasdig'i: zagrandok, explatinfodesk

Chernogoriya

Chernogoriya
Ijobiy tomonlari: Tez rivojlanayotgan mehnat bozori va qulay iqlim. Chernogoriyaliklarning o'zlari ko'p ishlashga intilmaydiganga o'xshaydi va ko'pgina professional tokchalar, emmigrasiyaga mangu ta'tilga kelmayotganlar uchun vakant bo'lib turibdi. Undanda yaxshisi - xususiy biznesni ochishdir. Buni horijiy pasporti bo'yicha amalga oshirish mumkin. Garchi, maftunkor plyajlar va aql bovar qilmas peyzajlarni qanday qilib ko'rmaslik mumkin? Tasdig'i: montenegroinside, honoraryconsul

Ispaniya

Ispaniya
Ijobiy tomonlari: Eng go'zal va do'stona mamlakatdan biri. Ispaniyalik go'zal erkaklar va ayollarga qarab turib, mamlakat fuqarosi bilan nikoh tuzish orqali emigrasiya sxemasini tanlagisi keladi. Bundan tashqari, u fuqarolikni tezlashtirilgan tartibda olish huqiqini beradi. Ba bularning barchasi, o'z baxtiga ega bo'lish uchun bonuslar. Tasdig'i: vokrugsveta, espanarusa

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook