Norvegiyaning Heliboogie maydonidagi sakrashlarning internetdagi videosi 41 million marta ko’rilgan.
Fotograf Simen Haughomning Heliboogie maydonidagi videorolik Spectacular Norway Facebook sahifasida joylashtirilgan. Kyerag qoyasida 1994 yildan beri 50 000 dan ortiq sakrashlar ro’yxatga olingan.
Norvegiyaning Prekestulen jarligi 604 m balandlikka ega. Qoyaga chiqish qiyinligiga qaramasdan, bu yerga ko’plab odamlar tashrif buyuradi.
Prekestulen (norv. Preikestolen) – bahaybat jarlik, cho’qqisi esa 25 ga 25 m bo’lgan maydonga ega, va u Kyerag platosining qarshisida joylashgan. Prekestulen so’zma so’z “xatibning kafedrasi” deb tarjima qilinadi, yana ingliz tilida Pulpit-Rock (Qoya kafedra) nomiga ega. Bu yerdan juda go’zal manzara namoyon bo’ladi, shu sababdan ham qoya Norvegiyaning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.
Qoya Lyuse-fordom bo’g’ozidan 604 m balandlikda joylashgan. Bo’g’oz taxminan 10 ming yillar oldin muzliklar ta’sirida paydo bo’lgan – muzliklar tarqalayotgan paytda katta yoriq paydo bo’lib, suv bilan to’lgan. Qoya devorlari suv satxidan 1 km balandlikda joylashgan, fordning eng chuqur joyi esa 422 m.
Lyus-ford 42 km ga cho’zilgan, biroq uning noqulay relyefi sababli faqatgina ikkita aholi punkti uning qirg’oqlarida yashaydi – Lyusebotn va Forsab. Fordning go’zalligidan kemada ekskursiyaga chiqib bahramand bo’lishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook