Barselona – ertaklardagi kabi ko’rinishga ega sirli shahar. Albatta, bunday maskanda ham o’ziga yarashaga muammolar va kishini taajjubga soluvchi yangiliklar bo’lishi tabiiy. Agar o’zingizga berilgan ta’tilni Kataloniya tomonlarda o’tkazishga qaror qilgan bo’lsangiz, uning bosh shahri haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishni tavsiya qilamiz.
Shahargacha qanday borsa bo’ladi?
1. Eng hamyonbop va keng tarqalgan usul – elektrichka orqali yetib olishdir. Sizni aeroportdan shahargacha olib boradigan poyezd narxi 4 yevro bo’lib, yetib olishingiz uchun tahminan yarim soat vaqtingiz ketadi.
2. Qulay ko’rinishdagi avtobuslar sizni Barselonaga poyezd bilan bir hil vaqt ichida olib borib qo’yadi. Ammo uning yaxshi tomoni shunchaki, transport kutib o’tirish uchun ortiqcha vaqt sarf etmaysiz. Sababi astobuslar har 5-10 daqiqa ichida qatnab turadi. Narhi esa 5.90 yevroni tashkil etadi.
3. Albatta, o’z manzilingiz tomon yetib olishning birozgina qimmatroq, lekin tez usuli ham bor. Tushunganingizdek, bu taksi xizmati. Manzilingizgacha olib borib qo’yadigan taksi uchun 28 yevro pul to’laysiz, biroq pulingizga yarasha 15 daqiqa ichida Barselonada bo’lasiz.
Barselonaga ham yetib kelingiz. Xo’sh, endi qaysi joylarni aylanishga kirishamiz?
Kanaletes maydoniga shunday bir favvora borki, u shahar mehmonlari, jumladan futbol muhlislarining sevimli makoniga aylangan. Bu yerdan unchalik uzoq bo’lmagan joyda shunday so’zlarni uchratasiz: “Favvoraning suvidan ichgan har bir odam Barselonani yaxshi ko’rib qoladi va bu yerga albatta qaytib keladi!”
Rambla piyodalar yo’lakchasi sizni Xristovor Kolumb haykali tomon olib boradi. Haykalning balandligi 60 metr bo’lib, uning ichki qismida tomosha maydoniga olib chiqadigan ko’tarilish joyi bor. Mashhur dengiz sayohatchisining ko’rsatkich barmog’i yarim metr keladi, o’zi esa Ispaniya yuragi bo’lmish Madridga teskari ko’rinishda o’rnatilgan.
Barselona opera teatri haqiqatan ham Yevropaning eng hashamatli teatri deb atalishga arziydi. 1994 yilda bino yong’in sabab vayron bo’lgan va aholi daromadi hisobiga qaytadan tiklangan.
Montserrat Kabale, Plasido Domingo kabi ko’plab opera yulduzlari chiqishlar uyushtirishib, binoning ta’mirlanishi uchun mablag’ yiqqanlar.
Rassom Pablo Pikasso o’z muzeyining aynan shu yerda qurilishiga erishgan, sababi uni bu yerga juda ko’p narsalar bog’lab turgan. Rassom bu yerga o’zining 3000 dan ortiq polotnolarini olib kelgan. Ular orasida uning faoliyati davomida chizilgan ilk suratlar ham bor.
Barselonadagi eng ko’p e’tibor jalb qiluvchi hududlardan biri Sagrada Familiya bo’lib, uning qurilish ishlari hanuzgacha nihoyasiga yetkazilmagan.
Kataloniya hukumati ushbu idobatxonaning halq hisobiga qurilishini tag’rib qilmoqda, bu esa qurilish sabab ish juda sekinlik bilan amalga oshirilayotganiga sabab bo’lyapti.
Bugungi kunda ibodatxona kurilishi tahminan 2025-2030 yillarda tugatilishi tahmin qilinmoqda.
Kasa Mila Antonio Gaudiga tegishli bo’lgan mashhur loyihalardan biri. Bu yerga kelish uchun o’ta katta navbatdan o’tish talab etiladi.
Qurilish binosi Eshample kvartalida undan ham qadimiyroq bo’lgan va Art-Dero uslubida qurilgan binolar yonida joylashgan.
Markaziy sohadan uzoqroqda joylashgan Barselona tumanlaridan biri – Tibidabo tog’lari bo’lib, bu yerdagi eng diqqatga molik joylardan biri Muqaddas yurak ibodatxonasi hisoblanadi.
Sayyohlarning qayd etishlaricha, ibodatxona tashqari tomondan juda betakror, ichkaridan esa g’amginroq ko’rinadi.
Сообщения из Facebook