Ayrimlar global masalalarni yechish bilan mashg’ul bo’lgan bir paytda boshqalar o’z ihtirolari bilan bizning xayotimizni osonlashtirishga urinadilar. Ko’pchilik shunga erishadi ham. Quyida keltirilayotgan yechimlarni ko’zdan kechirayotib: “Nima uchun bu narsalar hozirgacha bizda yo’q?”– deya xayqirging keladi.
1. Tugmali pastki panel
Yirik tugmachalarga ega pastgi panel lift polidan sal balandroqda joylashgan. Buning qulayligi shundaki, agar sizning qo’lingiz band bo’lsa, siz o’z qavatingizning tugmachasini oyog’ingiz yordamida bosishingiz mumkin.
2. Ikki sathli ichimlik suvi favvorasi
Ikki sathli ichimlik suvi favvorasi tepa qismida odamlar uchun jo’mragi va pastki qismida kichkina idishi mavjud. Chanqoqni qondirgandan keyin suvni hayvonlar va qushlar uchun ochib qo’yishni unutmang, chunki ular ham chanqab issiqdan qiynaladilar.
3. Plyaj yo’lakchasi
Invalidlar va bolalar kolyaskalari uchun to’ppa-to’g’ri suvning oldiga olib boradigan plyaj yo’lakchasi. Afsuski, bunday yo’lakcha bilan juda ham kam plyachlar jihozlangan, shuning uchun ham imkoniyatlari cheklangan odamlar o’zlariga dam olish uchun joy topishlari qiyin.
4. Taymerli bankacha
Qopqog’ida taymeri bo’lgan tabletkalar bankachasi oxirgi ochilgan paytni belgilab qo’yadi. Uning bunday vazifasi tufayli siz oxirgi tabletkani qabul qilgan paytingizdan qancha vaqt o’tganini bemalol hisoblab olishingiz mumkin.
5. Karniz
Bir biriga mindirib joylashganday ikki seksiyaga ega bo’lgan o’ziga noyob karniz pardalarni to’laligicha bekitish imkonini beradi. Oddiy karnizlarda buni amalga oshirib bo’lmaydi, chunki pardalar orasidagi markazda doimo bo’shliq qolib ketadi.
6. Kuzatish durbinlari
Turli burchaklardan tog’larni tomosha qilish imkonini beruvchi kuzatish durbinlariga ega ustunlardagi har biр durbinda qaysi tog’ni kuzatsangiz, shu tog’ning nomi yozilgan tablichka mavjud.
7. Axlat evaziga qahva
Plyajdagi tozalik to’g’risida g’am yeganlik uchun odamlarni rag’batlantirishning ajoyib usuli.
Bir plyaj qahvaxonasi plyachda yig’ishtirilgan ahlat evaziga bir chashka qaxvaga ega bo’lishi mumkinligi to’g’risida yozilgan e’lonni osib qo’ydi. Axlat uchun savatchani muassasaning o’zi taqdim etadi.
8. Ko’prik to’siqlari
Bu ko’prikning to’siqlari shunday tarzda bukilganki, ularda bemalol o’tirib, ajoyib manzaradan bahramand bo’lish mumkin.
9. O’ziga xos svetofor
Bu svetoforning shunday datchigi borki, unga nafaqadorlik yoki nogironlik guvohnomasini ko’rsatilsa, yashil chiroq odatdagidan ko’ra davomiyroq yonib turadi.
10. Velosipedchilar uchun o’rgatuvchi maydon
Yangi velosipedchilar uchun yo’l chizgilari va belgilariga ega bo’lgan bog’dagi maydoncha sharoitida velosipedchilar yo’l xarakati qoidalarini tezroq o’rganib oladilar va xarakatlanish hududlarida velosipedda yurish uchun tayyorlanish imkoniga ega bo’ladilar.
11. Arg’imchoqlar
Katta odam va bola uchun mo’ljallangan noodatiy arg’imchoq – bolaning ko’nglini olish bilan birga o’z bolalik damlaringizni eslash uchun chuda qulay imkoniyat.
12. Terapevt it
Aeroportlarning birida g’ayrioddiy xodim paydo bo’lib qoldi. Yoqimtoygina kichik kuchukcha juda ham e’tiborni yaxshi ko’radi, u bilan birgalikdagi o’yinlar esa odamlarga parvozdan oldin hayajonlanish va stressni yo’qotishga yordam beradi.
13. Veb-kameraning qopqog’i
Odamlarga siz va sizning uyingizni kuzatish imkonini yaratadigan uzoqdan turib kirish funktsiyasi to’g’risida allaqachon hamma bilsa kerak, albatta. Bu muammoni hal qilib hatardan butunlay qutulish imkonini beruvchi narsa – kamera ko’zini bekitib qo’yadigan maxsus qopqoqdir.
14. Tekin o’g’it
Qahvaxona o’z tashrifchilariga ishlatib bo’lingan qahvadan tayyorlangan o’g’it paketlarini bepul taqdim etadi.
15. Yo’l viktorinasi
Haydovchilar yo’lda uxlab qolmasliklari uchun, Avstraliyaning uzun shosselarida savollar va javoblar yozilgan tablichkalar o’rnatildi.
16. Detallar
Yig’ish sxemasiga muvofiq raqamlangan paketlarga qadoqlangan mebel detallari tufayli siz ishni nimadan boshlashni va har bir bosqichda nima ishlatilishi kerakligini yaqqol bilgan holda ishga yondosha olasiz.
17. Svetoforlar
O’ziga xos svetoforlarda nafaqat dumaloq indikator-ko’zlari, balki to’lig’icha uning asosi ham yoritiladi. Bu haydovchilar e’tiborini jalb qilish uchun svetoforni yanada ko’zga tashlanarliroq qiladi.
18. Indikator-tablichka
Agar sizning avtoulovingiz shu tablichkaga tegib ketsa, demak siz ko’prikning ostidan o’ta olmaysiz. O’z transport vositasinining o’lchamlarini tekshirishning qiziq, ammo juda foydali usuli.
19. Parkovka uchun belgilar
Parkovka uchun faqatgina yerda emas, devorda ham bo’lgan belgilar o’z avtomobilingizni a’lo darajada joylab qo’yishingiz uchun xizmat qiladi.
20. Kir yuvish xonalaridagi trenajyorlar
Kir yuvish xonasida o’rnatilgan kichik trenajyor zali, kiringiz yuvilguniga qadar vaqtni foydali va qiziqarli o’tkazish imkonini beradi.
Сообщения из Facebook